1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent viloyatidagi taʼlim muassasalarini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent viloyatidagi taʼlim muassasalarini maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tugatish va uning negizida 2014/2015-oʻquv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolgʻiz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
540 nafar oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktab-internat deb ataladi);
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari]
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida 450 nafar oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan Angren akademik litseyi (keyingi oʻrinlarda akademik litsey deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
2. Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tugatish hamda uning negizida ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Angren akademik litseyi tashkil etish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tugatish hamda uning negizida qonunchilikda belgilangan tartibda, ixtisoslashtirilgan maktab-internat va akademik litsey tashkil etish bilan bogʻliq tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
ixtisoslashtirilgan maktab-internatni va akademik litseyni zamonaviy pedagogik metodikalar va texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan psixologiya-pedagogika diagnostikasi va test sinovlari natijalariga koʻra ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5 — 9- sinflariga oʻquvchilar qabul qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatga, akademik litseyga hamda Angren shahar hokimligiga tugatilayotgan Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining 2-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha bino va inshootlarini, shuningdek boshqa mol-mulklarini tezkor boshqarish huquqi bilan bir oy muddatda bepul bersin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.17.00 Bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Angren shahar hokimligiga berilayotgan bino va inshootlardan kelgusida foydalanish yuzasidan takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining tugatilishi munosabati bilan boʻshab qolayotgan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti huzuridagi akademik litseyni Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tasarrufiga berish, uni Toshkent davlat pedagogika universitetiga birkitish;
tugatilayotgan Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining Angren, Bekobod shaharlaridagi, Bekobod, Boʻka, Ohangaron va Oqqoʻrgʻon tumanlaridagi axborot-resurs markazlarini 3-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha kasb-hunar kollejlariga berish chora-tadbirlarini koʻrsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish]
Toshkent viloyatining mahalliy budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — ixtisoslashtirilgan maktab-internat;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — akademik litsey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
(7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yilda — ixtisoslashtirilgan maktab-internatning va akademik litseyning taʼminoti uchun taʼlim sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida mablagʻlar ajratilishini, 2015-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 18-sentabr,
267-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 38-son, 485-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)