1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori)
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-son Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq, shuningdek Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish hamda budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 2-mart,
40-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
“1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha olingan, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi”;
1.4.2-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi”;
2.3.26-band quyidagi mazmundagi 2.3.26 va 2.3.27-bandlar bilan almashtirilsin:
“2.3.26. Ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarni saqlash hamda ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari.
2.3.27. Boshqa xarajatlar”;
3.2-banddagi “uzoq muddatli” soʻzlari “moliyaviy” soʻzi bilan almashtirilsin;
1.1-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan, unga qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi hamda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi”;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi “v” kichik band qoʻshilsin:
“v) informatika kabineti mudirligi uchun — 50 foiz”;
b) qarorga 3-ilovaning 10-bandiga quyidagi mazmundagi “v” kichik band qoʻshilsin:
“v) informatika kabineti mudirligi uchun — 50 foiz”.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 29-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qarori bilan” soʻzlari “davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 35-son, 929-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)