toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi Nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-oktabr,
285-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida”.
ikkinchi xatboshidagi “Patent bojlari” soʻzlaridan keyin “va toʻlovlari” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi xatboshidagi “Patent bojlari” soʻzlaridan keyin “va toʻlovlari” soʻzlari qoʻshilsin.
3. 2-bandning birinchi xatboshidagi “patent bojlari” soʻzlaridan keyin “va toʻlovlari” soʻzlari qoʻshilsin.
a) Nizomning nomidagi “Patent bojlari” soʻzlaridan keyin “va toʻlovlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom:
patent bojlarini (keyingi oʻrinlarda boj deb yuritiladi) toʻlash tartibini, shuningdek ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun toʻlovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini;
toʻlovlarni undirish tartibini, shuningdek EHM yoki maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlardan foydalanishga mulkiy huquqni berganlik uchun shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun toʻlovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini belgilaydi”;
v) 2-banddagi “Boj” soʻzidan keyin “yoki toʻlovlar” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda buyurtmanoma yoki patentning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami, uning uchun boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatga doir guvohnoma va uning nomi boʻlishi kerak. Agar buyurtmanomaga roʻyxatdan oʻtkazish raqami hali berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda uning uchun boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi nomlari, tovar kelib chiqqan joy, integral mikrosxemalar topologiyalari nomlari, shuningdek birinchi muallifning familiyasi yoki ariza beruvchining nomi boʻlishi kerak. Agentlik koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir”;
d) 4-banddagi “bojning” va “boj” soʻzlari tegishli ravishda “boj yoki toʻlovning” va “boj yoki toʻlov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 5-banddagi “integral mikrosxemalar topologiyalari” va “bojning” soʻzlaridan keyin tegishli ravishda “EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlar” va “yoki toʻlovning” soʻzlari qoʻshilsin;
j) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj yoki toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj yoki toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan uch oy muddat tamom boʻlgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj yoki toʻlovlar miqdori 50% ga koʻpayadi”;
z) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toʻlangan buyurtmanoma boji va toʻlovlari qaytarilmaydi”;
i) 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Toʻlangan boshqa bojlar yoki toʻlovlar ariza beruvchining — bojni yoki toʻlovlarni toʻlagan shaxsning iltimosiga koʻra bojlar yoki toʻlovlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda toʻlangan yoki uning uchun boj yoki toʻlovlar toʻlangan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
10. Bojning yoki toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga koʻra iltimos berilgan sanada ularni toʻlash mumkin boʻlgan boshqa bojlar yoki toʻlovlar toʻlanishi hisobiga oʻtkazilishi mumkin”;
k) 11-banddagi “patent bojlarini” va “bojni” soʻzlaridan keyin tegishli ravishda “yoki toʻlovlarini” va “yoki toʻlovni” soʻzlari qoʻshilsin;
l) 12-banddagi “Bojlarni” va “boj” soʻzlaridan keyin tegishli ravishda “yoki toʻlovlarni” va “yoki toʻlovlar” soʻzlari qoʻshilsin;
m) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarning yagona mualliflari boʻlgan hamda oʻz nomiga muhofaza hujjati soʻrayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1 — 1.4, 2.1 — 2.4, 3.1 — 3.2, 5.1 — 5.2, 7.1 — 7.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni yoki toʻlovlarni toʻlashdan tegishli ravishda ozod qilinadilar.
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni yoki toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga koʻra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxsning guvohnomasi;
urush yillari front ortida ishlaganlik (yoki xizmat qilganlik) uchun berilgan guvohnoma;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi.
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishda boj yoki toʻlovlar miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi”.
a) ilova nomidagi “Patent bojlari” soʻzlaridan keyin “va toʻlovlari” soʻzlari qoʻshilsin;
b) ustunlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Boj yoki toʻlovlar kodi

Boj yoki toʻlovlarning vazifasi

Stavkalar

Boj yoki toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari

milliy valyutada (belgilangan eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsiyent)

xorijiy valyutada (AQSh dollari)

v) 1- boʻlimning 1.4-kichik boʻlimida:
1.4.1-bandning “Stavkalar” ustunidagi “2” va “840” raqamlari tegishli ravishda “1” va “420” raqamlari bilan almashtirilsin;
1.4.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1.4.3.

Amal qilishining buyurtmanoma berilgan sanadan boshlab sanoat namunasiga patentning amal qilishini har yili saqlash:

uchinchi-yettinchi yillar uchun

1

420

Uch yil uchun — patent berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun — patent amal qiladigan muddat oʻtgungacha oxirgi uch oy mobaynida

sakkizinchi-oʻninchi yillar uchun

1,5

630

oʻn birinchi-oʻn beshinchi yillar uchun (uzaytirilgan har bir yil uchun)

2

840

g) 2- boʻlimda:
2.2-kichik boʻlimida:
2.2.1-bandining “Stavkalar” ustunidagi “3” va “1260” raqamlari tegishli ravishda “1” va “420” raqamlari bilan almashtirilsin;
2.2.2-bandining “Stavkalar” ustunidagi “15” va “6300” raqamlari tegishli ravishda “4” va “1260” raqamlari bilan almashtirilsin;
2.4-kichik boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

2.4. Seleksiya yutuqlariga patentning

amal qilishini saqlash uchun bojlar

2.4.1.

Seleksiya yutugʻiga patentni roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻz kuchida saqlash, amal qilishining har bir yili uchun:

Birinchi yil uchun — patentni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillarda joriy yilda patentning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida

birinchi — uchinchi yillar uchun

0,2

84

toʻrtinchi — oltinchi yillar uchun

0,4

168

yettinchi — oʻninchi yillar uchun

0,5

210

oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi yillar uchun

0,7

294

oʻn beshinchi — oʻn oltinchi yillar uchun

0,9

378

oʻn yettinchi — yigirmanchi yillar uchun

1

420

yigirma birinchi — oʻttizinchi yillar uchun (uzaytirish)

1,2

504

2.5-kichik boʻlimning 2.5.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

2.5.2.

Quyidagilar:

seleksiya yutugʻiga patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish

3

1260

seleksiya yutugʻiga bir nechta patentlarni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish, boshqaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir patent uchun qoʻshimcha ravishda

2

840

quyidagi mazmundagi 2.8-kichik boʻlim qoʻshilsin:

2.8. Hujjatlar taqdim etish muddatini uzaytirish

Hujjatlarni taqdim etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatini bir oyga (bir oydan oshmagan muddatga) uzaytirish:

0,2

84

Belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma berish bilan bir vaqtda

d) 3-boʻlimda:
3.1-kichik boʻlimda:
3.1.1-bandning “Stavkalar” ustunida:
ikkinchi va toʻrtinchi satrdagi “1,4” raqami “1,5” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi va beshinchi satrdagi “0,1” va “60” raqamlari tegishli ravishda “0,5” va “200” raqamlari bilan almashtirilsin;
3.1.2-bandning “Stavkalar” ustunidagi “1,4” raqami “1,5” raqami bilan almashtirilsin;
3.3-kichik boʻlimda:
3.3.1-bandning “Stavkalar” ustunida:
ikkinchi satrdagi “1,4” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi satrdagi “0,1” raqami “0,5” raqami bilan almashtirilsin;
3.3.2-bandning “Stavkalar” ustunida:
ikkinchi satrdagi “2,8” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi satrdagi “0,2” raqami “0,5” raqami bilan almashtirilsin;
3.3.3-bandning “Stavkalar” ustunidagi “1,4” raqami “1,5” raqami bilan almashtirilsin:
3.6-kichik boʻlimi 3.6.2-bandining “Stavkalar” ustunidagi “0,6” va “250” raqamlari tegishli ravishda “1” va “240” raqamlari bilan almashtirilsin;
e) 7-boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

7. EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlar

7.1. Buyurtmanomaga doir toʻlovlar

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun buyurtmanomalar berish

0,5

210

Buyurtmanomalar berish bilan bir vaqtda

7.2. Guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish

7.2.1.

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish

0,2

84

Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida

7.2.2.

Rasmiy byulletenda EHM va maʼlumotlar bazasi uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan dasturlarni eʼlon qilish

0,1

42

7.2.3.

Guvohnomalarni berish

0,2

84

7.3. EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarga huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

7.3.1.

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga barcha mulkiy huquqlarni toʻliq boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish

1

420

Huquqni berish toʻgʻrisidagi arizani berish bilan bir vaqtda

7.3.2.

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish

0,5

210

7.4. Oʻzgartirishlar kiritish

Davlat ekspertizasi qarori qabul qilingunga qadar EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga buyurtmanomalarga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish

0,2

84

Tarkibida oʻzgartirishlar mavjud boʻlgan materiallar bilan bir vaqtda

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 520-modda)