1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.04.00 Neft mahsulotlarini sotish. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASH TIZIMINI VA ULARNI SOTISHDA HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mintaqaviy unitar korxonalarini tugatish hamda 1-ilovaga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil neft bazalari tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilansinki, yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etilayotgan neft bazalari:
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
unitar korxona hisoblanadi hamda bevosita “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufida boʻladilar;
xoʻjalik shartnomalari tuzadilar va neftni qayta ishlash zavodlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hisob-kitob qiladilar.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
2. 2-ilovaga muvofiq kam quvvatli, past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari tugatilsin, ularning mol-mulki “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tugatilayotgan neft bazalari va ularning filiallarining boʻshayotgan mol-mulkidan foydalanish yoki ularni sotish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi markaziy apparati tuzilmasida:
Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi tashkil etilsin, unga neft bazalari tomonidan tezkor, ishonchli hisobot oʻz vaqtida berilishi taʼminlanishini, toʻlov intizomiga, tarmoq korxonalari uchun belgilangan normativ talablarga rioya etilishini nazorat qilish funksiyasi yuklansin. Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi tarkibida oltita mintaqaviy zonalar boʻyicha 3-ilovaga muvofiq ishchi guruhlari tashkil etilsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
4-ilovaga muvofiq 16 kishidan iborat Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilsin. Nazoratchi-taftishchilarning lavozim vazifalarini belgilashda ularning mintaqaviy zonalarga biriktirilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Neft mahsulotlari mintaqaviy boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining Nazorat-taftish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona]
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy unitar korxonalarini tugatsin, shuningdek tashkil etilayotgan neft bazalari va kompleks avtoservis punktlarini yuridik shaxs maqomi bilan roʻyxatdan oʻtkazsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
ikki oy muddatda neft bazalari tomonidan neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziyalar belgilangan tartibda olinishini hamda neftni qayta ishlash zavodlari va ulgurji isteʼmolchilar bilan 2003-yilda neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
bir oy muddatda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan mintaqaviy unitar korxonalari aktivlari va majburiyatlarini “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari oʻrtasida taqsimlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]
neft bazalari tuzilmasini va shtat jadvalini tanqidiy baholasin va ular boʻyicha tegishli normativlarni tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi 2003-yilda neft mahsulotlari davlat zaxirasi hajmlari hamda neft mahsulotlari davlat zaxirasi uchun gʻamlab qoʻyiladigan va saqlanadigan neft bazalari va ularning filiallarining aniq roʻyxati yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
7. 2003-yil 25-maydan boshlab oldindan majburiy haq toʻlashning quyidagi miqdorlari belgilansin:
avtomobil benzini va suyultirilgan gaz uchun — 100 foiz miqdorida;
neft mahsulotlari uchun barcha isteʼmolchilarga — uzil-kesil hisob-kitoblarni 60 kun doirasida amalga oshirgan holda, kamida 30 foiz miqdorida.
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Neft mahsulotlari yetkazib berish, sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Belgilansinki, neft va gaz mahsulotlari uchun haq toʻlashning belgilangan tartibi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tizimi ichida buzilgan taqdirda:
kam oʻtkazilgan summaga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining 8-bandida belgilangan stavka boʻyicha penya qoʻshiladi, penya tartib buzilishida aybdor boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektdan budjetga undiriladi;
toʻlovchi yoki davlat soliq xizmati organining topshirigʻini bajarmaslikda yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda aybdor boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi bankdan budjetga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kam oʻtkazilgan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga moliya inspektorlari bilan birgalikda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining hududiy gaz taʼminoti korxonalari tomonidan neft va gaz mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan ularda har yarim yilda bir martadan ortiq boʻlmagan qisqa muddatli mavzuli tekshirishlar oʻtkazishiga ruxsat berilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son , 15-modda)
9. Belgilansinki, moliya inspektorlari lavozimlari mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan barcha neft bazalarida saqlab qolinadi yoki qoʻshimcha ravishda kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga 1-ilovaning II boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-may,
225-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-maydagi 225-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga yuridik shaxs maqomi bilan kiruvchi neft bazalari
(1-ilovaning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(“Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(“Qashqadaryo viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(“Samarqand viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(“Surxondaryo viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(“Sirdaryo viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(“Xorazm viloyati” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(oxirgi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 75-modda, 20-son, 192-modda, 24-son, 243-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 45-son, 444-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son; 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)