OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2630]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 1-fevraldagi 1-sonli ““Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2630-3, 11.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq V. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-noyabr,
28-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-sonli buyrugʻiga ILOVA
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-son “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, tender boʻyicha takliflarni baholash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
saroydan foydalanish koeffitsiyenti — avtotransport vositalaridan foydalanishning samaradorligini belgilovchi koʻrsatkich;
ish tartibi — avtotransport vositalarining harakatlanish jadvalidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ish kunining boshlanish va tugash vaqti:
talabgor — taklif etilgan shartlarda tender tanlovida qatnashish niyatini maʼlum qilgan yuridik shaxs.
2. Shahar atrofida, shaharlararo va shaharlararo-viloyatlar ichida yoʻnalishlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi doirasida yoʻnalishlarni, shaharlararo-viloyatlararo yoʻnalishlarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri oʻrtasidagi yoʻnalishlarni, shuningdek xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishlarni tashkil etish boʻyicha komissiyalari hamda Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishlarni joylashtirish uchun ochiq tenderlar oʻtkazishni tashkil etish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) oʻz faoliyatida mazkur Yoʻriqnoma talablariga amal qilishi shart.
4. Tender qatnashchilaridan tender boʻyicha tushgan takliflar Komissiya tomonidan baholanadi.
2-bob. Tender boʻyicha takliflarni baholash
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, tender boʻyicha takliflar Komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi va baholanadi.
6. Yoʻnalishdagi 1 yoʻlovchi — km uchun tarifning tender qatnashchisi tomonidan taklif etilayotgan darajasi uchun — tashish tarifi darajasini Komissiya talab qilayotganga nisbatan pasaytirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha baholanadi (Bunda, misol uchun: tender talablarida yumshoq oʻrindiqli avtobuslarda 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 35 soʻm miqdorida belgilangan. Talabgor tomonidan yumshoq oʻrindiqli avtobuslar uchun 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasi 34 soʻm miqdorida taklif etilgan. Bunday holatda yoʻnalishdagi 1 yoʻlovchi — km uchun tarif darajasiga tender boʻyicha takliflarning bahosi (35 : 34 x 5) = 5,15 ballga teng boʻladi.).
7. Transport vositasining rusumi (klassi) uchun — mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida nazarda tutilgan namunaviy hisob-kitoblarga muvofiq, transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun — mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida nazarda tutilgan namunaviy hisob-kitoblarga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha baholanadi.
8. Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni uchun — mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida nazarda tutilgan namunaviy hisob-kitoblarga muvofiq tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha baholanadi.
Komissiya yoʻnalishda ishlash uchun talab qilinadigan avtomobillar rusumini (klassini) va ular boʻyicha tabaqalashtirilgan ballarni mustaqil belgilaydi.
Shahar atrofi yoʻnalishlarida avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni boʻyicha ballar avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soniga (oʻrindiqlar soniga) yoʻlovchilarning turish oʻrinlari sonini qoʻshish asosida belgilanadi.
Shaharlararo-viloyatlararo hamda shaharlararo-viloyat ichki yoʻnalishlarida avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni boʻyicha ballar avtotransport vositalarining oʻrindiqlari soni asosida belgilanadi.
9. Avtobuslar ish tartibining taklif etilayotgan varianti uchun — ish tartibini oshirishning har bir punkti uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha baholanadi. (Bunda, misol uchun, tender talablarida avtobuslar ish tartibi soat 6-00 dan soat 18-30 gacha yoki 12,5 soat boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan ish tartibi soat 6-00 dan soat 19-00 gacha yoki 13 soat taklif etilgan. Bunday holatda avtobuslar ish tartibining taklif etilayotgan varianti uchun tender boʻyicha takliflar bahosi (13 : 12,5 x 5)= 5,2 ballga teng boʻladi.).
10. Yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni uchun — talab qilinayotgan miqdordan ortiqcha taklif etilayotgan har bir qatnov uchun oshib boruvchi koeffitsiyentni qoʻllagan holda besh balli tizim boʻyicha baholanadi. (Bunda, misol uchun, tender talablarida yoʻnalishdagi qatnovlarning soni 32 ta boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 36 ta qatnov bajarilishi taklif etilgan. Bunday holatda yoʻnalishdagi qatnovlarning taklif etilayotgan soni uchun tender boʻyicha takliflar bahosi (36 : 32 x 5) = 5,62 ballga teng boʻladi.).
11. Yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi — besh balli tizim boʻyicha baholanadi. Bunda tashuvchi besh ballni quyidagi majburiy shartlarni bajargan taqdirda oladi:
har kuni qatnovga chiqishdan oldin transport vositalarini texnikaviy nazoratdan oʻtkazishni taʼminlash;
haydovchilarni har kuni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlash;
haydovchilarga 30 soatlik dastur boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish.
Agar talabgor qayd etilgan shartlarni bajara olmasa, u holda 5 ballga nisbatan kamayib boruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi, u amalda bajariladigan shartlarning uchta majburiy talabga boʻlgan nisbati sifatida aniqlanadi. (Bunda, misol uchun, talabgor tomonidan 3 ta shartdan ikkitasi, yaʼni har kuni qatnovga chiqishdan oldin transport vositalarini texnikaviy nazoratdan hamda haydovchilarni har kuni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti taʼminlanmoqda. Biroq, haydovchilarga 30 soatlik dastur boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish sharti bajarilmagan. Bunday holatda talabgor tomonidan haydovchilarga 30 soatlik dastur boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish sharti bajarilmaganligi sababli, yoʻnalishlarda ishlayotganda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar rejasi uchun tender boʻyicha takliflar bahosi (2 : 3 x 5) = 3,33 ballga teng boʻladi.).
12. Komissiya, yoʻnalishga nisbatan aniq talablarni hisobga olgan holda, qatnashchilarning tender boʻyicha takliflarini baholashga qoʻshimcha talablarni taklif etishga haqli.
3-bob. Yakuniy qoida
13. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
GAZEL, Ford, Xunday va boshqalar (modifikatsiyalari)
5,0
4.
Malibu
8,0
5.
Epika
7,0
6.
Lasetti (modifikatsiyalari)
6,0
7.
Kobalt
5,5
8.
NEKSIYA (modifikatsiyalari)
5,0
9.
DAMAS (modifikatsiyalari)
4,0
10.
Spark, Matiz (modifikatsiyalari)
4,0
Bunda, talabgor tomonidan taklif etilgan avtobuslar rusumlari boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi va yoʻnalish boʻyicha talab qilinayotgan jadvallar soniga boʻlinadi. Misol uchun: tender talablarida yoʻnalishda Isuzu rusumli oddiy oʻrindiqli avtobuslar ishlashi uchun tuzilgan 5 ta jadvalni avtobuslar bilan taʼminlash uchun, saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olganda, avtobuslar soni (5 x 0,8) = 6 ta boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 4 ta Isuzu rusumli va 2 ta PAZ rusumli avtobuslar taklif etilgan taqdirda, ballarning soni 4 ta Isuzu rusumli oddiy oʻrindiqli avtobuslar uchun 9 balldan (4 x 9) = 36 ballga va 2 ta PAZ rusumli oddiy oʻrindiqli avtobuslar uchun 5 balldan (2 x 5) = 10 ballga teng boʻladi. Avtobuslarning rusumi boʻyicha ballar miqdori qoʻshiladi va talab qilingan jadvallar soniga boʻlinadi [(36 + 10) : 5] = 9,2 ball. Bunday holatda transport vositalarining rusumi uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi 9,2 ballga teng boʻladi.
Bunda transport vositasi rusumi uchun olingan ballarga 1,15 miqdorda oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, agar transport vositasi tender qatnashchisining mulki boʻlsa.
(1-ilova Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-sonli (roʻyxat raqami 2630-2, 03.08.2017-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 789-modda)
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Transport vositasining ishlab chiqarilgan yilini baholashning namunaviy hisob-kitobi
Transport vositasining ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ishlatilish yillari
Har bir transport vositasi uchun namunaviy tabaqalashtirilgan ballar soni
1 yildan 3 yilgacha
5,0
3 yildan 5 yilgacha
4,5
5 yildan 8 yilgacha
4,0
8 yildan 10 yilgacha
3,0
10 yildan ortiqlari
2,0
Bunda, talabgor tomonidan taklif etilgan har bir transport vositasi uchun, uning ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ishlatilish yillari uchun belgilangan ballar jamlanadi hamda saroydan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, texnik ishlatish tavsifiga muvofiq talab qilinadigan transport vositalari soniga boʻlinadi. Misol uchun: tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda 6 ta transport vositasi boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 4 ta Isuzu rusumli 2013-yilda ishlab chiqarilgan va 2 ta PAZ rusumli 2009-yilda ishlab chiqarilgan avtobuslar taklif etilgan. Isuzu rusumli 4 ta avtobuslar uchun (ishlatilish yili 3 yilgacha) ballarning soni 5 balldan (4 x 5) = 20 ballga va PAZ rusumli 2 ta avtobuslar uchun (ishlatilish yili 5 yildan 8 yilgacha) ballarning soni 4 balldan (2 x 4) = 8 ballga teng boʻladi. Bunday holatda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili uchun tender boʻyicha takliflarning bahosi [(20 + 8) : 6] = 4,67 ballni tashkil etadi
Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari sonini baholashning namunaviy hisob-kitobi (shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichidagi yoʻnalishlar uchun)
Tender talabi boʻyicha
Talabgorning tender
boʻyicha taklifi
T/r
Avtotransport vositasining rusumi
Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni
Avtotransport vositasining rusumi
Avtotransport vositasining tashuv uchun taklif qilinayotgan umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni
1.
Isuzu
37
Isuzu
37
2.
Isuzu
37
Isuzu
37
3.
Isuzu
37
Isuzu
37
4.
Isuzu
37
Isuzu
37
5.
Isuzu
37
PAZ
42
6.
Isuzu
37
PAZ
42
Jami:
222
Jami:
232
Bunda, talabgor tomonidan taklif etilgan barcha avtotransport vositalari umumiy yoʻlovchi oʻrinlari sonining yigʻindisi texnik ishlatish tavsifida talab qilinadigan barcha avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari sonining yigʻindisiga boʻlinadi va hosil boʻlgan natija 5 ga koʻpaytiriladi. Misol uchun, tender talablarida yoʻnalishda saroydan foydalanish koeffitsiyentini 0,8 ga teng deb hisobga olgan holda, umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni 222 ta yoʻlovchi boʻlgan 6 ta avtotransport vositasi boʻlishi belgilangan. Talabgor tomonidan 4 ta Isuzu rusumli umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni 37 tadan yoʻlovchi boʻlgan va 2 ta PAZ rusumli, umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni 42 tadan yoʻlovchi boʻlgan avtobuslar taklif etilgan. Isuzu rusumli 4 ta avtobus uchun umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni (4 x 37) = 148 ta yoʻlovchiga va PAZ rusumli 2 ta avtobuslar uchun umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni (2 x 42) = 84 ta yoʻlovchiga teng boʻladi va yoʻnalish boʻyicha jami umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni (148 + 84) = 232 ta yoʻlovchini tashkil etadi. Bunday holatda avtotransport vositalarining umumiy yoʻlovchi oʻrinlari soni uchun tender boʻyicha takliflar bahosi [(232 : 222) x 5] = 5,23 ballni tashkil etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 596-modda; 2016-y., 51-son, 595-modda; 2017-y., 31-son, 789-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)