1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
3.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1834-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v. v. b. U. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
47/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/9-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Banklar ushbu Yoʻriqnomada belgilangan qoidalar doirasida oʻzlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda filial, minibank va boshqa shoxobchalar faoliyatida buxgalteriya hisobini aniq va toʻliq yuritilishi va ichki nazorat samaradorligini taʼminlash maqsadida hamda ularning daromad va xarajatlari hisobini toʻgʻri yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim qilish hamda pul hisob-kitob hujjatlarini tikish va saqlash tartibotlarini belgilovchi ichki hisob siyosatini ishlab chiqishlari lozim.”.
“9. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
10. Masʼul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi. Hisobvaraqlar bank ichki tartib qoidalari boʻyicha xodimlar oʻrtasida shunday taqsimlanadiki, bunda bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha depozit va ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimiga biriktiriladi. Chet el valyutasida ochilgan hisobvaraqlar boshqa xodim tomonidan yuritilishi mumkin.
Hisobvaraqlarni buxgalteriya xodimlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlash kitobi qoʻlda yoki dasturiy ravishda bosh buxgalter tomonidan yuritiladi.”.
“Daftar varaqlari raqamlangan, bogʻlangan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan alohida kitobda roʻyxatga olinishi lozim.”.
4. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
“18. Minibanklarda ish kuni bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos boʻlgan pul hisob-kitob hujjatlarini yakuniy nazoratdan oʻtkazish va kunlik buxgalteriya hujjatlari yigʻmajildiga tikish uchun bankka ish kuni tugamasdan oldin inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilgandan soʻng yakunlanadi.”.
“26. Banklarda barcha operatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining qogʻoz hamda elektron shakllari asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi.
27. Pul hisob-kitob hujjatlari, shuningdek Bank hisobvaragʻi shartnomasida koʻzda tutilgan boshqa hujjatlar bank tomonidan faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaxslar yoki mijozning vakil qilingan shaxsidan ishonchnoma asosida qabul qilinadi.”.
“48. Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida shakllantirilib, uning rekvizitlari qoʻlda toʻldiriladi. Unda sana, mijozning hisobvaraq raqami, kirim va chiqim hujjatining raqami, hisobot ramzi hamda uning summasi koʻrsatilishi lozim.
Kirim va chiqim kassa jurnallari bank amaliyot kuni davomida kompyuterda yuritilganda, ular kun yakunida qogʻozga chop etiladi hamda dastlabki nazoratdan oʻtkazgan Front-ofis xodimi yoki masʼul ijrochi, kirim yoki chiqim kassirlari hamda kassa mudiri tomonidan imzolanadi.
Kirim va chiqim kassa jurnallarining shakli mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan.”.
“Agar hisobvaraq egasi bank plastik kartochkasi va naqd pul cheki yoʻqolgani yoki oʻgʻirlangani haqida bankka xabar bergunga qadar, mazkur bank plastik kartasi va cheklar boʻyicha mablagʻlar toʻlab yuborilgan boʻlsa, bu toʻlov uchun bank javob bermaydi.”.
“123. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlangʻich hujjatlar asosida dasturiy yoʻl bilan tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvaragʻidan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat boʻlib xizmat qiladi. Ushbu koʻchirma mijoz bilan kelishilgan tartibda uning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qoʻyilgan varaqchada koʻrsatilgan shaxslari yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxs tomonidan olinadi.
Shaxsiy hisobvaraqlardan koʻchirmalar integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimida tayyorlanadi, ular mijozlarga berilayotganda mazkur mijozga xizmat koʻrsatuvchi masʼul ijrochi buxgalter (Front-ofis xodimi) imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan rasmiylashtiriladi.
Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarur boʻlgan hollarda integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining elektron maʼlumotnomalar yagona bazasidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.”.
Kunlik buxgalteriya jurnali elektron koʻrinishda oʻrnatilgan tartibda saqlanadi va zarur hollarda hujjatlar roʻyxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yoʻl bilan olinadi.”;
18. Yoʻriqnomaning 6-ilovasi mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari ROʻYXATI
Soʻm va tiyinda
T/r
Ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlar raqami
Toʻlov hujjatlari turi (shifri)
Hujjatlar soni
Summa
1
2
3
4
5
Banklararo va filiallararo toʻlovlar boʻyicha bank hisobvaraqlarining kreditlanishiga asos boʻlgan elektron toʻlov hujjatlari roʻyxati
Soʻm va tiyinda
T/r
Mablagʻ oluvchilarning ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlar raqami
Toʻlov hujjatlari turi (shifri)
Hujjatlar soni
Summa
1
2
3
4
5
Bank ichki hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarga asos boʻlgan memorial orderlar roʻyxati
Soʻm va tiyinda
T/r
Debetlangan ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlar raqami
Hujjatlar soni
Summa
1
2
3
4
Koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar uchun asos boʻlgan memorial orderlar roʻyxati
Soʻm va tiyinda
T/r
Debetlangan koʻzda tutilmagan holatlar ikkinchi tartibli hisobvaraqlar raqami
Hujjatlar soni
Summa
1
2
3
4
Har bir varaq oxirida mazkur varaqdagi hujjatlar soni, mazkur varaq boʻyicha toʻlov hujjatlarining umumiy summasi, bank rahbari hamda bosh buxgalteri imzosi boʻlishi kerak. Mazkur dasturiy majmua orqali amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari shakli oxirida hujjatlarning umumiy soni, umumiy summa, bank rahbari va bosh buxgalteri imzosi boʻlishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 68-modda)