1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish, kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalarida uning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 356-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisiga xodimlarning cheklangan soni doirasida raisning toʻrt nafar, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari hamda 9 kishidan iborat hayʼat boʻlishiga ruxsat berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisiga xodimlarning cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining mazkur Qoʻmita tarkibida:
Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazini tashkil etish;
Pudrat savdolarini (tendyerlarni) tashkil etish respublika boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasining kapital qurilishda narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlari negizida Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari tashkil etish;
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining Standartlashtirish va sertifikatlash boshqarmasi negizida xoʻjalik hisobidagi Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bir oy muddatda Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi hamda Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazining tuzilmasini va Markazlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini joriy moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va budjetdan tashqari manbalar, shu jumladan davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari, davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari hamda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlari daromadlaridan 10 foiz ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazlarini yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan narxlarni shakllantirish masalalari boʻyicha kerakli materiallar va axborotlar taqdim etish uchun zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlasinlar
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 356-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 356-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(5b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
(6b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 26-yanvardagi 19-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 1-son, 2-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-apreldagi 146-f-son farmoyishi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 9-apreldagi 165-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash haqida” 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 63-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarorining 5 va 6-bandlari hamda qarorga 2, 3 va 4-ilovalar.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qaroriga 3-ilova hamda qarorga 5-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 169-f-son farmoyishi 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda farmoyishga 1-ilova 4-bandining birinchi xatboshi.