1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish,shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga muvofiq:
1. 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-dekabr,
PQ-2280-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 2015-yil 1-yanvardan boshlab kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi PQ-605-sonli qarori bilan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandining oltinchi xatboshidagi “maxsus” soʻzidan oldin “belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin;
“Ishchi organ ruxsat guvohnomasini berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda axborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron koʻrinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno”;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5429-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)