toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.05.2022
Hujjat 18.08.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 14-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2610]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Direktorining 2022-yil 30-apreldagi 01/11-08/17-sonli ““Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2610-2, 20.05.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-iyun,
01/09-26/17-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 20-iyundagi 01/09-26/17-son qaroriga
ILOVA
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq xoʻjalik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketini (ulushini) (bundan buyon matnda davlat aktivlari deb yuritiladi) ishonchli boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish ularning davlat aktivlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyatining samaradorligiga, professional malakasi va korporativ boshqaruv sohasidagi malakasiga obyektiv baho berish, qoʻyilgan talablarga mos kelishini oʻrganish, korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish va yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda har yili amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish maqsadida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda Markaz rahbar vakillaridan shakllantiriladi va Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya aʼzolari soni toq va kamida yetti kishidan iborat boʻlishi kerak.
Attestatsiya komissiyasining raisi attestatsiya komissiyasining aʼzolari tomonidan ularning oʻzlari orasidan attestatsiya komissiyasining aʼzolari umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
3. Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish muddatlari, jadvali va shakli attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilanadi va attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
4. Attestatsiya komissiyasi oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Attestatsiya komissiyasining ishchi organi — Markaz hisoblanadi.
2-bob. Attestatsiyani oʻtkazish
6. Attestatsiyani oʻtkazish uchun ishchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:
tasdiqlangan jadvalga asosan attestatsiyadan oʻtadigan davlatning ishonchli vakillari roʻyxatini mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ularning ish joylaridan taqdim etiladigan maʼlumotnomalarni ilova qilgan holda tayyorlaydi;
davlatning ishonchli vakili faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan savollarni oʻz ichiga olgan attestatsiya savolnomasini ishlab chiqadi;
attestatsiyadan oʻtkazilayotgan davlatning ishonchli vakillari tayinlangan davlat aktivlarini ishonchli boshqaruv shartnomasiga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajarishi darajasini aks ettiradigan korxona faoliyati toʻgʻrisida axborotni shakllantiradi;
davlatning ishonchli vakillari va attestatsiya komissiyasi aʼzolarini attestatsiya oʻtkazish sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
attestatsiya oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy tadbirlarni amalga oshiradi.
7. Attestatsiya komissiyasi quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat ishonchli boshqaruv faoliyati bilan qamrab olingan attestatsiya savolnomalarini tasdiqlaydi;
davlatning ishonchli vakillarini attestatsiya oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
8. Davlatning ishonchli vakillari attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin Markaz tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilishlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Yangi tayinlangan davlatning ishonchli vakillari kamida bir yildan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi.
9. Attestatsiyadan oʻtayotgan davlatning ishonchli vakili quyidagi talablarga javob berishi lozim:
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, xususiylashtirish, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, xususiylashtirilgan korxonalardagi davlatning vakillari faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bozori, investitsiyalar, korporativ boshqarishning jihatlari, boshqarilayotgan korxona tarmogʻi toʻgʻrisida nazariy va amaliy tushunchalarga ega boʻlishi;
investitsiyalarni, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning mexanizm va usullari hamda ulardan keyinchalik korxonada foydalanish koʻnikma va tajribasiga ega boʻlishi;
davlat dividend siyosatidan xabardor boʻlishi;
oʻzining ishonchli boshqaruvidagi korxona faoliyati yakunlari boʻyicha Markazga Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) bilan belgilangan tartib va shaklda hujjatlarni taqdim etish tartibi va qoidalarini bilishi;
davlatning ishonchli vakili tayinlangan korxonaning hisobot davri va oʻtgan yilning shu davridagi moliya-xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlaridan (ishlab chiqarish hajmi, foyda, qarzdorlik mavjudligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, jalb qilingan investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar) xabardor boʻlishi;
hisobot davrida fond bozorida korxonaning sotilgan aksiyalari hajmini bilishi (aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillari uchun);
davlat ulushiga hisoblangan va toʻlangan dividendlar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishi;
xoʻjalik jamiyatini korporativ boshqarish tamoyillari va tartib-qoidalarini bilishi;
davlatning ishonchli vakili tashabbusi bilan davlat aktivlaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻtkaziladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻnikmasi va tajribasiga (yangi texnologiyalarni jalb qilish, yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni koʻrsatish, kreditorlik va debitorlik qarzdorliklarni kamaytirish, ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan asbob-uskunalarni sotish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va boshqalar) ega boʻlishi kerak.
3-bob. Attestatsiya komissiyasi yigʻilishi
10. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi attestatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
11. Attestatsiyadan oʻtayotgan davlatning ishonchli vakili attestatsiyaga uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, xizmat safari, mehnat taʼtili va boshqalar) koʻra kela olmagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi u tomonidan uzrli sabablarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar taqdim etilganda attestatsiya oʻtkazish muddatini olti oyga qadar uzaytiradi.
Attestatsiyaga uzrli sabablarsiz kelmagan davlatning ishonchli vakillari attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
4-bob. Attestatsiya komissiyasi qarori
12. Attestatsiya komissiyasi qarori yigʻilishda ishtirok etayotgan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Attestatsiya komissiyasi aʼzolari ovozlari teng boʻlgan hollarda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Attestatsiya komissiyasi davlatning ishonchli vakilining bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
davlatning ishonchli vakilini attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga Davlatning ishonchli vakili attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomani (bundan buyon matnda attestatsiya guvohnomasi deb yuritiladi) berish haqida;
davlatning ishonchli vakilini attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiya guvohnomasini berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
14. Attestatsiya natijalariga koʻra attestatsiya komissiyasi tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur bayonnomaga muvofiq attestatsiya komissiyasi quyidagilarni amalga oshiradi:
a) attestatsiya natijalarini attestatsiya oʻtkazilgan kuni eʼlon qiladi;
b) attestatsiyadan oʻtgan davlatning ishonchli vakillariga besh ish kuni ichida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda amal qilish muddati bir yil boʻlgan attestatsiya guvohnomalarini beradi;
v) attestatsiyadan oʻtmagan davlatning ishonchli vakillari borasida Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Hayʼatiga (agar davlatning ishonchli vakili Hayʼat qarori bilan tasdiqlangan boʻlsa) belgilangan tartibda ular bilan tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomalarini bekor qilish yuzasidan takliflarni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va attestatsiya komissiyasi raisi, kotibi va ishtirok etgan attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
16. Attestatsiya natijalari ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Davlatning ishonchli vakillarining attestatsiya kitobida qayd etiladi, shuningdek attestatsiya hujjatlari attestatsiyadan oʻtganlarning shaxsiy hujjatlariga tikilib, Davlatning ishonchli vakillarining attestatsiya kitobi bilan birgalikda Markazda saqlanadi.
17. Attestatsiya oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni saqlash masʼuliyati komissiya kotibi — Markazning Korporativ hisobotlar va biznes-rejalar bajarilishini tahlil qilish boʻlimi boshligʻiga yuklanadi.
18. Attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan davlatning ishonchli vakillari attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddat mobaynida Markazga murojaat qilishlari mumkin.
Markaz murojaat kelib tushgan kundan eʼtiboran yetti ish kuni mobaynida attestatsiya komissiyasi yigʻilishini qayta chaqirilishini taʼminlaydi.
Qayta chaqirilgan attestatsiya komissiyasi yigʻilishi boʻyicha davlatning ishonchli vakilini attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish yoki avval qabul qilingan qarorni oʻz kuchida qoldirish haqida qaror qabul qilinadi.
Qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan davlatning ishonchli vakiliga topshiriladi.
Mazkur qaror uzil-kesil hisoblanadi va uning ustidan attestatsiya komissiyasiga shikoyat qilish mumkin emas.
19. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan attestatsiya guvohnomasi oʻrniga attestatsiya guvohnomasi egasining arizasiga (attestatsiya guvohnomasi yoʻqolgan taqdirda yoʻqolganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositasida chop etilgan eʼlon nusxasini va Topilmalar byurosidan olingan maʼlumotnomani arizaga ilova qilish lozim) asosan Markaz tomonidan attestatsiya guvohnomasining dublikati berilishi mumkin. Ushbu dublikat blankasining oʻng tomoni yuqori burchagiga “Dublikat” belgisi qoʻyilib, uning asl nusxasida koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak.
5-bob. Yakuniy qoidalar
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi bilan kelishildi.
Bosh vazir birinchi oʻrinbosari, Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi raisi R. AZIMOV
2014-yil 17-iyul
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎MAʼLUMOTNOMA‎

‎‎_______________________________________________________

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎Tugʻilgan yili __________________ Tugʻilgan joyi _____________________________‎
‎‎Millati _______________________ Maʼlumoti _______________________________‎


‎‎‎Tamomlagan (yil va taʼlim muassasasining nomi) ______________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ‎


‎Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi __________________________________________ Ilmiy darajasi __________________________________________________________ Ilmiy unvoni ____________________________________________________________

‎‎Mehnat faoliyati
‎‎

Qabul ‎qilingan ‎
‎sana ‎

Ishdan boʻshagan
‎yoki boshqa ishga
‎ oʻtgan sana‎

Ish joyi, egallab
‎ turgan lavozimi ‎

Ish joyi
‎manzili

‎‎___________________________________
‎Davlatning ishonchli vakilining oxirgi
‎ish ‎joyidagi kadrlar boʻlimi/boshqarmasi
‎boshligʻining imzosi

Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
‎ XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA
‎ RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI HUZURIDAGI
‎ DAVLAT AKTIVLARINI BOShQARISh MARKAZI

_____________________________________________________________

‎‎‎‎
Davlatning ishonchli vakili
‎ attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida
‎GUVOHNOMA ‎

‎‎Berilgan ______________________________________________________________ga,

‎‎(F.I.O.)

‎‎shu haqdakim, u 20__ yil “___” _____________ da attestatsiyadan oʻtgan boʻlib, attestatsiya natijasiga koʻra xoʻjalik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketini (ulushini) boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakilligiga loyiq deb topildi.

‎Bu haqda Davlatning ishonchli vakillarining attestatsiya kitobida 20__ yil “___” ___________ da ____-son bilan qayd etildi.

‎‎Berilgan sana: ____________________________
‎Amal qilish muddati: _______________________
‎‎Attestatsiya‎
‎komissiyasi raisi____________________________

‎‎_______________________

‎‎(F. I. O.)

‎‎(imzo)

(M.Oʻ.)‎

Keyingi tahrirga qarang.
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Davlatning ishonchli vakillarining attestatsiya
‎KITOBI

T/r‎ Xoʻjalik jamiyatining nomi‎ Hudud‎ Berilayotgan davlat ulushi (foizda)‎ Davlatning ishonchli vakilining F.I.O. ‎ Davlatning ishonchli vakilining tavsifnomasi‎ Davlatning ishonchli vakili toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumot‎ Attestatsiya oʻtkazish sanasi‎ Attestatsiya natijasi‎
* Izoh: Davlatning ishonchli vakillarining attestatsiya kitobining “Attestatsiya oʻtkazish sanasi” va “Attestatsiya natijasi” ustunlari attestatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlib murojaat qilish muddati tugagandan soʻng toʻldiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 427-modda; 2017-y., 34-son, 910-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)