toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fransiya Respublikasi Hukumati ishtirokida “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishga doir kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 23-avgustdagi PQ-2029-son qaroriga muvofiq “Navoiy viloyatidagi “Navoiy” va “Uchqora” nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish” loyihasining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Loyihalarni amalga oshirish markazi” davlat muassasasining moliyalashtirilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-dekabr,
336-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 336-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 25-bandning ikkinchi xatboshidagi “va vazirlikning hududiy boʻlinmalarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, qishloq va suv xoʻjaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar boʻlimlarini, vazirlik huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 26-bandning birinchi xatboshidagi “va uning hududiy boʻlinmalarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, qishloq va suv xoʻjaligi viloyatlar boshqarmalarini va tumanlar boʻlimlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 595-modda)