1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi oʻzining idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-iyul,
307-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 307-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qiymatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida:
(1-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish-sotish boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitishuvlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorlari va uyushgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha uyushmagan birjadan tashqari bozorlarda tuzilishi mumkin boʻlgan bitishuvlar bundan mustasno”;
“Qimmatli qogʻozlarning birja va birjadan tashqari savdosi tashkilotchilari savdo maydonchalarida faqat qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalarini sotib olish-sotish boʻyicha bitishuvlar amalga oshirilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan—Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 30-son, 292-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 108-modda; 2006-y., 30-son, 292-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)