1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VALYUTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA ALMAShTIRISh KURSLARINI BIRXILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 449-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Valyuta siyosatini yanada erkinlashtirish, banklararo valyuta savdolarida operatsiyalar o‘tkazilishini soddalashtirish va almashtirish kurslarini birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yil 16-iyundan boshlab import iste’mol tovarlari va xizmatlarni (shu jumladan transport va aloqa) sotishdan olingan so‘mdagi tushumni erkin muomaladagi valyutaga konvertatsiya qilish shakllanayotgan talab va taklifdan kelib chiqib belgilangan tartibda banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 247-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 39-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-son qaroriga ilova)ning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 58-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-iyun,
260-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 11-son, 87-modda)