1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 26-fevraldagi PF-3038-son Farmoniga muvofiq hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb eʼtirof etilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda uylar atrofidagi yer uchastkalari shirkatlarga ulardan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomalarini bergan holda qonunchilik tartibida biriktirib qoʻyilishini taʼminlasinlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish faoliyati uchun turar joyga moʻljallanmagan binolar bilan taʼminlasinlar;
uy-joy fondida taʼmirlash-tiklash ishlari tannarxini pasaytirish maqsadida uy-joy mulkdorlari shirkatlarini zarur moddiy-texnika resurslari bilan pulli asosda, markazlashtirilgan tartibda taʼminlasinlar;
turar joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirishda gaz, issiq va sovuq suvni hisobga olish kvartira priborlari majburiy tartibda oʻrnatilishini taʼminlasinlar;
turar joylarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun pudratchilarni tanlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq tanlovlar (tenderlar) oʻtkazilishini tashkil etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2003—2006-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchun ajratiladigan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limiti umumiy hajmining 3 foizigacha miqdorda mablagʻ ajratsinlar;
yil choragi yakunlari boʻyicha mahalliy budjetlar daromad qismi mablagʻlarining prognozdan ortiqcha tushumlarining bir qismini 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga yoʻnaltirsinlar;
uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, mavzelar ichidagi yoʻllar, yoʻlaklar, irrigatsiya tizimlarini taʼmirlash, tashqi yoritish va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga biriktirilgan zonalarni koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar jalb etilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
4. Belgilansinki, uy-joy mulkdorlari shirkatlari umumiy yigʻilishning roziligi bilan faoliyatdan olingan daromadlarini keyinchalik uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun maxsus depozit hisob raqamiga maqsadli yoʻnaltirgan holda sport-sogʻlomlashtirish va bolalar oʻyinlari markazlari va maydonchalari qurish va ulardan foydalanishni pulli asosda amalga oshirishlari mumkin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining qoʻshimcha faoliyat turlaridan olgan daromadlarining maxsus depozit hisob raqamiga tushishi va ulardan foydalanish tartibini;
1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
6. Tijorat banklariga uy-joy fondini mukammal taʼmirlashda maqsadli foydalanish uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli kreditlar ajratilishini nazarda tutish tavsiya etilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va qabul qilsin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.08.00 Koʻp kvartirali uylarni boshqarish]
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini va umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini mukammal taʼmirlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalariga binoan 2002-yilning birinchi yarim yili mobaynida aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritish masalalari boʻyicha uy-joy mulkdorlari shirkatlari boshqaruvlari raislari va buxgalterlarining oʻqishini tashkil etsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga muvofiq amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 1-mart,
74-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi 74-son qaroriga ILOVA
1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning umumiy ravishda foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlashning 2002—2006-yillarga moʻljallangan JADVALI
Mintaqalar
1991-yilgacha qurilgan, mukammal taʼmirlanishi kerak boʻlgan uylar soni, hammasi
Zarur mablagʻlar miqdori (1991-yilgi narxlarda), ming soʻm
Shu jumladan
(ming soʻm)
Taʼmirlanadigan uy-joylar sonining yillar boʻyicha taqsimlanishi
budjet mablagʻlari
(70%)
budjetdan tashqari manbalar
(30%)
2002 yil
2003 yil
2004 yil
2005 yil
2006 yil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
504
16884
11819
5065
47
115
114
114
114
viloyatlar:
Andijon
653
24624
17237
7387
76
145
144
144
144
Buxoro
593
33504
23453
10051
72
131
130
130
130
Jizzax
422
11873
8311
3562
41
96
95
95
95
Qashqadaryo
803
30757
21530
9227
65
186
184
184
184
Navoiy
103
3967
2777
1190
25
21
19
19
19
Namanagn
368
17318
12123
5195
46
82
80
80
80
Samarqand
915
25313
17719
7594
116
200
200
200
199
Surxondaryo
350
8006
5604
2402
86
66
66
66
66
Sirdaryo
893
34703
24292
10411
70
206
206
206
206
Toshkent
2651
85769
60039
25731
216
604
608
608
614
Fargʻona
579
19850
13895
5955
92
122
122
122
121
Xorazm
865
26258
18380
7877
60
201
201
201
201
Toshkent shahri
3647
180902
126631
54271
488
789
789
789
789
Hammasi
13346
519728
363809
155919
1500
2958
2958
2958
2958
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 5-6-son, 39-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)