1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.05 Havo kemalari, ularning ekipaji va boshqa personallar;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
3.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-oktabrda 1881-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 10-noyabrdagi 228-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1881, 2008-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 507-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-oktabr,
52-n-son
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 22-oktabrdagi 52-n-sonli buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi oʻquv yurtlarini sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha