toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2018
Hujjat 12.01.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2315-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2988, 30.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 10-dekabrdagi 37/10-son qarori (roʻyxat raqami 2315, 2012-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 31-modda) bilan tasdiqlangan Kredit byurosining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisidan “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-dekabr,
46/3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 14-modda)