toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MAʼMURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARI, KORXONALAR, MUASSASALAR, TAShKILOTLAR, FIZIK-JUGʻROFIY, GEOLOGIK VA BOShQA TOPONIMIK OBYEKTLARNING NOMLARINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jugʻrofiy, geologik va boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish, shuningdek Oʻzbekiston xalqlarining tarixi va anʼanalari bilan bogʻliq toponimlar muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarini hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jugʻrofiy, geologik va boshqa toponimik obyektlarga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Vazirlar Mahkamasi toponimik obyektlarga mashhur kishilarning nomini berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tuzsin hamda ushbu komissiya toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
940-XII-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 277-I-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 140-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 340-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 140-modda)