toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 03.04.2008 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIY FAOLIYATNI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
ikki hafta muddatda tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyalari tarkibini va komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin
ikki oy muddatda tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalarni xatlovdan oʻtkazsin, litsenziatlar tomonidan oʻz faoliyatini tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi vrachlik faoliyati (xususiy vrachlik faoliyati) toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 21-iyuldagi 378-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 7-son, 37-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda)ga ilovaning 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 31-oktabr,
477-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 102-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 31-oktabrdagi
477- son qaroriga
2-ILOVA
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi. Ekspert komissiya tarkibi va komissiya toʻgʻrisidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ekspert komissiya tarkibiga majburiy tarzda tegishli ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar kiritiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Ekspert komissiya majlislari kamida oyiga ikki marta oʻtkaziladi.
3. Farmatsevtika faoliyatining mazkur Nizomga muvofiq litsenziyalanadigan turlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
b) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari tayyorlash;
v) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
g) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish;
d) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish;
e) dori-darmon vositalari ulgurji sotish;
j) tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish;
z) dorivor oʻsimliklar, hayvonot va mineral asosga ega boʻlgan xomashyoni yetishtirish, yigʻish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish.
4. Mazkur Nizom 3-bandining “a”—“j” kichik bandlarida koʻrsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini amalga oshirishga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga berilishi mumkin, bunda “b” i “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya faqat dorixona muassasalariga beriladi.
Mazkur Nizom 3-bandining “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini amalga oshirish uchun olingan litsenziya litsenziatlarga ular ishlab chiqargan va tayyorlagan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish huquqini beradi.
5. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
7. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan farmatsevtika faoliyati faqat litsenziyada belgilangan faoliyat turi (uning bir qismi) boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi boʻlinmalar va obyektlar) mavjud boʻlgan taqdirda litsenziya berish vaqtida koʻrsatib oʻtilgan filiallar (alohida hududlardagi boʻlinmalar va obyektlar) soniga qarab ulardan har birining joylashga joyi koʻrsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziat quyidagilarga majbur:
faoliyatni farmatsevtika toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etish;
faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat doirasida, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzil (manzillar) boʻyicha amalga oshirish;
litsenziya talabgori litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga ega boʻlishi;
litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan tegishli moddiy-texnik bazadan, asbob-uskunalardan va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, sotish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar talablariga rioya qilish;
ekologiya va sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etish.
Dori-darmon vositalarini tayyorlashda litsenziat, shuningdek dori-darmon vositalarini analiz qilish uchun vakolatli nazorat-tahlil laboratoriyasi bilan shartnoma tuzishga majburdir.
9. Farmatsevtika faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga, boshqa texnika vositalariga va xodimlarga talablar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun – yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami);
jismoniy shaxs uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (uning bir qismi).
(10-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi – yuridik shaxslar uchun; yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi – jismoniy shaxslar uchun;
v) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati organining litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya talabgoridagi mavjud binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
d) mazkur Nizom 9-bandi talablariga muvofiq moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar va xodimlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
e) Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi hududiy organlarining mazkur Nizom 3-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarining tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
11. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiya masʼul kotibi joyida boʻlmaganligi tufayli hujjatlarning qabul qilinishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspert komissiya masʼul kotibi vaqtincha joyida boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
12. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
14. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
15. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi ular olingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Ekspert komissiya oʻn besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ besh kun muddatda ekspert komissiya xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun litsenziyalovchi organ ekspert komissiya iltimosiga koʻra oʻz mablagʻlari hisobiga:
litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud sharoitlarni joylarga chiqib baholash;
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
16. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziatning huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan farmatsevtika faoliyati turi (uning bir qismi)ning nomi;
dorixona muassasasi mudiri (rahbari)ning familiyasi, ismi, otasining ismi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) amalga oshiriladigan manzil (manzillar);
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
farmatsevtika faoliyati xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar;
tomonlarning rekvizitlari.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgan yoki filial ochilgan taqdirda litsenziya bitimiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi yoxud yangi litsenziya bitimi tuziladi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Litsenziya blankasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari shaxsan javob beradi.
17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
19. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Ekspert komissiya taqdim etilgan hujjatlarni olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiya xulosasi asosida toʻrt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
(V boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
20. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar va amaldagi litsenziyaning asl nusxasi ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
21. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziyalovchi organ taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib kiritilayotgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan yangi blankada litsenziyani rasmiylashtiradi va amaldagi litsenziya oʻrniga beradi. Ayni vaqtda litsenziya bitimiga tegishli oʻzgartirishlar rasmiylashtiriladi va litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
24. Litsenziya yoʻqotib qoʻyilgan yoki u yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda uning dublikati beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat litsenziyalovchi organga ariza va litsenziya yoʻqotib qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qiladi, shuningdek litsenziya berganlik uchun undiriladigan toʻlov summasining yarmi miqdorida toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya bitimi talablariga rioya etilishini nazorat qilish
25. Litsenziya bitimi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
26. Litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziatdan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etishga majbur boʻlgan muddatlarni belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
(26-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan farmatsevtika faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirish hollari aniqlangan taqdirda materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda yuborish.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
VIII. Litsenziyalar reyestri
29. Litsenziyalovchi organ farmatsevtika faoliyatining har bir turiga litsenziyalar reyestrini alohida yuritadi.
30. Har bir litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
yuridik shaxslar uchun – tashkilotning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxslar uchun – litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasporti maʼlumotlari, yashash manzili, telefoni;
b) litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks;
v) litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
d) litsenziyalanadigan faoliyat turi va/yoki uning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
e) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
(30 bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
j) litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
z) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.
Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar ular bilan yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, ular toʻlov asosida litsenziyalovchi organdan aniq litsenziatlar toʻgʻrisida litsenziyalar reyestridan koʻchirma sifatida maʼlumot olishlari mumkin.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
31. Litsenziyalar reyestridan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga maʼlumotlar tekin beriladi.
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
Oldingi tahrirga qarang.
32. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
33. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Farmatsevtika faoliyatini
litsenziyalash tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 201-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 21-son, 214-modda; 2008-y., 14-15-son, 102-modda; 2010-y., 18-19-son, 142-modda)