toggle_night_mode
Hujjat 01.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini yanada erkinlashtirish, ruxsat beruvchi tartibotlarni qisqartirish va arzonlashtirish, shuningdek ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 17-iyul,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) ning 2-bandi sakkizinchi xatboshidagi “yetkazib berilishini taʼminlash” soʻzlaridan soʻng “(qimmatli qogʻozlarda hisob-kitob qilish)” soʻzlari qoʻshilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning:
“v” kichik bandidagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“j” kichik bandning beshinchi xatboshidan “belgilangan tartibda tasdiqlangan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 16-17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Hujjatlar litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqa vositasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnomani olgan holda, taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya daʼvogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
17. Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha masʼul shaxs (ekspert komissiyasi kotibi) tomonidan qabul qilinadi, ularning nusxalari hujjatlar koʻrsatib oʻtilgan organ tomonidan qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi)”;
v) 19-bandning birinchi xatboshidagi “ikki” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “20 kundan” soʻzlari “15 kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “oʻn kun” soʻzlari “besh kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 21-bandidagi “yozma shaklda” soʻzlaridan keyin “pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
e) 26-bandining birinchi xatboshidagi “yozma shaklda” soʻzlaridan keyin “pochta aloqasi, yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
j) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi, yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali, ular olinganligi haqidagi xabarnomani olgan holda taqdim etiladi”;
z) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yozma shaklda pochta aloqasi, yoxud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini koʻllash orqali, asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
i) 50-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yozma shaklda, pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali, asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi”;
k) 52-bandning oltinchi xatboshidagi “yozma shaklda” soʻzlaridan soʻng “pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
l) Nizomga 4-ilovada:
“1-bosqich” satri “Tadbirlar” ustunidagi “pochta aloqasi orqali” soʻzlari “pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qoʻllash orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” satri “Bajarish muddatlari” ustunidagi “20” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” satri “Bajarish muddatlari” ustunidagi “10” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 32-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “turlari” soʻzi “turi” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning oʻzbek tilidagi matnida:
1.1-bandidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3.1-bandidagi “Gastrol-konsert” soʻzlari “Konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5.6-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning oʻzbek tilidagi matnida:
2.2-bandining yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish, toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert” soʻzlari “konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “konsert-tomosha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) 1-ilovada:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” boʻlimining yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki” boʻlimining ikkinchi xatboshidan “boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni koʻpaytirish, sotish, ijaraga berish.
Fonogrammalarni tayyorlash”.
g) “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi” boʻlimining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 14-bandning uchinchi xatboshida “yigirma” soʻzi “oʻn yetti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga 2-ilovaning “3-bosqich” satri “Bajarish muddatlari” ustunidagi “20 kundan” soʻzlari “17 kundan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 7-bandning “g” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi”;
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi-uchinchi xatboshilar birinchi-ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 26-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 28-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
e) Nizomga ilovadagi “5-bosqich” satri “Tadbirlar” ustunidagi 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hisob-kitob-kliring palatalari — qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdolar tashkilotchisining tarkibiy boʻlinmasi”;
uchinchi xatboshidan “hisob-kitob-kliring palatasi bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-banddan “savdoning tashkilotchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 5-banddagi yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilarining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “savdo tashkilotchilari va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 9-bandning toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 22-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo tashkilotchisidan olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya dalloli, depozitariy va (yoki) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs qimmatli qogʻozlarni chiqarish masalalari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bunda, u qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olishi talab etilmaydi.
Cheklanmagan shaxslar doirasiga ommaviy axborot vositalari orqali qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va foydalanish masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holatining tahlili va istiqboli boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxsga qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziyani olish talab etilmaydi”;
v) 6-bandning yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki oʻz dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
kliring faoliyatini amalga oshirish uchun dasturiy vositalarni tijorat maqsadida ishlatishga mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan mualliflik litsenziya shartnomasining nusxasi yoki kliring faoliyatini amalga oshirish yuzasidan oʻz dasturiy vositalari mavjud boʻlganda, mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
tegishli dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
qimmatli qogʻozlarni muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarish tartibotlari, qimmatli qogʻozlar narxlari kotirovkasi toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari;
kliring xizmatini amalga oshirish qoidalari;
bank rekvizitlari koʻrsatilgan holda kliring xizmatini koʻrsatish uchun talabgorning alohida bank hisob raqami mavjudligi toʻgʻrisidagi tijorat bankining yozma tasdiqnomasi;
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi va tijorat banki bilan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarida hisob-kitoblarni taʼminlash boʻyicha mos ravishda tuzilgan shartnoma nusxasi;
indekslar hisob-kitobi metodikasi, agar mavjud boʻlsa;
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarini qoʻyish tartibi;
axborotni oshkor qilish tartibi;
narxlar bilan nayrang qilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar roʻyxati”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
yettinchi xatboshidan “transport” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“litsenziat — yuridik shaxs tomonidan litsenziyalovchi organga veterinariya mutaxassisining ishga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish — mutaxassis ishga olingan kundan boshlab 10 kun mobaynida”;
“g” va “j” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) yakka tartibdagi tadbirkorning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, malaka oshirish, ixtisoslashuvdan oʻtish toʻgʻrisidagi hujjatlar, mehnat daftarchasining nusxalari)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1028-sonli qaroriga asosan 2019-yil 20-martidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 957-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bogʻliq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 17-avgustdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 84-modda) 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan va qayta ishlashning bojxona rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishishga;
bojxona hududidan tashqarida, ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalarga tovarlarni qayta ishlashning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berishga”.
24. Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda):
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Oʻzbekiston Respublikasida yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini respublikaga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiradigan oʻsimliklar turlari namunalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekistondagi CITES Maʼmuriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi, mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan oʻsimlik dunyosi obyektlari bundan mustasno.”;
20-banddagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlikning bir donasi, shuningdek oʻsimliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun — mazkur turdagi oʻsimliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar xom ashyosining bir kilogrammi (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslar uchun— oʻsimlikning mazkur turini gʻamlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;
yalangʻoch qizilmiya xom ashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslarga yalangʻoch qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha 225 AQSH dollari miqdorida.
Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirishga beriladigan ruxsatnoma uchun toʻlov undirilmaydi.”;
23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yoki bunday ruxsatnoma berishning asosli ravishda rad etilishi arizachiga ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida yuboriladi”;
24-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari “Yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning sakkizinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” soʻzlari “7 kun mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning oʻn uchinchi xatboshidagi “15 kun mobaynida” soʻzlari “7 kun mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan, Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatida:
a) 50-2-pozitsiyasining “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidan “, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 85-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarisida gastrol-konsert faoliyati” soʻzlari “tomosha-konsert faoliyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 86-pozitsiya chiqarib tashlansin;
g) 86-1-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “gastrol-konsert” soʻzlari “tomosha-konsert” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalari shoxobchalarini rivojlantirish hamda avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-fevraldagi 30-son qarorining 4-bandidan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi “d” kichik bandi va nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavida:
a) 76-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi mazmunli ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Umumiy temir yoʻl tarmoqlari yoki yerosti temir yoʻllari tarmoqlariga tutashgan temir yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek yuklash, tushirish va vagonlar va konteynerlarni tozalash uchun moʻljallangan qurilmani ishlab chiqarish temir yoʻl rahbari yoki uning topshirigʻiga asosan mintaqaviy temir yoʻl rahbari tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha amalga oshiriladi. Temir yoʻllar boshqa tarmoqdagi temir yoʻllar bilan tutashgan holatda loyiha qoʻshimcha ravishda tegishli vazirlik, qoʻmita, tashkilot yoki jismoniy shaxs bilan kelishiladi;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi-toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
b) 77-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “temir yoʻl bilan kelishilgan loyiha boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 91-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 10-modda) 1-ilovasidan oltinchi pozitsiya chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
33. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan belgilangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 10-pozitsiyasi beshinchi xatboshidagi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidan “birja” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 364-modda)
35. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 191-band qoʻshilsin:
“191. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar Maxsus idoralararo komissiyasi Kotibiyatiga “bir oyna” tamoyili boʻyicha elektron shaklda Mahalliylashtirish dasturiga loyihalarni kiritish boʻyicha taklifni kiritishga haqli”.
36. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida:
a) 49-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) 50-pozitsiyaning “Faoliyat turining nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish”.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi 81-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 98-modda)
38. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomda:
a) 4-band:
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha ekspert xulosalarni tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlarini tuzish uchun Intellektual mulk agentligi huzurida Intellektual mulk agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari mutaxassislari safidan ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiya deb ataladi) tuziladi. Ekspert komissiyani Intellektual mulk agentligining bosh direktori boshqaradi. Ekspert komissiyaning tarkibi va Ekspert komissiya haqidagi nizom Intellektual mulk agentligining bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi”;
b) 18-bandining “g” va “d” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularni olganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklida yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar masʼul shaxs (ekspert komissiyaning kotibi) tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi litsenziya talabgoriga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi (topshiriladi)”;
g) 23-bandning birinchi xatboshidagi “koʻrib chiqilganligi uchun” soʻzlaridan keyin “har bir faoliyat turi boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshida “Ishchi guruhning” va “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari tegishli ravishda “Ekspert komissiyasining” va “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “yozma shaklda” soʻzlaridan keyin “pochta aloqasi vositalari yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi”;
z) 28-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyalar ekspert komissiyasi tomonidan belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan imzolanadi”;
i) 29-bandida “Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash” soʻzlari “faoliyatning litsenziyalanadigan har bir turi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 34-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda ekspert komissiya hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosani tayyorlaydi va litsenziyalovchi organga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni taqdim etadi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi”;
l) 40-banddagi “Agentlik” soʻzi “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Agentlik” soʻzi “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ tomonidan ikki nusxada dalolatnoma (maʼlumotnoma) tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi litsenziyalovchi organda qoladi”;
o) 43-banddagi “Agentlik” soʻzi “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
p) 44-banddagi “Ishchi guruhga va Agentlikka” soʻzlari “litsenziyalovchi organga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
r) 47-banddagi “Agentlikning” soʻzi “litsenziyalovchi organning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
s) Nizomning ilovasida:
“1-bosqich” satri “Tadbirlar” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Litsenziyalovchi organga hujjatlarni bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi”;
“2-bosqich” satrida:
“Subyektlar” ustunidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “ishchi guruhning rahbari” soʻzlari “ekspert komissiyasining kotibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” satrida:
“Subyektlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4-bosqich” va “6-bosqich” satrlarining “Subyektlar” ustunidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5-bosqich” satrining “Tadbirlar” ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “litsenziyalovchi organ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“7-bosqich” satrida:
“Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “litsenziyalovchi organ rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Ishchi guruh” soʻzlari “Ekspert komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bosh shifokorning oliy tibbiy maʼlumotga va malaka toifasiga, shuningdek boshqa mutaxassis vrachlarning — oliy tibbiy maʼlumotga va tegishli tibbiy mutaxassislik boʻyicha malaka toifasiga ega boʻlishi”;
“b” kichik bandida “transport vositalari” soʻzlaridan soʻng (“tez tibbiy yordamni amalga oshiruvchi muassasalar uchun”) soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmunda toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“markazlashtirilgan sterilizatsiya boʻlimining (MSB) mavjud boʻlishini talab qiladigan ixtisosliklar boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda, sterilizatsiya asbob-uskunalarida ishlash uchun taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumoti va guvohnomasi (sertifikati, ruxsatnomasi) mavjud boʻlishi”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshi tegishli ravishda oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“elektron pochta mavjud boʻlishi.
Xorijiy oʻquv yurtini tugatgan mutaxassis jalb qilinganda quyidagilar talab qilinadi:
xorij davlatlarida olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatning tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) boʻlishi;
malaka toifasi mavjud boʻlishi yoki xorijda mutaxassislik malakasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatning tan olingan boʻlishi;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va tibbiy faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, elektron pochta, bank rekvizitlari;
tibbiyot muassasasining turi, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan ixtisoslik turi va koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va faoliyatning koʻrsatilgan turi amalga oshiriladigan muddat;
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
v) litsenziya talabgorida tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud tibbiyot asbob-uskunalari, inventarlari, apparatlari va anjomlari roʻyxati;
g) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
d) litsenziya talabgorida tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan binolarning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat”;
v) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlar bevosita taqdim etilgan taqdirda, hujjatlar Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi)”;
g) 15-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Arizada koʻrsatilgan muassasa turi, ixtisoslik turi va tibbiy xizmatlar hajmi boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish uchun Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organiga ushbu xulosani berish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi”;
d) 16-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ekspert xulosasini asoslash uchun ekspertlar zarur hujjatlarning nusxasini olish huquqiga ega”;
e) 19-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda litsenziya talabgorining pochta yoki elektron manziliga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi)”;
j) 20-bandning toʻrtinchi xatboshi “va litsenziatning elektron pochta manzili” soʻzlari qoʻshilsin;
z) 24-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma ikki kun muddatda litsenziya talabgorining elektron pochta yoki pochta manziliga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan yetarli muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi”;
i) 25-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”;
k) 44-bandning “b”, “g” va “d” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
l) 45-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“45. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”;
m) 52-bandning “e” kichik bandi “elektron pochtasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatida:
a) 3, 10, 12-13, 16-17, 39, 68, 71, 79-80, 82, 92, 96, 103, 123, 138, 161-162, 164, 185, 199-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son)
d) 69 va 106-pozitsiyalarning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish vakolatiga ega organ” ustunidagi ““Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 91-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

91.‎

Binolar, asbob-uskunalar, kassa uzeli va dasturiy-texnik vositalarning Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa‎

Bankning (bank filialining) joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarishi‎

Markaziy bank‎

‎‎j) 140-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

140.‎

Yovvoyi oʻsimliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma‎

Yovvoyi oʻsimliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish‎

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ‎

‎‎z) 158-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

158.‎

Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsatnoma‎

Maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish va ishlab chiqarish ‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

‎‎i) 159-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

159.‎

Yangi ozuqa qoʻshimchalarini olib kirish va ishlab chiqarishga xulosa ‎

Yangi ozuqa qoʻshimchalarini olib kirish va ishlab chiqarish‎

Sogʻliqni saqlash vazirligi‎

k) 215-pozitsiyaning “Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish vakolatiga ega organ” ustunidagi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
‎‎l) 219-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

219.‎

Gaz xoʻjaligining gaz quvurlari va boshqa gaz isteʼmol qilish obyektlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash va foydalanishga ruxsatnoma‎

Gaz xoʻjaligining gaz quvurlari va boshqa gaz isteʼmol qilish obyektlarini montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish-sozlash va foydalanish‎

“Sanoatgeokontex-nazorat” davlat inspeksiyasi‎

Keyingi tahrirga qarang.
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan temir yoʻl transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-noyabrdagi 310-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2013-y., 11-son, 83-modda):
a) qarorga 1-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Xulosa olish uchun ariza beruvchi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza; ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalari hamda foydalanishga qabul qilib olish ishlari;
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
tashkilot rahbariyati tomonidan belgilangan tashkilotning ichki nazorati boʻyicha ariza beruvchining talablari keltirilgan holda, temir yoʻl transporti sohasidagi ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan, temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish texnologiyasi (temir yoʻl harakat tarkibining xizmat muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika metodikasi)”;
9-banddagi “yigirma” soʻzi “oʻn besh” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomning 1-ilovasi “2-bosqich” satrining “Bajarish muddatlari” ustunida “15 ish kuni” soʻzlari “10 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga 2-ilovada:
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” davlat inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha quyidagilar: ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining soni va tipi (seriyasi) koʻrsatilgan holda guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
ushbu Nizomga 5-ilovaga (lokomotivlar uchun), 6-ilovaga (vagonlar uchun) muvofiq shakllar boʻyicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yoʻl tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi texnik yechim”;
10-banddagi “yigirma” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin;
23-bandidagi “uch” soʻzi “ikki” soʻzi bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilova “2-bosqich” satrining “Bajarish muddatlari” ustunidagi “15 ish kuni” soʻzlari “2 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 338-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 98-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 49-son, 613-modda; 2017-y., 7-son, 98-modda, 20-son, 364-modda, 36-son, 957-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2018-y., 09/18/22/0568-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son, 26.06.2018-y., 09/18/467/1391-son, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 05.12.2018-y., 09/18/983/2271-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 17.12.2018-y., 09/18/1023/2329-son, 19.12.2018-y., 09/18/1028/2344-son; 20.12.2019-y., 09/19/1017/4180-son; 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)