Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sug‘urta sohasidagi munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 24-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 19-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-fevraldagi 30-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar