1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.05.00 Molk-mulk konservatsiyasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish, shuningdek toʻxtatib qoʻyilgan qurilish xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
1. Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Vazirlar Mahkamasining “Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va qaytadan boshlash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 20-avgustdagi 397-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 48-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-sentabr,
401-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son qaroriga ILOVA
Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi foydalanilmayotgan asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish hamda ulardan foydalanishni va ularni qurishni qaytadan boshlash, shuningdek toʻxtatib qoʻyilgan qurilish xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Tartibda qabul qilingan asosiy atamalar:
konservatsiya — asosiy vositalar yoki qurilishi tugallanmagan obyektlarning tegishli qaror bilan belgilanadigan davrda saqlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar, bu davr tamom boʻlgach ulardan foydalanilishi yoki qurilish davom ettirilishi kerak;
qaytadan boshlash — konservatsiya qilingan asosiy vositalarni foydalanishga topshirish yoki konservatsiya qilingan obyektlar qurilishini tugallash ishlari boshlanishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
dastlabki qiymat — asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurilishni oxiriga yetkazish) yoki sotib olish uchun amaldagi xarajatlar qiymati, shu jumladan toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yigʻimlar), shuningdek keltirish va montaj qilish, oʻrnatish, foydalanishga topshirish xarajatlari hamda aktivlardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun ularni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan har qanday boshqa xarajatlar;
qoldiq qiymat — jamlangan amortizatsiya summasi chiqarib tashlangan holda asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymati, ular boʻyicha aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladi.
II. Konservatsiya
3. Quyidagilar konservatsiya qilinishi mumkin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
qurilishi tugallanmagan obyektlar kapital mablagʻ bilan taʼminlanmagan yoki ularning qurilishini davom ettirish uchun bundan keyin mablagʻ qoʻyish vaqtincha yoki uzil-kesil maqsadga muvofiq emasligi asoslanganda — qurilish tiklangungacha boʻlgan yoki obyekt yangi mulkdorga sotilgungacha boʻlgan davrda;
asosiy vositalar — ularning texnik darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda yoki 3 oy mobaynida ulardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish zarurati boʻlmaganda — ularga boʻlgan talab tiklangungacha yoki yangi mulkdorga sotish davrida, biroq 24 oydan ortiq emas.
4. Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror aniq muddat belgilangan holda:
a) tabiiy monopoliyachilarga;
zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra olib borilayotgan korxonalarga;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
qayta tashkil etilayotgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarga nisbatan qayta tashkil etish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan obyektlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
b) oʻzlariga qarashli korxonalar boʻyicha — vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari);
v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilmagan korxonalar boʻyicha — mol-mulk egasi tomonidan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
5. Tugallanmagan qurilishni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
markazlashtirilgan manbalar hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi kreditlar hisobiga;
(5-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlar asosida amalga oshirilayotgan obyektlar boʻyicha;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
qayta tashkil etilayotgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalarga nisbatan qayta tashkil etish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan obyektlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
(5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
b) qurilishi:
tarmoq yoki mintaqaviy dasturlar asosida idoraviy mansub davlat korxonalari va budjetdan tashqari manbalar mablagʻlari hisobiga;
ularga qarashli korxonalar tomonidan olib borilayotgan obyektlar boʻyicha (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari) — vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilmagan obyektlar boʻyicha — mol-mulk egasi tomonidan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
6. Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklif tegishli asoslashlar bilan birgalikda mazkur Nizomning 4-bandi “a” va “b” kichik bandlariga hamda 5-bandining “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki qayta tashkil etilayotgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar boʻyicha Moliya vazirligining hududiy organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari xulosalari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
b) Moliya vazirligi va mablagʻ bilan taʼminlovchi bank bilan kelishgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 137-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 197-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
7. Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi asoslovchi hujjatlar bilan birga kelishish uchun kiritilgan iltimosnoma vakolatli organlar tomonidan ular taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Kelishishga kiritilgan taklifga konservatsiya qilish zarurligini asoslovchi hujjatlar (hisob-kitoblar), asosiy vositalar va/yoki ishga tushirish muddatlari tamom boʻlgan tugallanmagan qurilish obyektlari va ular boʻyicha eskirish toʻliq oʻtkazilgan asosiy vositalar ajratib koʻrsatilgan holda konservatsiya qilinishi kerak boʻlgan tugallanmagan qurilish obyektlari roʻyxati ilova qilinadi.
8. Belgilangan tartibda kiritilgan foydalanilmayotgan asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha qaror vakolatli organ tomonidan bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
9. Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi qarorda ularni konservatsiya qilish sabablari, qurilish yoki asosiy vositalardan foydalanish toʻxtatilgan muddat belgilanganligi koʻrsatilishi hamda konservatsiya qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish va pudrat tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun mablagʻ ajratilishi nazarda tutilishi kerak.
Konservatsiya muddati konservatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan hisoblanadi.
10. Vakolatli organ tomonidan qabul qilingan konservatsiya toʻgʻrisidagi qaror asosida buyurtmachi yoki korxona rahbari bir hafta muddatda foydalanilmayotgan asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida farmoyish (buyruq) chiqaradi, unda:
konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda asosiy vositalar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ishlab chiqish muddati;
ushbu obyektlar, asosiy vositalar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar saqlanishi uchun masʼul boʻlgan tashkilot va shaxslar belgilanadi.
11. Konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi farmoyish (buyruq) asosida buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bir oy muddatda quyidagilar tuziladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha — pudratchi bilan birgalikda konservatsiya qilish toʻgʻrisida dalolatnoma, unda konservatsiya sanasida obyektlarda bajarilgan ish hajmlarining shartnomaviy qiymati koʻrsatiladi, konservatsiya qilinadigan va boshqa obyektlar qurilishiga berish yoki sotish kerak boʻlgan montaj qilinmagan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedomosti ilova qilinadi (mazkur Nizomga 1-ilova);
asosiy vositalar boʻyicha — konservatsiya qilish toʻgʻrisida dalolatnoma, unda konservatsiya qilish sanasiga asosiy vositalarning dastlabki va qoldiq qiymati koʻrsatiladi, konservatsiya qilinadigan va boshqa korxonalarga berish yoki sotish kerak boʻlgan montaj qilinmagan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar vedomosti ilova qilinadi (mazkur Nizomga 2-ilova). Dalolatnoma va vedomostlar mustaqil auditorlik tashkiloti bilan birgalikda tuziladi;
konservatsiya qilingan qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki asosiy vositalar, ularning konstruksiya elementlari, montaj qilinmagan asbob-uskunalari va foydalanilmagan materiallari saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan ishlar va xarajatlar roʻyxati (mazkur Nizomga 3-ilova). Qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha roʻyxat loyihalash tashkiloti ishtirokida, asosiy vositalar boʻyicha esa — loyihalash va konsalting tashkiloti bilan birgalikda tuziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
12. Mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ishlar va xarajatlar roʻyxati asosida loyihalash tashkiloti tomonidan tegishli ravishda buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt — asosiy vositalar mulkdori (egasi)ning topshirigʻiga koʻra buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan tasdiqlanadigan qurilishi tugallanmagan obyektlarni va asosiy vositalar saqlanishini taʼminlash tadbirlari bilan birgalikda ularni konservatsiya qilishga hujjatlar tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
13. Buyurtmachi qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda pudrat tashkiloti bilan konservatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingungacha bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari uchun hisob-kitob qiladi, avans boʻyicha hisob-kitoblar ham shu jumlaga kiradi, asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi munosabati bilan pudrat tashkiloti koʻrgan zararni hamda moddiy-texnika boyliklarini boshqa obyektlarga tashish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Buyurtmachi tomonidan qurilish uchun banklarning kreditlari, shuningdek xorijiy kreditlar jalb etilgan hollarda, ular kredit shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi kerak.
III. Foydalanishni yoki qurishni qaytadan boshlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
14. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni va asosiy vositalarni konservatsiya qilish muddati tamom boʻlgach foydalanishni va qurishni qaytadan boshlash mumkin deb hisoblanadi hamda bu toʻgʻrida qoʻshimcha qaror qabul qilish talab etilmaydi.
15. Asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektdan muddatidan oldin foydalanishni va uni qurishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma (qurilishi tugallanmagan obyektlarni yoki asosiy vositalarni yangi mulkdorga sotish hollaridan tashqari) konservatsiya qilish toʻgʻrisida taklif kiritgan organ tomonidan kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Asosiy vositalarni va qurilishi tugallanmagan obyektdan muddatidan oldin foydalanish va uni qurishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi qaror (qurilishi tugallanmagan obyektlarni yoki asosiy vositalarni yangi mulkdorga sotish hollaridan tashqari) konservatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Asosiy vositalar va qurilishi tugallanmagan obyektlar yangi mulkdor tomonidan belgilangan tartibda sotilgan taqdirda oldi-sotdi dalolatnomasi sodir etilgan paytdan boshlab asosiy vositalar va qurilishi tugallanmagan obyektlardan foydalanish va ularni qurish qaytadan boshlangan hisoblanadi. Ushbu holda qaytadan boshlash toʻgʻrisida qoʻshimcha qaror qabul qilinmaydi
Foydalanish yoki qaytadan qurish muddatidan oldin boshlangan taqdirda (tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy vositalarni yangi mulkdorga sotish hollaridan tashqari) tugallanmagan qurilish hajmlari yoki asosiy vositalar muddatidan oldin foydalanish va qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan boshlab qaytadan boshlangan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
16. Foydalanish va qurishni muddatidan oldin qaytadan boshlash yoxud konservatsiya qilish muddati tamom boʻlishi toʻgʻrisidagi qaror asosida buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida farmoyish (buyruq) chiqaradi, unda foydalanish va qurishni qaytadan boshlash bilan bogʻliq zarur ishlarni bajarishga doir hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish tartibi va muddatlari belgilanadi.
17. Buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma hamda foydalanish va qurishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi farmoyish (buyruq) asosida bir oy muddatda quyidagilar tuziladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha — qurilishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida obyektlar boʻyicha dalolatnoma, unga qurilishi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallarning holatiga qisqacha tavsif berilgan vedomostlar ilova qilinadi (mazkur Nizomga 4-ilova);
asosiy vositalar boʻyicha — foydalanishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi dalolatnoma, unga foydalanilishi vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar, asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallarning holatiga qisqacha tavsif berilgan vedomostlar ilova qilinadi (mazkur Nizomga 5- ilova).
18. Mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar asosida buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt foydalanish va qurishni qaytadan boshlash boʻyicha zarur ishlarga oʻz kuchlari bilan yoki loyihalash tashkilotini jalb etgan holda hujjatlar tuzadi.
IV. Obyektlarni konservatsiya qilish hamda ulardan foydalanish va qurishni qaytadan boshlash boʻyicha ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
19. Konservatsiya qilish hamda foydalanish va qurishni qaytadan boshlash uchun loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish pudrat tashkiloti tomonidan qoʻshimcha bitim boʻyicha amalga oshiriladi.
20. Bitimda ishlarni bajarish muddatlari konservatsiya qilingan hamda foydalanish va qurish qaytadan boshlangan obyektlar, asosiy vositalar, asbob-uskunalar, konstruktiv elementlar va materiallarni buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektga topshirish muddatlari nazarda tutiladi.
21. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy vositalarni konservatsiya qilish hamda ulardan foydalanish va qurishni qaytadan boshlash ishlari bajarilganligi uchun hisob-kitoblar bajarilgan ishlar hajmlarini qabul qilish dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
22. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish hamda ulardan foydalanish va qurishni qaytadan boshlash boʻyicha ishlar va xarajatlar, shu jumladan vaqtincha konservatsiya qilish hamda foydalanish va qurishni qaytadan boshlash vaqtidagi tiklash ishlari davrida qurilish uning hisobiga amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash manbaidan haq toʻlanadi.
23. Asosiy vositalarni konservatsiya qilish hamda ulardan foydalanish va qurishni qaytadan boshlash boʻyicha ishlar va xarajatlar, shu jumladan vaqtincha konservatsiya qilish hamda foydalanish va qurishni qaytadan boshlash vaqtidagi tiklash ishlari davrida ularning saqlanishini taʼminlashga buyurtmachi yoki xoʻjalik yurituvchining mablagʻlari hisobiga haq toʻlanadi.
V. Toʻxtatib qoʻyilgan qurilish xarajatlarini va amalga oshirilmagan qurilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari xarajatlarini hisobdan chiqarish
24. Obyekt qurilishini toʻxtatish hamda toʻxtatib qoʻyilgan qurilish boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror (shu jumladan loyiha-qidiruv ishlari xarajatlari va obyektlar qurilishi qiymatiga tegishli boʻlgan boshqa xarajatlar):
Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga muvofiq markazlashtirilgan manbalar hisobiga;
(24-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlar asosida olib borilayotgan obyektlar boʻyicha;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
tarkibiy qayta qurilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek tarkibiy qayta qurish va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining taklifiga koʻra ularga nisbatan “toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Qurilish vazirligining xulosasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
(24-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
b) oʻzlariga qarashli boʻlgan qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha (mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilganlardan tashqari) vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
v) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilmagan qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha mol-mulk mulkdori tomonidan qabul qilinadi.
25. Mazkur Nizom 24-bandining “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq obyekt qurilishini toʻxtatish va toʻxtatib qoʻyilgan qurilish xarajatlarini hisobdan chiqarish (shu jumladan, loyiha-qidiruv ishlari xarajatlari va obyektlar qurilishi qiymatiga tegishli boʻlgan boshqa xarajatlar) toʻgʻrisidagi taklif:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va mablagʻ bilan taʼminlovchi bank bilan kelishgan holda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(25-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
Tarkibiy qayta qurilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilgan korxonalar tomonidan tiklanayotgan qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha taklif — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan;
(25-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
b) Moliya vazirligining hududiy organlari va mablagʻ bilan taʼminlovchi bank bilan kelishgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritiladi.
(25-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 137-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 197-modda)
26. Obyekt qurilishini toʻxtatish va xarajatlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda:
obyekt qurilishi toʻxtatilishining sabablari;
hisobdan chiqarilayotgan xarajatlarning asosiy koʻrsatkichlari;
qurilishi toʻxtatilgan binolar, inshootlar va asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish, sotish yoki ularni boshqa korxonalar va tashkilotlarga berish toʻgʻrisidagi takliflar koʻrsatilishi kerak.
Kelgusida foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda qarorda qurilishi bitkazilmagan binolar va inshootlarni tugatish, ulardan ajratib olingan asbob-uskunalar va materiallarni sotish boʻyicha koʻrsatmalar berilishi kerak, shuningdek bajarilgan ishlar uchun pudrat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun ajratiladigan mablagʻlar summasi, shu jumladan tugatish xarajatlari aniqlanadi.
27. Vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan obyekt qurilishini toʻxtatish va toʻxtatib qoʻyilgan qurilish xarajatlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror asosida buyurtmachi (investor) yoki korxona rahbari farmoyish (buyruq) chiqaradi.
28. Qurilishni toʻxtatish va xarajatlarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarda korxonalar va tashkilotlar balansidan chiqarilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatilishi zarur.
29. Amalga oshirilmagan qurilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari xarajatlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror mazkur Nizomning 25 va 26-bandlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
30. Obyekt qurilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror asosida buyurtmachi (investor) tomonidan qurilishni toʻxtatish boʻyicha xarajatlarni yoki loyiha-qidiruv ishlari boʻyicha xarajatlarni hisobdan chiqarish haqida tegishli dalolatnoma tuziladi (mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalar).
VI. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
31. Qurilishi tugallanmagan obyektlarni va asosiy vositalarni konservatsiya qilish hamda ulardan foydalanish va qurishni qaytadan boshlash boʻyicha hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirish, shuningdek toʻxtatib qoʻyilgan qurilish xarajatlarini hisobdan chiqarish uchun javobgarlik mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachiga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektga yuklanadi.
Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
________________________________________________________________________________________________________ (xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va uning idoraviy boʻysunishi)
________________________________________________________________________________________________________ (qurilishning nomi ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
Obyekt, konstruksiya elementlari, ishlar va xarajatlar turlarining nomi
Qurilishni boshlash va tugatish sanasi
Qurilish toʻxtatilgan sana
Loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha koʻrsatkichlar
Toʻxtatib qoʻyish sanasida bajarilgan ishlar
Balans boʻyicha haqiqiy xarajatlar
shartnomaviy qiymati
quvvati
shartnomaviy qiymati
quvvati
Buyurtmachi korxona rahbari
Pudratchi tashkilot rahbari
Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari
KELISHILGAN:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga 1-ILOVA
Montaj qilinmagan konservatsiya qilinadigan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar
VEDOMOSTI
Montaj qilinmagan asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Bir birlikning amaldagi narxi
Umumiy qiymati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari
Qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga 2-ILOVA
Montaj qilinmagan boshqa obyektlar qurilishiga beriladigan yoki sotiladigan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar
VEDOMOSTI
Montaj qilinmagan asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Bir birlikning amaldagi narxi
Umumiy qiymati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari
Asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
___________________________________________________________________________________________________ (xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va uning idoraviy boʻysunishi)
Asosiy vositalarni konservatsiya qilish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
Korxonaning, asosiy vositalarning nomi
Asosiy vositalarni sotib olish (ishga tushirish) sanasi
Asosiy vositalarning dastlabki qiymati
Qayta baholashni hisobga olgan holda qiymati
Hisoblab chiqilgan haqiqiy eskirish
Qoldiq balans qiymati
Baholovchi tashkilot bahosi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha bozor qiymati
Tegishli birliklarning quvvati
Haqiqiy holati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari Auditorlik tashkiloti rahbari
KELISHILGAN:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Asosiy vositalarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga 1-ILOVA
Konservatsiya qiladigan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar
Asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar nomi
Dastlabki qiymati
Qayta baholashni hisobga olgan holda qiymati
Hisoblab chiqilgan haqiqiy eskirish
Qoldiq balans qiymati
Baholovchi tashkilot bahosi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha bozor qiymati
Haqiqiy holati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari Auditorlik tashkiloti rahbari
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Asosiy vositalarni konservatsiya qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga 2-ILOVA
Sotiladigan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar
Asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar nomi
Dastlabki qiymati
Qayta baholashni hisobga olgan holda qiymati
Hisoblab chiqilgan haqiqiy eskirish
Qoldiq balans qiymati
Baholovchi tashkilot bahosi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha bozor qiymati
Haqiqiy holati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari Auditorlik tashkiloti rahbari
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_____________________________________________________________________________________________ (korxonaning nomi va uning idoraviy boʻysunishi)
Konservatsiya qilingan qurilishi tugallanmagan obyektlar yoki asosiy vositalarning saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan ishlar va xarajatlar
ROʻYXATI
Obyektlar, asosiy fondlar, konstruksiya elementlari, ishlar va xarajatlar turlarining nomi
Bajarilishi lozim boʻlgan ishlar va xarajatlar turlari
Oʻlchov birligi
Ishlar va xarajatlar hajmi
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari Yongʻindan saqlash boshqarmasi rahbari Mustaqil auditorlik tashkiloti rahbari
Asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” (Vakolatli organ rahbari)
_____________________________________________________________________________________________ (quruvchining nomi va uning idoraviy boʻysunishi)
_____________________________________________________________________________________________ (qurilishning nomi va uning loyiha quvvati)
qurilishi tugallanmagan obyektni qaytadan boshlash toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Obyekt, konstruksiya elementlari, ishlar va xarajatlar turlarining nomi
Konservatsiya qilingan sana
Loyiha – smeta hujjatlari boʻyicha koʻrsatkichlar
Konservatsiya qilish sanasida bajarilgan ishlar
Balans boʻyicha haqiqiy xarajatlar
Qurilishni qaytadan boshlash sanasidagi haqiqiy holati
Qurilishni qaytadan boshlash kunidagi shartnoma-viy qiymati
Quvvati
Shartnomaviy narxlarda
Ishga tushirilgan quvvati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari
Konservatsiya qilingan qurilishi tugallanmagan obyekt qurilishini qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi dalolatnomaga ILOVA
Konservatsiya qilingan qaytadan montaj qilinadigan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallar
VEDOMOSTI
Montaj qilinmagan asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Bir birlikning amaldagi narxi
Umumiy qiymati
Haqiqiy holati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari
Asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
___________________________________________________________________________________________________ (korxonaning nomi va uning idoraviy boʻysunishi)
Asosiy vositalarni qaytadan ishga tushirish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Asosiy vositalar nomi
Asosiy vositalarni sotib olish (ishga tushirish) sanasi
Dastlabki qiymati
Qayta baholashni hisobga olgan holda qiymati
Hisoblab chiqilgan haqiqiy eskirish
Qoldiq balans qiymati
Baholovchi tashkilot bahosi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha bozor qiymati
Tegishli birliklarning quvvati
Qaytadan ishga tushirishsanasida haqiqiy holati
Korxona rahbari Bosh buxgalter Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari Auditorlik tashkiloti rahbari
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Asosiy vositalarni qaytadan ishga tushirish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga ILOVA
Konservatsiya qilingan asbob-uskunalar, konstruksiyalar va materiallardan foydalanishni qayta boshlash
Asbob-uskunalar, materiallar va konstruksiyalar nomi
Dastlabki qiymati
Qayta baholashni hisobga olgan holda qiymati
Hisoblab chiqilgan haqiqiy eskirish
Qoldiq (balans qiymati)
Baholovchi tashkilot bahosi toʻgʻrisidagi hisobot boʻyicha bozor qiymati
Haqiqiy holati
Buyurtmachi korxona rahbari Pudratchi tashkilot rahbari Mablagʻ bilan taʼminlovchi bank rahbari Auditorlik tashkiloti rahbari
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” (Vakolatli organ rahbari)
_____________________________________________________________________________________________ (korxonaning nomi va uning idoraviy boʻysunishi)