1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2002 — 2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 1999—2004-yillarda uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlashning tasdiqlangan dasturida nazarda tutilgan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish topshiriqlari bajarilmagan.
1. Quyidagilar:
2002—2004-yillarda respublika hududlari boʻyicha gazlashtirilgan uy-joy fondini (kvartiralarni va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash hamda respublika korxonalarida gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarish jadvallari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq:
*1-2-ilovalar berilmaydi.
gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarayotgan korxonalarda gazni hisobga olish priborlariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash tarmoqlarini barpo etish topshirigʻi 3-ilovaga* muvofiq;
*3-ilova berilmaydi.
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmagan taqdirda aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun beriladigan tabiiy gazning oylik sarfi normasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy fondini gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalini bajarish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish hamda kvartiralarda va aholining yakka tartibdagi uylarida oʻrnatish “Oʻzkommunxizmat” agentligi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
tegishliligidan qatʼi nazar, kvartiralarda va aholining yakka tartibdagi uylarida oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish “Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
3. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilmagan yangidan qurilgan koʻp kvartirali (rekonstruksiya qilingan, mukammal taʼmirlangan) uylarni foydalanishga qabul qilish va yakka tartibdagi uylarni tabiiy gazga ulash taqiqlansin.
Gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlanmagan kvartiralar va yakka tartibdagi uylarga 2005-yil 1-yanvardan boshlab gaz yetkazib berilmasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi bilan birgalikda gazlashtirilgan uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalining bajarilishini taʼminlovchi Tadbirlar dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom asosida gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha namunaviy shartnomani belgilangan tartibda ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda tomonlarning javobgarligi yuzasidan qattiq choralarni nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmolchi (aholi) va gaz yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan Gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish boʻyicha shartnoma shartlarining buzilishi belgilangan tartibda sudga daʼvo arizalari berish uchun asos hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda “Oʻzkommunxizmat” agentligining respublika mintaqalarida kvartiralarni hamda yakka tartibdagi uylarni gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash uchun imtiyozli kreditlarni, shu jumladan Ispaniya davlat kredit agentligining kreditini jalb etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
“Oʻzkommunxizmat” agentligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Ispaniya tomoni bilan kontrakt loyihasini kelishib olsin hamda uning asosida uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini belgilangan tartibda tayyorlasin va ekspertizadan oʻtkazsin.
8. 2002—2004-yillarda quyidagilar:
gazlashtirilgan uy-joy fondini (koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvali doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan gazni hisobga olish priborlari, shuningdek import boʻyicha xarid qilinadigan yakka tartibda foydalaniladigan isitish qozonlarining xavfsizlik avtomatikasi va tartibga solish avtomatikasi, gaz-gorelka jihozlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berilayotgan butlovchi materiallar bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
“Oʻzkommunxizmat” agentligining korxonalari aholiga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish va montaj qilish xizmatlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilari oʻzlari ishlab chiqargan gazni hisobga olish priborlarini “Oʻzkommunxizmat” agentligiga sotish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-mart,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga 4-ILOVA
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi tashkilotlar, gazni yetkazib beruvchi va isteʼmol qiluvchi korxonalar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
2. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
Gazni hisobga olish priborlari — quvurlar kesimi orqali oʻtadigan gazning aniq miqdorini bevosita hisobga oladigan hisoblash qurilmasi. Priborlar Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan birliklarda ifodalangan shkalaga ega boʻlishi, gazning turli miqdordagi oqimlarini oʻlchash uchun zarur va yetarli boʻlgan gradatsiyalar boʻyicha ishlab chiqarilgan boʻlishi hamda texnika xavfsizligi, foydalanish, taʼmirlashga yaroqlilik, oʻzaro almashtiruvchanlik boʻyicha texnik shartlarni qondiradigan, indikator qurilmalari oson koʻrinadigan boʻlishi kerak.
Gazni yetkazib beruvchi — “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari va gazni bevosita isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi boshqa tashkilotlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqaruvchilar va ularning xorijiy yetkazib beruvchilari.
Isteʼmolchi — uy-joyning egasi, uy-joyni ijaraga oluvchi, uy-joy egalari shirkati.
3. Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
II. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
4. Gaz hajmini hisobga olish uchun “Oʻzstandart” agentligi tomonidan sinovdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan, Isteʼmolchilar gaz taʼminoti tarmoqlarining kirish joylariga oʻrnatiladigan gazni hisobga olish priborlari qoʻllanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
5. Oʻrnatish uchun texnik shartlarni qondiradigan, oʻlchanadigan gaz hajmiga muvofiq boʻlgan va ushbu mintaqada ixtisoslashgan taʼmirlash hamda tekshirish jihozlari bilan taʼminlangan barcha turdagi gazni hisobga olish priborlari qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
6. Gazni hisobga olish priborlari gaz hajmini oʻlchashning aniqligi boʻyicha Isteʼmolchini va Yetkazib beruvchini qondirishi hamda nazarda tutilayotgan eng koʻp isteʼmol gradatsiyalariga muvofiq boʻlishi kerak.
7. Hisobga olish priborlari shkalasining oʻlchov birliklari Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan Xalqaro birliklar tizimi boʻyicha miqdorlarda ifodalanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
8. Priborlar shkalalaridagi yozuvlar davlat tilida — oʻzbek tilida boʻlishi kerak. Shkalalaridagi yozuvlar rus va ingliz tillarida boʻlgan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
9. Gazni hisobga olish priborlari individual pasportga ega boʻlishi va uni tayyorlagan zavod yoki ularning texnik shartlarga muvofiqligini tekshirgan korxona tomonidan plombalangan boʻlishi kerak. Gazni hisobga olish priborining har bir turini tekshirib koʻrish davrlari “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
III. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARI BILAN JIHOZLASH QATNASHCHILARINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatishni mablagʻ bilan taʼminlash, shuningdek xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha manbalarni belgilaydi;
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda, ishlab chiqarish tannarxi va xizmat koʻrsatishdan olinadigan yalpi foydadan kelib chiqqan holda, gaz yetkazib berish boʻyicha narxlar (tariflar)ni belgilangan tartibda shakllantiriladi.
14. Gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchilar “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan tuziladigan kontraktlarga muvofiq sertifikatlangan, Oʻzbekiston Respublikasining texnik talablariga javob beradigan gazni hisobga olish priborlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishni amalga oshiradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
15. “Oʻzstandart” agentligi respublikada ishlab chiqariladigan va import boʻyicha keltiriladigan gazni hisobga olish priborlarini belgilangan tartibda sertifikatlashni va oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritishni tashkil etadi. Tegishli tashkilotlar yoki korxonalarga gazni hisobga olish maishiy priborlarini tekshirib koʻrish huquqi yuzasidan ruxsatnoma beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2002—2004-yillarda uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi topshiriqlarining bajarilishi taʼminlanishi uchun toʻliq javob beradi;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
hududiy gaz taʼminoti korxonalari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, oʻrnatish, keyinchalik ulardan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etishni amalga oshiradi;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
gazni hisobga olish priborlari yetkazib beruvchilar, gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha ixtisoslashgan montaj tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hisob-kitoblarni tashkil etishni amalga oshiradi;
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatish uchun olinadigan kreditlarni jalb etish va qaytarishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
isteʼmolchilar tomonidan priborlarning qiymati toʻliq toʻlangungacha boʻlgan davrda gazni hisobga olish priborlarining egasi funksiyasini bajaradi.
17. “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari”
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish boʻyicha ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan montaj tashkilotlarini jalb etgan holda shartnoma asosida isteʼmolchilarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatishni amalga oshiradilar;
gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish ustidan texnika nazoratini amalga oshiradilar;
gazni hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan yangi qurilgan, shuningdek mavjud uy-joylar (kvartiralar)ning gaz tarmogʻiga ulanishiga, shuningdek tayyorlovchi zavod yoki tekshiruvchi korxona tomonidan plombalanmagan, texnik shartlarga muvofiqligi tekshirish sinovidan oʻtmagan gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun javob beradilar;
Isteʼmolchi talabiga binoan, pribordagi mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan nosozliklarni aniqlash uchun, Isteʼmolchiga oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborini tekshirishdan oʻtkazishga majburdirlar;
Isteʼmolchiga bogʻliq boʻlmagan sabab bilan ishdan chiqqan va foydalanishning kafolatli muddatidan oldin yaroqsiz boʻlib qolgan priborlar yetkazib beruvchi hisobiga oʻz vaqtida almashtirilishini taʼminlaydilar;
gazni hisobga olish priborlarini sotib olish va oʻrnatish uchun isteʼmolchilardan mablagʻlar yigʻishni taʼminlaydilar;
gazni hisobga olish priborlari oʻrnatganlik uchun ixtisoslashgan montaj tashkilotlari bilan oʻzaro hisob-kitob qilinishini taʼminlaydilar.
(17-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
18. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatadigan ixtisoslashgan montaj tashkilotlari “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari bilan tuzilgan kontraktlarga muvofiq isteʼmolchilarga gazni hisobga olish priborlarini montaj qilish va oʻrnatishni amalga oshiradilar. Bajarilgan ishlar uchun oʻzaro hisob-kitoblar “Gaztaʼminot” shoʻba korxonalari bilan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
19. Isteʼmolchilar (aholi):
oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlarining saqlanishi va zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradilar;
gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilgani uchun shartnoma asosida oʻz vaqtida toʻlovni, shuningdek gazni hisobga olish pribori qiymatini shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlaydilar;
olingan gaz qiymatini priborlar koʻrsatkichlariga binoan, amaldagi tariflarga muvofiq, belgilangan muddatlarda toʻlaydilar;
gazni hisobga olish pribori qiymati toʻliq toʻlangach, unga egalik huquqini oladilar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
20. Uy-joy egalari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
gaz yetkazib beruvchining vakillari bilan birgalikda aholi oʻrtasida gazdan foydalanishda aniq tejamga erishish uchun gazni hisobga olish priborlarini joriy etishning zarurligi toʻgʻrisida targʻibot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar;
kam taʼminlangan oilalarga gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish uchun toʻlov boʻyicha ularga amaldagi Tartibga muvofiq moddiy yordam koʻrsatish shaklida qoplov yoʻli bilan yordam koʻrsatadilar;
shirkat aʼzolariga (mahalla aholisiga) oʻrnatiladigan gazni hisobga olish priborlari qiymatini toʻlash boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulk bilan kafil boʻladilar;
“Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uy-joylarni toʻliq taʼmirlash vaqtida ularda gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilishini taʼminlaydilar.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
oʻz mablagʻlari hisobiga;
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan gazni hisobga olish priborlari sotib olish uchun 2002—2004-yillarda ““Oʻzkommunxizmat” agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, qaytarish asosida har yili ajratiladigan aylanma mablagʻlar hisobiga;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
mamlakatimiz va chet el banklari hamda boshqa moliya institutlarining kreditlari hisobiga sotib olinadi.
23. “Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan sotib olingan gazni hisobga olish priborlari aholi kvartiralariga va yakka tartibdagi uylarga oʻrnatiladi, keyinchalik ularning qiymati Isteʼmolchi tomonidan kafolatli muddat mobaynida, lekin gazni hisobga olish priborlari oʻrnatilgan kundan boshlab koʻpi bilan 5 yilda toʻlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
24. Isteʼmolchi tomonidan gazni hisobga olish priborlari qiymatini toʻlash shartlari “Oʻzkommunxizmat” agentligining Hududiy gaz taʼminoti korxonalari bilan aholi oʻrtasida gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Gazni hisobga olish priborining qiymati toʻliq toʻlangandan keyin unga mulkchilik huquqi Isteʼmolchiga oʻtadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
26. Gazni hisobga olish priborini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma:
hisobga olish priborining tipi, markasi, tartib raqami va qiymatini;
hisobga olish priborining mansubliligini;
shartnoma tuzilgan muddatni;
haq toʻlash shartlari va miqdorini;
Isteʼmolchi tomonidan gazni hisobga olish pribori qiymatini toʻlash shartlarini;
hisobga olish priborini saqlash, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash boʻyicha tomonlarning majburiyatlari va javobgarligini;
tomonlarning ahdlashuviga koʻra boshqa shartlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Yangidan qurilayotgan va mavjud turar joyda gazni hisobga olish priborlari loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ixtisoslashgan korxonalar tomonidan oʻrnatiladi.
27. Oʻrnatiladigan har bir gazni hisobga olish priboriga yakka tartibdagi loyiha yoki takrorlanadigan yechimni muvofiqlashtirish loyihasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan yakka tartibdagi loyiha qiymati koʻp kvartirali turar joyning mukammal taʼmirlanishi smeta qiymatiga, takrorlanadigan muvofiqlashtirish qiymati esa — gazni hisobga olish priborini montaj qilish qiymatiga kiritiladi.
28. Mavjud turar joy fondida gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish ishlarning koʻrsatib oʻtilgan turlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashgan montaj tashkilotlari tomonidan kontrakt-shartnoma asosida bajariladi.
29. Gazni hisobga olish priborlari ularning butligini va texnik holatini koʻz bilan koʻrib nazorat qilish uchun xizmat koʻrsatuvchi xodimning priborning oldiga bemalol borishi, shkala-raqamli qurilmaning koʻrsatkichlarini yozib olish imkoniyatini taʼminlaydigan, shuningdek xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi joylarga oʻrnatiladi.
30. Gazni hisobga olish priborini montaj qilish qiymati Isteʼmolchi tomonidan Gazni hisobga olish priborini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish shartnomasiga muvofiq tartibda va muddatlarda “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonasiga toʻlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
VI. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARIDAN FOYDALANISH
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
31. Gazni hisobga olish priborlaridan foydalanish:
priborlarning koʻrsatkichlari va texnik holatini nazorat qilishni oʻz ichiga oluvchi hisobga olish priborlariga texnik xizmat koʻrsatishni;
vaqti-vaqti bilan tekshirish ishlarini;
priborlarni taʼmirlashni;
priborlarni oʻrnatishni va ishdan chiqqan priborlarni almashtirishni oʻz ichiga oladi.
32. Isteʼmolchi tomonidan gazni hisobga olish pribori qiymati toʻliq toʻlangandan keyin gazni hisobga olish priborlariga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish gaz yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishni, shu jumladan oʻrnatish, almashtirish, texnik xizmat koʻrsatish va koʻrsatkichlarni nazorat qilishni “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari amalga oshiradilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
34. Hisobga olish priborlarini tekshirish va taʼmirlash ishlari tegishli tekshirish asbob-uskunalariga va koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
35. Gazni hisobga olish pribori Isteʼmolchi tomonidan toʻliq sotib olingunga qadar gazni hisobga olish priboridan foydalanish xarajatlari “Oʻzkommunxizmat” agentligi hisobidan toʻlanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
36. Gazni hisobga olish pribori qiymatini qoplash va uni oʻrnatish haqini toʻlash, gaz uchun haq toʻlash, shu jumladan gazni hisobga olish priborlaridan foydalanganlik va ularga texnik xizmat koʻrsatilganligi uchun haq toʻlash tartibi Isteʼmolchi bilan Gaz yetkazib beruvchi oʻrtasida tuziladigan tegishli shartnomalarda belgilanadi.
VII. GAZNI HISOBGA OLISH PRIBORLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI VA NORMALARI BUZILGANLIGI UCHUN JAVOBGARLIK
37. Gaz yetkazib beruvchi gazni hisobga olish priborining normal ishlashini, uning foydalanish xavfsizligi texnik shartlariga muvofiqligini, Isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmini oʻlchashning aniqligini taʼminlaydigan yetkazib berilayotgan gaz sifati uchun javob beradi. Gaz yetkazib beruvchi gazni hisobga olish priborining texnik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ulardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlarini, xizmat koʻrsatish (yaroqlilik) muddatini, texnik koʻrik va tekshirish sinovlari davri va muddatlarini Isteʼmolchiga maʼlum qilishi shart.
38. Plombalar va gaz taʼminotiga texnik hujjatlarning saqlanishini “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari nazorat qiladilar.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
39. Hisobga olish pribori plombasining buzilganligi va texnik hujjatlarning saqlanishi uchun javobgarlik Isteʼmolchiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
40. Plomba buzilgan va gaz taʼminotiga texnik hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda Isteʼmolchi gazning nazoratchining oxirgi tashrifidan boshlab bir sutkada 24 soat hisobidan kelib chiqqan holda oʻrnatilgan gazdan foydalanish jihozining toʻliq qiymati boʻyicha hisoblab chiqilgan qiymatini, shuningdek takroriy tekshirish sinovlari ishlari qiymatini toʻlaydi.
41. Hisobga olish priboriga kafolat muddati gazni hisobga olish pribori oʻrnatilgan vaqtdan boshlab belgilanadi. Hisobga olish priborida ishlab chiqarish nuqsoni yoki pribordan oʻlchov vositasi sifatida foydalanib boʻlmasligiga olib kelgan nosozlik aniqlangan taqdirda hisobga olish pribori “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari tomonidan almashtiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
42. “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari va gazni hisobga olish priborlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar uch kun muddatda taʼmirlashlari yoki, taʼmirlash mumkin boʻlmagan taqdirda, nosoz priborni Oʻzbekiston Respublikasi uchun sertifikatlangan soz priborga almashtirishi, Isteʼmolchiga priborning texnik shartlariga muvofiqligiga doir takroriy tekshirish sinovlariga doir barcha materiallar va maʼlumotlarni berishi shart.
(42-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Isteʼmolchi gazni hisobga olish pribori nosozligi toʻgʻrisidagi ariza bilan Gaz yetkazib beruvchiga murojaat qilgan vaqtdan boshlab uning toʻliq tiklanishigacha boʻlgan davrda gaz qiymatini oldingi yildagi oʻrtacha mavsumiy gaz isteʼmolidan kelib chiqib toʻlaydi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
43. Isteʼmolchi oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlariga ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlishi, xizmat koʻrsatuvchi xodimning pribor oʻrnatilgan joyga toʻsiqsiz oʻtishini taʼminlashi va priborning koʻrsatkichlari boʻyicha olingan gaz qiymatini amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan muddatlarda toʻlashi shart. Priborning nosozligi aniqlangan taqdirda Isteʼmolchi bu haqda darhol Gaz yetkazib beruvchini xabardor qilishi kerak.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
44. Gazni hisobga olish priborlari qasddan ishdan chiqarilgan taqdirda Isteʼmolchi gaz taʼminoti tizimidan uzib qoʻyiladi va gaz berish buzilgan gazni hisobga olish priborlari Isteʼmolchi mablagʻlari hisobiga tuzatilgandan keyin tiklanadi.
Gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazogacha javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 101-moddasi.
45. Gaz yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi oʻrtasida paydo boʻluvchi nizolar boʻysunish tartibida yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan, belgilangan tartibda hal etiladi.
46. Mazkur Nizomning, shuningdek Isteʼmolchi bilan Gaz yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan Gazni hisobga olish priborini oʻrnatish, unga texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish shartnomasi shartlarining buzilishi belgilangan tartibda sudga daʼvo arizalari berish uchun asos hisoblanadi.
Gazni hisobga olish priborlarini sotib olish, ularni kvartiralarda va yakka tartibdagi uylarda oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish SXEMASI
(Sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Gazni hisobga olish priborlarini mablagʻ bilan taʼminlash, sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish sxemasiga izohlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzkommunxizmat” agentligiga gazni hisobga olish priborlarini mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olish uchun, qaytarish asosida, budjet mablagʻlari hisobiga aylanma mablagʻlar berish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
2. Mamlakatimiz banklari, xorijiy banklar va boshqa moliyaviy tuzilmalarning kreditlarini jalb etish.
3. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan gazni hisobga olish priborlari sotib olish.
4. Gazni hisobga olish priborlarining mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilishi.
5. Gazni hisobga olish priborlarining xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilishi.
6. Gazni hisobga olish priborlarini sertifikatlash.
7. Gazni hisobga olish priborlari qiymatini xorijiy ishlab chiqaruvchilarga toʻlash.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
9. Gazni hisobga olish priborlarini ixtisoslashgan montaj tashkilotlariga berish.
10. Gazni hisobga olish priborlarini isteʼmolchilarga oʻrnatish.
11. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish uchun isteʼmolchilar tomonidan haq toʻlash.
12. Gazni hisobga olish priborlari oʻrnatish ishlari bajarilganligi uchun hisob-kitob qilish.
13. Isteʼmolchilar tomonidan gazni hisobga olish priborlari qiymatining Gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish shartnomasida belgilangan muddatlarda qoplash.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
15. “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Oʻzkommunxizmat” agentligi tomonidan gazni hisobga olish priborlari sotib olish uchun ajratilgan aylanma mablagʻlarni qaytarish.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
16. Kreditlarga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish.
17. Gazni hisobga olish priborlarini davriy tekshirish.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga 5-ILOVA
Gazni hisoblash priborlari boʻlmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga beriladigan tabiiy gaz sarfining oylik N O R M A L A R I
Gaz priborlarining turi va gazni sarflash maqsadi
Oʻlchov birligi
Gazni sarflash normasi, har oyda kub/m hisobida
1.
Markaziy (yakka tartibdagi) issiq suv taʼminotiga ega boʻlgan uylardagi ovqat tayyorlashga moʻljallangan maishiy gaz plitasi
1 kishi hisobiga
11,0
2.
Markaziy issiq suv taʼminoti hamda gaz bilan suv isitish moslamalari boʻlmagan uylardagi ovqat tayyorlashga moʻljallangan maishiy gaz plitasi
1 kishi hisobiga
15,0
3.
Markaziy issiq suv taʼminoti boʻlmagan yoki issiq suv taʼminoti vaqti-vaqti bilan ishlaydigan uylarda issiq suv taʼminoti uchun gaz bilan suv isitgich
1 kishi hisobiga
16,0
4.
4. Gaz bilan isitish priborining turidan qatʼi nazar, besh oylik isitish mavsumi mobaynida har oyda uylar, kvartiralarni yakka tartibda isitishda gazdan foydalanilganda:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida
isitiladigan binoning 1 m3 hisobiga
6
b) Toshkent shahrida va boshqa viloyatlarda
-"-
5,76
5.
Mollar uchun ozuqa tayyorlash, dagʻal xashak va ildizmevalarni bugʻlash, shuningdek ichish va sanitariya maqsadlari uchun suv isitishni hisobga olgan holda
bir bosh mol hisobiga:
yilqilar uchun qoramol, shu jumladan
5,6
sigirlar uchun
23,7
choʻchqalar uchun
12,5
qoʻy (echki)lar uchun
2,2
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-oktabrdagi 421-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 179-modda)
Izohlar:
1. Bir kishi hisobiga isitiladigan bino normasi 43 kub metr hajmida belgilanadi.
Isitiladigan binoning 43 kub metrgachasini isitish uchun foydalaniladigan gaz miqdori uchun — 1 kishi hisobiga belgilangan tarif boʻyicha, isitiladigan binoning 43 kub metrdan ortiq hajmi uchun —bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanadi.
2. Isteʼmolchi (abonent)da ikkita yoki undan koʻp gaz plitasi yoki suv isitgich mavjud boʻlganda mazkur priborlar uchun gaz sarfi normasi tegishli ravishda ikki baravar va undan koʻp oshiriladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan isitish mavsumi besh oydan kam yoki koʻp etib belgilangan taqdirda isteʼmolchilar (abonentlar) bilan qayta hisob-kitob qilinadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ipak qurti yetishtirish bilan shugʻullanuvchi shaxslar uchun isitish mavsumini uzaytirish huquqiga egadirlar.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 30-modda):
1-banddagi “va gazni” soʻzlari chiqarib tashlansin, “1-2-ilovalarga” soʻzlari “1-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidan “va gazni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandning uchinchi xatboshidan “va gazni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 57-modda):