1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIY FAOLIYATNI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 142-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
ikki hafta muddatda tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyalari tarkibini va komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin
ikki oy muddatda tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalarni xatlovdan oʻtkazsin, litsenziatlar tomonidan oʻz faoliyatini tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi vrachlik faoliyati (xususiy vrachlik faoliyati) toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 21-iyuldagi 378-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 7-son, 37-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda)ga ilovaning 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 18-19-son, 142-modda)