toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevraldagi 2-yu, 7-son qarori (roʻyxat raqami 2329, 2012-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-dekabr,
93-mh-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-dekabr,
89-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 29-dekabrdagi 93-mh, 89-son qaroriga
ILOVA
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 11-banddan “yagona 23411 hisob raqamiga oʻtkaziladi va bir vaqtning oʻzida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Hisobot oyi uchun toʻlov summasi 23411 yagona hisob raqamiga kelib tushadi va toʻplanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay vakolatli bankka toʻlov hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan taqsimlanadi.
Toʻlov summasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi abonentning roʻyxatga olingan joyiga qarab tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari va viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Toʻlov summasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladigan qismi tegishli davlat soliq inspeksiyalariga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasalarida ochilgan balans hisob raqami 23402 boʻlgan tegishli tranzit daromad hisob raqamlariga oʻtkaziladi.”.
3. 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2014-yil 29-dekabr
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
“Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎_______________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning nomi)

‎‎20___ yil ____________ oyi uchun abonent
‎raqamidan foydalanganlik uchun
‎TOʻLOV HISOB-KITOBI

Roʻyxatdan oʻtkazilgan joy
‎(manzil) boʻyicha abonent
‎ raqamlarining
‎ soni (birl.)* ‎

Belgilangan toʻlov
‎ miqdori (soʻm) ‎

Toʻlov summasi
‎ (ming soʻm) ‎

Jami
shu jumladan:‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎
Andijon viloyati‎
Buxoro viloyati‎
Jizzax viloyati‎
Qashqadaryo viloyati‎
Navoiy viloyati‎
Namangan viloyati‎
Samarqand viloyati‎
Surxondaryo viloyati‎
Sirdaryo viloyati‎
Toshkent viloyati‎
Fargʻona viloyati‎
Xorazm viloyati‎
Toshkent shahar‎

‎* Abonent raqamlarining soni toʻlov amalga oshiriladigan oyning oxirgi sanasi holatiga koʻra aniqlanadi.

Rahbar ‎

____________________________‎‎

(imzo)‎‎ ‎

Bosh buxgalter‎

‎‎____________________________

‎‎(imzo) ‎

M.Oʻ.”.‎

Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
“Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎20___ yil _______________ oyi uchun abonent
‎raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning
‎ hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisida
‎ YIGʻMA AXBOROT

T/r‎‏

Regionlar nomi‎‏‎

Yuridik shaxsning nomi

Yuridik shaxsning nomi

Abonent raqamlarining soni
‎(birl.) ‎‏

Toʻlov summasi
‎ (ming soʻm.) ‎‎

Abonent raqamlarining soni
‎(birl.) ‎‏

Toʻlov summasi
‎ (ming soʻm.) ‎‎

hisoblangan‎

Haqiqatan toʻlangan‎

hisoblangan‎

Haqiqatan toʻlangan‎

Jami‎
shu jumladan:‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎
Andijon viloyati‎
Buxoro viloyati‎
Jizzax viloyati‎
Qashqadaryo viloyati‎
Navoiy viloyati‎
Namangan viloyati‎
Samarqand viloyati‎
Surxondaryo viloyati‎
Sirdaryo viloyati‎
Toshkent viloyati‎
Fargʻona viloyati‎
Xorazm viloyati‎
Toshkent shahar‎
Rahbar‎ ‎‎_________________________________

‎‎(imzo)

M.Oʻ.”. ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 11-modda)