toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-dekabrda 2646-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-dekabr,
311-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon matnda murojaat qiluvchilar deb yuritiladi) notarial idoralarga bevosita kelib yoki telefon orqali, yozma yoxud elektron shaklda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “E-notarius.uz” axborot portali (bundan buyon matnda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi) orqali oʻzlari uchun qulay va aniq vaqtda murojaat qilishga haqli.
2. Murojaat qiluvchilarning murojaatlari notarius yoki uning xodimlari tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron roʻyxatiga (bundan buyon matnda elektron roʻyxat deb yuritiladi) qayd qilinadi.
3. Elektron roʻyxat har bir notarius tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali alohida yuritiladi.
4. Davlat notarial idoralari notariuslarining ish kunlari va vaqti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Davlat notarial idoralari notariuslarining ish kunlari va vaqtini belgilashda muayyan davlat notarial idorasi yoki notarius tomonidan haftaning shanba va yakshanba kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga boʻysunuvchi tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ish kunlari va vaqti ularning oʻzlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Bunda mazkur maʼlumotlar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan bir ish kuni davomida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi shart.
(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Elektron roʻyxatni yuritish va murojaat qiluvchilarni qabul qilish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Notarius yoki uning xodimi kelib tushgan har bir murojaatni navbat boʻyicha elektron roʻyxatga kiritadi, notariusning ish kuni va vaqtini hamda murojaat qiluvchi uchun qulay vaqtni inobatga olgan holda, notariusning qabul kuni va soatini belgilaydi hamda bu haqda murojaat qiluvchini xabardor qiladi. Bunda murojaat qiluvchi murojaat kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan notarius tomonidan qabul qilinishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Har bir murojaat ushbu yilda yuritiladigan elektron daftar boʻyicha takrorlanmaydigan tartib raqamiga ega boʻladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Murojaat qiluvchining istagiga koʻra, uning murojaati elektron daftarga qayd etilganligi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
10. Murojaat qiluvchi belgilangan vaqtda notarius qabulida hozir boʻlishi shart. Mazkur talab bajarilmaganda murojaat qiluvchini qabul qilish umumiy asoslarda yoki qabul vaqtini qaytadan belgilash orqali amalga oshiriladi.
11. Belgilangan vaqtdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan belgilangan vaqtda qabul qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Murojaat qiluvchi notarius tomonidan qabul qilinganda, muayyan kamchiliklar sababli tegishli notarial harakatlarni amalga oshirish imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda, mazkur kamchiliklarni darhol bartaraf etish choralari koʻriladi. Aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etish imkoni boʻlmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yetarli muddat beriladi. Bunda murojaat qiluvchi berilgan muddatdan keyin navbatdan tashqari qabul qilinadi va bu haqda elektron daftarga tegishli izoh kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali murojaat qilish
131. Murojaat qiluvchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli hujjatlar loyihalarining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishlari mumkin.
132. Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari elektron roʻyxatga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
133. Murojaat qiluvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ushbu bandga muvofiq yoʻllangan murojaat boʻyicha notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar loyihalari notarial idora tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyilishi kerak.
134. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
tegishli notarial harakat boʻyicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud boʻlsa;
soliq yoki kommunal xizmatlardan qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa. Ushbu bandda nazarda tutilgan murojaatni koʻrib chiqishni rad etishga asos mavjud boʻlganda, notarius murojaat qiluvchiga uning murojaati kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay tegishli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq shaklda xabarnoma yuboradi.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
14. Notarius elektron roʻyxatning oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishini taʼminlashi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 43-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎XABARNOMA‎

Hurmatli _______________________________________________________________‎‎

‎‎(murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

‎‎Sizning murojaatingiz Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron roʻyxatida____-tartib raqami bilan qayd qilindi.

Sizga 20‎___ yil “___” _______ kuni soat __:__ da notarius ______________________ qabulida boʻlishingiz lozimligi maʼlum qilinadi.‎‎‎

‎‎‎

(notariusning F.I.O.)‎‎‎

_______________________________‎‎‎

‎‎(notarial idoraning nomi)‎

‎‎‎Notarius

______________‎

______________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

20___ yil “______” ________________‎

M.Oʻ.‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
21-ILOVA

‎‎XABARNOMA‎

Hurmatli _______________________________________________________________‎‎

‎(murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining F.I.O.)

‎Sizning murojaatingiz Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish elektron roʻyxatida____-tartib raqami bilan qayd qilindi.‎

‎Notarial idoralarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 134-bandiga asosan _______________________________________ni bartaraf etib, ushbu kamchiliklar
(aniqlangan kamchiliklar)
‎bartaraf etilganidan soʻng takroran murojaat qilishingiz mumkinligi maʼlum qilinadi.

‎‎‎

_______________________________‎‎‎

‎‎(notarial idoraning nomi)‎

‎‎‎Notarius

______________‎

______________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

20___ yil “______” ________________‎

M.Oʻ.‎

(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 21-oktabrdagi 233-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2646-1, 21.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 648-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 10/20/2646-1/1401-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)