toggle_night_mode
Hujjat 01.12.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2628]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-noyabr,
01/06-4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2014-yil 3-noyabrdagi 01/06-4-son qaroriga
ILOVA
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
botanika kolleksiyalari — urugʻlar, gullar, mevalar, piyozboshchalar, ildizlar, barglar, gerbariylar, konservatsiya qilingan va tirik oʻsimliklarning tartibga solingan majmualari;
Keyingi tahrirga qarang.
tizimlashtirilgan toʻplanmalar — ishlovdan oʻtgan, qayd qilish raqami, saqlash obyektlari, terish va tayyorlash joylarining manzili hamda yovvoyi oʻsimlik va uning qismlarining aniq ilmiy nomiga ega boʻlgan botanika kolleksiyasi;
tizimlashtirilmagan toʻplanmalar — ishlovdan oʻtmagan, qayd qilish raqami, saqlash obyektlari, terish va tayyorlash joylarining manzili hamda yovvoyi oʻsimlik va uning qismlarining aniq ilmiy nomiga ega boʻlmagan botanika kolleksiyasi.
2. Quyidagilar botanika kolleksiyalari hisoblanmaydi:
qishloq xoʻjaligi yerlarida yoki uy sharoitlarida yetishtirilgan madaniy oʻsimliklar va ularning qismlari;
aholi punktlari va yoʻllarni koʻkalamzorlashtirish uchun yetishtirilgan manzarali tirik oʻsimliklar;
sotishga moʻljallangan manzarali oʻsimliklar;
biologik muzeylar, biologik xilma-xillik sohasida tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tasdiqlangan tizimlashtirish, yorliqlash va aniqlash qoidalariga muvofiq saqlanadigan toʻplanmalar;
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlmagan va botanika kolleksiyalariga oid boʻlmagan namunalar;
paleontologik va arxeologik topilmalar;
yovvoyi, manzarali va boshqa turdagi oʻsimliklar va ularning qismlaridan tayyorlangan buyumlar.
3. Botanika kolleksiyalari tizimlashtirilgan va tizimlashtirilmagan toʻplanmalardan iborat boʻlishi mumkin.
4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qoidalarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
2-bob. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish
5. Yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda botanika kolleksiyasi egasi deb yuritiladi) tomonidan yovvoyi oʻsimliklar yoki ular qismlaridan toʻplangan majmualar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish respublika davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davbionazorat deb yuritiladi) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (bundan buyon matnda hududiy qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan hisobga olingan taqdirda, u botanika kolleksiyasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davbionazorat hududiy qoʻmitalarning mahalliy ahamiyatga ega botanika kolleksiyalarini hisobga olish va ularni reyestrga kiritish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Hududiy qoʻmitalar mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan botanika kolleksiyalarini hisobga olish va ularni reyestrga kiritish bilan bogʻliq maʼlumotlarni har yili Davbionazoratga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Botanika kolleksiyasi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlib, botanika kolleksiyasi egasi uni hisobga olish uchun:
xalqaro va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan botanika kolleksiyalari boʻyicha — Davbionazoratga;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan botanika kolleksiyalari boʻyicha — hududiy qoʻmitaga ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Botanika kolleksiyasini hisobga olish haqidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
yuridik shaxsning nomi, uning rekvizitlari, STIR, rahbarning ismi, familiyasi;
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash manzili, (telefon raqami) va pasportining nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Arizaga quyidagi maʼlumot va hujjatlar ilova qilinadi:
oʻsimlik dunyosi obyektlari yoki ular qismlarining oilasi, turkumi, turi nomi hamda ularning umumiy miqdori koʻrsatilgan roʻyxati (lotin tilida);
botanika kolleksiyasi tarkibidagi yovvoyi oʻsimlik yoki uning qismlaridan foydalanish uchun berilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nusxasi.
Botanika kolleksiyasi tarkibidagi yovvoyi oʻsimlik yoki uning qismlaridan foydalanish uchun berilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nusxasini taqdim etish toʻgʻrisidagi talab mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar toʻplangan botanika kolleksiyalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
10. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish yoki ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan respublika yoki mahalliy ekspert guruhlari tomonidan berilgan xulosaga asosan amalga oshiriladi.
Bunda respublika ekspert guruhi Davbionazorat huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy ekspert guruhi esa hududiy qoʻmita huzurida tegishli hududiy qoʻmita qaroriga asosan tashkil etiladi. Ekspert guruhlari qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davbionazorat boshligʻi lavozimiga koʻra respublika ekspert guruhining, hududiy qoʻmitaning raisi oʻrinbosari esa mahalliy ekspert guruhining raisi hisoblanadi. Ekspert guruhlari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, tabiat va botanika bogʻlarining mutaxassislari kelishuv asosida aʼzo sifatida kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspert guruhlarining yigʻilishlari zaruratga qarab oʻtkaziladi.
12. Ekspert guruhining xulosasi Davbionazorat yoki hududiy qoʻmitalar tomonidan botanika kolleksiyasi egasiga guvohnoma berish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish quyidagi hollarda rad etiladi:
botanika kolleksiyasini hisobga olish haqidagi arizada mazkur Qoidalarning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan boʻlsa;
botanika kolleksiyasini hisobga olish haqidagi arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
mazkur Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan boʻlsa.
Botanika kolleksiyalarini hisobga olishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish rad etilgan taqdirda, ariza bilan murojaat qilgan shaxsga yozma ravishda xabar beriladi hamda unga tegishli ekspert guruhining xulosasi nusxasi ilova qilinadi.
15. Botanika kolleksiyalarini hisobga olish boʻyicha ekspert guruhining ijobiy xulosasiga asosan botanika kolleksiyasi egasiga Davbionazorat yoki tegishli hududiy qoʻmita tomonidan mazkur qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Har bir guvohnoma hisobda turuvchi blanka boʻlib, oʻz seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi. Bunda Davbionazorat tomonidan beriladigan guvohnomalarga “UZ” qisqartmasi, hududiy qoʻmitalar tomonidan beriladigan guvohnomalarda esa mazkur qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq qisqartmalar qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Davbionazorat yoki hududiy qoʻmitaning botanika kolleksiyasini davlat hisobiga olishni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davbionazorat va hududiy qoʻmitalar botanika kolleksiyalarining reyestrini mazkur qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq elektron shaklda yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Botanika kolleksiyalarini toʻldirib borish va asrash
19. Botanika kolleksiyalarining egalari:
oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan gʻamlashga (toʻplashga) Davbionazorat tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
botanika kolleksiyalarini oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya shartnomasi yoki ularni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi kelishuv asosida toʻldirib borishlari mumkin.
20. Hisobga olingan botanika kolleksiyalarining egalari oʻzlariga tegishli boʻlgan botanika kolleksiyalarini asrashga majburdir.
4-bob. Botanika kolleksiyalarini sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish
21. Botanika kolleksiyalari egalari ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish va sotish hamda joʻnatish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Botanika kolleksiyalarini sotib olish, sotish va joʻnatishga ushbu Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan botanika kolleksiyalarini olib chiqish Davbionazorat tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish va ularning dublikatlarini berish
24. Botanika kolleksiyasi egasi (uning huquqiy vorisi) botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirib berish uchun qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatgan va hujjatlarni ilova qilgan holda tegishli organga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda tegishli organ murojaat qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani botanika kolleksiyasi egasiga (uning huquqiy vorisiga) qayta rasmiylashtirib beradi.
25. Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, botanika kolleksiyasi egasining arizasiga koʻra Davbionazorat yoki hududiy qoʻmita tomonidan uch ish kuni ichida uning dublikati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirib berilganda yoki uning dublikati berilganda, Davbionazorat yoki hududiy qoʻmita tomonidan tegishli reyestrga bu haqda yozuv kiritib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakuniy qoidalar
27. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 3-noyabr
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalariga
1-ILOVA
Namuna‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI


‎‎‎____________________________________________________________
‎ (vakolatli organ)

‎‎UZ-000000
‎(seriyasi va raqami)
‎ Botanika kolleksiyalarining hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi
‎ GUVOHNOMA

‎‎20___ yil “___” ______________

‎‎_________________

‎‎(joy nomi)

‎‎Berildi._________________________________________________________________

Haqiqatdan ham uning botanika kolleksiyasi hisobga olingan va unga ushbu botanika kolleksiyalarini saqlash, koʻpaytirish, undan foydalanish huquqi beriladi, tirik eksponatlar ham shular jumlasiga kiradi. Botanika kolleksiyasi joylashgan hudud manzili:
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

‎‎GUVOHNOMAGA OʻSIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARI YOKI ULAR QISMLARINING HAR BIR OILASI, TURKUMI, TURI NOMI ROʻYXATI VA MIQDORI HAQIDAGI MAʼLUMOTLAR ILOVA QILINADI.

‎‎Vakolatli organ rahbari

‎‎____________________

M.Oʻ. ‎

‎‎(imzo)

‎‎20__ yil “____” ________ .

‎‎Botanika kolleksiyasi egasi

___________‎

‎‎_________________

‎‎(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalariga
2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar nomlarining lotin alifbosidagi qisqartmalari

T/r

Nomi

Qisqartmasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

QR

2.

Andijon viloyati

AN

3.

Buxoro viloyati

BX

4.

Jizzax viloyati

JZ

5.

Navoiy viloyati

NV

6.

Namangan viloyati

NA

7.

Samarqand viloyati

SN

8.

Sirdaryo viloyati

SI

9.

Surxondaryo viloyati

SD

10.

Toshkent viloyati

TV

11.

Toshkent shahri

TN

12.

Fargʻona viloyati

FA

13.

Xorazm viloyati

XZ

14.

Qashqadaryo viloyati

QV

Botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, asrash, sotib olish va sotish, joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va undan olib chiqish qoidalariga
3-ILOVA
Botanika kolleksiyalarining
reyestri

T/r‎‏

‎‏Qayd etish sanasi

Botanika kolleksiyasi egasi‎‎

Botanika kolleksiyasining ahamiyati*‎‎

Botanika kolleksiyasi**

Botanika
‎kolleksiyasi
‎soni‎

Guvohnoma
‎ seriyasi va
‎ raqami ‎

yuridik shaxs‎

jismoniy shaxs‎

xalqaro‎

respublika‎

mahalliy

Oilasi

Turkumi‎

Turi‎






‎‎
Izoh: *Botanika kolleksiyasining ahamiyati boʻyicha tegishli ustunga belgi qoʻyiladi.
**Botanika kolleksiyasining kelib chiqishiga koʻra, uning oilasi, turkumi, turining nomi lotin tilida kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 48-son, 577-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.08.2023-y., 10/23/2628-1/2657-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)