1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturining 73-bandini ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin hamda ular 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq xarajatlar 2015-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida “Maorif” tarmogʻi boʻyicha nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga ilova 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 24-dekabr,
362-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 362-son qaroriga ILOVA
Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. “Lavozimlar nomi” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻqituvchisi, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat taʼlim standartlari monitoringi boʻlimlari hamda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari (metodistlari)”.
2. “Lavozimlar nomi” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Umumtaʼlim maktablarining yuqori sinflari oʻqituvchisi, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari”.