|
T/r |
Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari nomi |
Ruxsat berish tartibotini oʻrnatishga doir normativ-huquqiy hujjat |
|
1. |
Yer uchastkasi tanlashni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror |
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori |
|
2. |
Foydali qazilmalar (keng tarqalganlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imorat qurishga ruxsat berish |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori |
|
3. |
Foydali qazilmalar qazib chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurishga ruxsat berish |
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori |
|
4. |
Dasturiy-apparat majmuining texnik topshirigʻida belgilangan dasturiy apparat majmuining funksional imkoniyatlariga va talablariga mos kelishi yuzasidan texnik xulosa berish |
Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2010-yil 21-aprelda 2099-son raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
|
5. |
Tabiiy monopoliya subyektiga qiymati oʻz kapitalining oʻn foizidan ortadigan asosiy vositalarga nisbatan mulk yoki egalik huquqi yoki foydalanish huquqini qoʻlga kiritish, berish boʻyicha bitimlar tuzishga ruxsat berish |
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni |
|
6. |
Isteʼmolda boʻlgan mashinalar, uskunalar va mexanizmlar (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari — TIF TN — 84 — 89 guruhlari boʻyicha) eksporti imkoniyatlari toʻgʻrisida xulosa berish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-martdagi PQ–26-son qarori |
|
7 |
Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni kelishish |
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori |
|
8. |
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yoʻlini qurishga ruxsat berish |
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllar toʻgʻrisida”gi Qonuni |
|
9. |
Soʻyish korxonasi (punkti, maydoni)ning sanitariya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida sanitariya xulosasi |
Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2006-yil 10-avgustda 1611-son raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) |
|
10. |
Havo kemasi turining sertifikati |
Oʻzbekiston Respublikasining Havo Kodeksi |
|
11. |
Havo kemalarini va uchuvchi oʻzga apparatlarning sertifikatlangan turlarini ishlab chiqarish uchun shahodatnoma |
Oʻzbekiston Respublikasining Havo Kodeksi |
|
12. |
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining yaroqsizlarini, chiqindilarni va idishlarni koʻmib tashlashga ruxsat berish |
Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni |
|
13. |
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini Hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa berish |
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori |
|
14. |
Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini Hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisida guvohnoma berish |
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori |
|
15. |
Portlovchi moddalarni tashish yoʻnalishini kelishish |
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-son qarori |
|
16. |
Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni sotib olish, saqlash va tashishga ruxsat berish |
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori |
|
T/r |
Bekor qilinayotgan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartibotlari turlarining nomi |
T/r |
Birlashtirilgan faoliyat turi va ruxsat berish tartiboti nomi |
Litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar beruvchi vakolatli organ |
|
I. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish |
1. |
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish |
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi |
|
2. |
Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish | |||
|
II. Ruxsat etuvchi hujjatlar | ||||
|
3. |
Umumiy temir yoʻl tarmogʻiga temir yoʻl yoʻlaklarini tutashtirishga ruxsat berish |
1. |
Temir yoʻl yoʻlaklarini, shuningdek, vagonlar hamda konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK |
|
4. |
Temir yoʻlga tegishli boʻlgan, mavjud temir yoʻl yoʻlaklariga qoʻshimcha temir yoʻl yoʻlaklarini qurish loyihasini kelishish | |||
|
5. |
Mavjud temir yoʻl yoʻlaklariga yangidan qurilayotgan temir yoʻl yoʻlaklarini tutashtirishga ruxsat berish | |||
|
6. |
Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish |
2. |
Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi |
|
7. |
Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha yer usti suv resurslari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa berish | |||
|
8. |
Markaziy bank talablariga muvofiq moʻljallanayotgan bino, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish |
3. |
Bino, asbob-uskunalar, kassa uzelining Markaziy bank talablariga muvofiqligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish |
Markaziy bank |
|
9. |
Markaziy bank talablariga muvofiq yangi bino, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va bank filialining dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish | |||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalarini umumiy foydalanish uchun belgilangan meʼyordan oshib ketuvchi miqdorda olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish |
4. |
Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish |
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish | |||
T/r | Litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat etish xarakteriga ega tartibotlarning nomlanishi | Litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar berish boʻyicha vakolatli organ | Koʻrib chiqishning belgilangan muddatlari |
I. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari | |||
1. | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanmasi sohasidagi faoliyat | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 20 kun |
2. | Farmatsevtika faoliyati | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 15 kun |
3. | Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 20 kun |
4. | Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 20 kun |
5. | Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 20 kun |
6. | Telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 20 kun |
7. | Sugʻurta qiluvchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati | Moliya vazirligi | 20 kun |
II. Ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar | |||
8. | Obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni foydalanishga qabul qilib olish ishlari va loyihalarining temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza xulosasi | “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI | 15 ish kuni |
9. | Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirish boʻyicha texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish | “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI | 5 ish kuni |
10. | Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma | Davavianazorat | 10 kun |
11. | Fuqaro havo kemalarining shovqin darajasi boʻyicha sertifikati | Davavianazorat | 10 kun |
12. | Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari sertifikati | Davavianazorat | 10 kun |
13. | Veterinariya sertifikati (guvohnomasi) | Davlat veterinariya qoʻmitasi | 4 soat |
14. | Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxs foydasiga voz kechishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror | Davlat geologiya qoʻmitasi | 30 kun |
15. | Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya | Davlat geologiya qoʻmitasi | 70 kun |
16. | Suv chiqarish maqsadida quduqlarni burgʻulashga ruxsat berish | Davlat geologiya qoʻmitasi | 10 kun |
17. | Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsat berish | Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi | 7 kun |
19. | Portlovchi materiallarni xarid qilish guvohnomasi | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 5 ish kuni |
20. | Portlovchi materiallarni saqlash joylaridan foydalanish guvohnomasi | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 5 ish kuni |
21. | Yangi xavfli portlovchi texnologik jarayonlar va uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanishga ruxsatnoma | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | 20 kun |
T/r | Litsenziyalanadigan faoliyat turlari nomlanishi | Litsenziyalovchi organ | Oʻrnatilayotgan yigʻim miqdori |
1. | Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish | “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI | 1 EKIH* |
3. | Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 1 EKIH |
4. | Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 1 EKIH |
5. | Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 1 EKIH |
6. | Telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | 1 EKIH |
10. | Tovar-xomashyo birjalari faoliyati | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi | Bepul |
11. | Kredit byurolari faoliyati | Markaziy bank | 1 EKIH |
T/r | Litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarning nomlanishi | Litsenziya berish va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar berish boʻyicha vakolatli organ | Tartibotlarni qisqartirish va soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar |
I. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari | |||
1. | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining aylanmasi sohasidagi faoliyat | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | Hujjatlarni Fanlar akademiyasi bilan kelishish tartibini bekor qilish hisobiga kelishiladigan organlar sonini 7 tadan 6 tagacha qisqartirish. |
2. | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalash, qurish, foydalanish va taʼmirlash | Vazirlar Mahkamasi | “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kelishish tartibini bekor qilish hisobiga kelishiladigan organlar sonini 11 tadan 10 tagacha qisqartirish. |
3. | Veterinariya faoliyati | Davlat veterinariya qoʻmitasi | 1. Ariza beruvchidan quyidagilarni taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 8 tadan 5 tagacha qisqartirish: davlat veterinariya xizmati hududiy organlarining bino va uskunalar veterinariya talablariga muvofiqligihamda veterinariya faoliyatining litsenziyalangan turini amalga oshirishga shart-sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasi; yuridik shaxslarning veterinar mutaxassis xodimlari malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (notarial tasdiqlangan diplom nusxasi, malaka oshirganligi, ixtisoslashuvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, mehnat daftarchasi); yuridik shaxslar uchun — veterinariya muassasasi rahbarining notarial tasdiqlangan mehnat daftarchasi, veterinariya boʻyicha oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomi va uning lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqning nusxasi. 2. Litsenziya talabgoriga transport vositasi mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi shartni bekor qilish orqali ortiqcha talablarni olib tashlash. |
4. | Tibbiy faoliyat | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 1. Ariza beruvchidan quyidagilarni taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 9 tadan 6 tagacha qisqartirish: arizada koʻrsatilgan muassasa turi, ixtisoslik turi va tibbiy xizmatlar hajmi boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan binolarning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat veterinariya xizmati hududiy organining xulosasi “Oʻzstandart” agentligi organlari yoki “Oʻzstandart” agentligidan akkreditatsiyadan oʻtgan va tegishli xulosalar berish huquqi boʻlgan metrologik xizmatlar tomonidan tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik norma va standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisida beradigan xulosasi; tibbiy oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning nusxasi, malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va malaka oshirganligi va ixtisoslashuvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari. 2. Litsenziya talabgoriga transport vositasi boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish orqali (tez tibbiy yordam muassasalaridan tashqari) ortiqcha talablarni chiqarib tashlash. |
5. | Farmatsevtika faoliyati | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Ariza beruvchidan quyidagilarni taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 6 tadan 4 tagacha qisqartirish: Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy organlarining binolarning sanitariya meʼyorlari va talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi; Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining farmatsevtika faoliyati turlari tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari. |
6. | Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | Ariza beruvchidan ommaviy axborot vositasini OʻzMAAda davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 7 tadan 6 tagacha qisqartirish. |
7. | Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
8. | Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
9. | Telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
10. | Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish | Vazirlar Mahkamasi | 1. “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan hujjatlarni kelishish tartiblarini bekor qilish hisobiga kelishiladigan organlar sonini 11 tadan 10 tagacha qisqartirish. 2. Ariza beruvchidan metrologik jihatdan taʼminlanganlik toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligining standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan xulosani taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 10 dan 9 tagacha qisqartirish. |
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlarni qazib olish | Vazirlar Mahkamasi | Litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishdagi talablarga muvofiqligi yuzasidan “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Geologiya davlat qoʻmitasi xulosalarini arizachi tomonidan taqdim etish toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish orqali taqdim etiladigan hujjatlar sonini 10 tadan 7 tagacha qisqartirish. | |
12. | Neft mahsulotlarini sotish (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka yoqilgʻisi, neftbitum hamda texnik moylar va moylash materiallari), zavodda qadoqlangan mahsulotlar bundan mustasno | Vazirlar Mahkamasi | Ariza beruvchidan metrologik jihatdan taʼminlanganlik toʻgʻrisida “Oʻzstandart” agentligining standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan xulosani taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 9 tadan 8 tagacha qisqartirish. |
13. | Banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutada amaliyotlar oʻtkazish | Markaziy bank | Litsenziyalanadigan faoliyat nomidagi “boshqa yuridik va jismoniy shaxslar” soʻzlarini chiqarib tashlash. |
14. | Qimmatbaho qogʻozlar bozorida professional faoliyat yuritish | Qimmatbaho qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi | Qimmatbaho qogʻozlar bozorida: 1. Investitsiyalar boʻyicha konsultant; 2. Hisob-kitob-kliring palatasi (hisob-kitob-kliring palatasining vazifalarini qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilariga, qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga topshirish) sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziyalar berish talablarini bekor qilish. |
15. | Bojxona omborini taʼsis etish | Davlat bojxona qoʻmitasi | Ariza beruvchidan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 12 tadan 11 tagacha qisqartirish. |
16. | Boj olinmaydigan savdo doʻkonini taʼsis etish | Davlat bojxona qoʻmitasi | Ariza beruvchidan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 11 tadan 10 tagacha qisqartirish. |
17. | Bojxona rejimida erkin ombor — omborini taʼsis etish | Davlat bojxona qoʻmitasi | |
18. | Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish | Vazirlar Mahkamasi | Ariza beruvchidan ishlab chiqarishning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy organlari xulosasini taqdim etish talabini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 10 tadan 9 tagacha qisqartirish. |
II. Ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar | |||
19. | Obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni foydalanishga qabul qilib olish ishlari va loyihalarining temir yoʻl transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza xulosasi | “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI | Ariza beruvchidan quyidagi hujjatlarni taqdim etish talabini, ularning tavsifini texnik loyihada koʻrsatgan holda, bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 9 dan 3 tagacha qisqartirish: - temir yoʻl transportida obyektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni foydalanishga qabul qilib olish ishlari va loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirish uchun texnik tartibga solish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ijro hujjatlari; - ishlarni bajarish texnologiyasi talablarini hisobga olgan holda tashkilot xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, mutaxassisligi va ish staji koʻrsatilgan roʻyxat; - xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejasi; - ishlarni bajarishning ishlab chiqilgan texnologiyasi va mahsulotni qabul qilish sifatiga rioya qilish boʻyicha masʼul shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq; - ishlab chiqilgan metodologiya bilan belgilanadigan ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan tashkilotda lavozimlari va mutaxassisliklari roʻyxati; - belgilangan ishlab chiqarish hajmi uchun texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishni jihozlash tabeliga mos kelishi lozim boʻlgan asboblar, moslamalar va uskunalar roʻyxati. |
20. | Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish | “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK | Ariza beruvchidan quyidagi hujjatlarni taqdim etish talabini bekor qilish orqali taqdim etiladigan hujjatlar sonini 5 tadan dan 2 tagacha qisqartirish: yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi; zavodda berilgan raqam, ishlab chiqarilgan yili va oxirgi oʻtkazilgan taʼmirlash sanasi koʻrsatilgan hamda belgilangan xizmat muddati tugagan yoki tugayotgan temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumot, har bir tarkibning texnik pasportlari va formulyarlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotnomalar; amaldagi qonunchilikka muvofiq temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibning xizmat muddatini uzaytirish uchun zarur boʻlgan guvohnomalar va sertifikatlar. |
22. | Avtogaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtogaz toʻldirish stansiyalari obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratishni kelishish | Davarxitektqurilish, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, IIV | Hujjatlarni “Sanoatgeokontexnazorat” DI bilan kelishish tartibini bekor qilish hisobiga kelishiladigan organlar sonini 4 tadan 3 tagacha qisqartirish. |
23. | Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlashning texnik-iqtisodiy asosini kelishish boʻyicha xulosa berish | TIAISV | Tovarlarni bojxona hududida/undan tashqarida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asosini kelishish boʻyicha xulosa olish zarurligiga doir talabni faqat ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun saqlab qolish. |
24. | Tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asosini kelishish va tovarlarning bojxona hududidan tashqarida qayta ishlanishi Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi boʻyicha xulosa | TIAISV | |
25. | Yer qaʼri uchastkasidan foydalanish huquqidan (toʻliq yoki qisman) boshqa shaxs foydasiga voz kechishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror | Davlat geologiya qoʻmitasi | Zarur hujjatlarni “Sanoatgeokontexnazorat” DI bilan kelishish tartibini bekor qilish hisobiga kelishiladigan organlar sonini 6 tadan 5 tagacha qisqartirish |
27. | Maxsus kiritiladigan biologik faol moddalarni qoʻllashga ruxsat berish | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Ruxsat berish tartiboti va uni qoʻllash sohasi nomini “Maxsus kiritiladigan biologik faol moddalarni olib kirish va ishlab chiqarishga ruxsat berish” deb oʻzgartirish |
28. | Yangi ozuqaviy qoʻshimchalar va isteʼmol xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini qoʻllashga ruxsat berish | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Ruxsat berish tartiboti va uni qoʻllash sohasi nomini “Yangi ozuqaviy qoʻshimchalar olib kirish va ishlab chiqarish uchun xulosa” deb oʻzgartirish |
29. | Soʻyish korxonasining (punkti, maydoni) veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida veterinariya-sanitariya xulosasi | Davlat veterinariya qoʻmitasi | Ariza beruvchidan quyidagilarni taqdim etish talablarini bekor qilish hisobiga taqdim etiladigan hujjatlar sonini 3 tadan 1 tagacha qisqartirish: soʻyish korxonasi (punkti, maydoni)ning tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organining xulosasi; tibbiy daftarchada ishlashga ruxsat berilganligini koʻrsatgan holda ishlab chiqarishga jalb qilinadigan shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxalari. |
30. | Noshirlik korxonasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma | Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi | Noshirlik korxonasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni notarial tasdiqlash talabini bekor qilish. |
31. | Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni montaj qilish, taʼmirlash, ishga tushirish va ishlatish uchun ruxsatnoma | “Sanoatgeokontexnazorat” DI | Zarur hujjatlarni “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” DI bilan kelishish jarayonini bekor qilish hisobiga kelishiladigan organlar sonini qisqartirish. |
|
T/r |
Litsenziya nomi |
Litsenziyalovchi organ |
|
1. |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (chiqarish), tarqatish, tashish, ishlab chiqish va yetishtirish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ilmiy va oʻquv maqsadlarda, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish hamda narkotik mavjud boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
2. |
Tibbiy faoliyat |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
3. |
Farmatsevtika faoliyati |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
4. |
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish |
Vazirlar Mahkamasi |
|
5. |
Qimmatbaho qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish |
Markaziy bank |
|
6. |
Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
7. |
Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish | |
|
8. |
Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish | |
|
9. |
Telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish | |
|
10. |
Veterinariya faoliyati |
Davlat veterinariya qoʻmitasi |
|
11. |
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalash, qurish, ishga tushirish va taʼmirlash |
Vazirlar Mahkamasi |
|
12. |
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish |
Vazirlar Mahkamasi |
|
13. |
Neft mahsulotlarini sotish (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilgʻi, aviakerosin, mazut, pechka yoqilgʻisi, neftbitum hamda texnik moylar va moylash materiallari) zavodda qadoqlangan mahsulotlar bundan mustasno |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
14. |
Bojxona omborini taʼsis etish |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
15. |
Boj olinmaydigan savdo doʻkonini taʼsis etish |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
16. |
Bojxona rejimida erkin ombor — omborini taʼsis etish |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
17. |
Audiovizual asarlarni, fonogramma va EHM dasturlarini tayyorlash, sotish, ijaraga berish |
Vazirlar Mahkamasi |
|
18. |
Fonogrammalar tayyorlash | |
|
19. |
Audiovizual asarlar tayyorlash, koʻpaytirish va ekranda namoyish qilish |
Vazirlar Mahkamasi |
|
T/r |
Xizmat nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼul organlar |
|
1. |
Nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallari bilan jihozlash uchun elektron buyurtma berish. Tegishli tijorat banklari tomonidan buyurtmalarni qabul qilish va koʻrib chiqishning markazlashgan monitoringi va nazoratini olib borish hamda koʻrsatilgan xizmatdan qanoatlanganlikni baholash imkoniyatini |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil III chorak |
Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
|
2. |
Belgilangan tartib-taomillar buzilganligi, mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha hujjatlar talab qilish va ularga nisbatan noqonuniy harakatlar qilish, shu jumladan mehnat resurslari va homiylikka majburan jalb qilish ustidan elektron shikoyatlar berish. Shikoyatlarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil II chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi,SSP, vazirlik va idoralar |
|
3. |
Buyurtmachilarni mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkonini yaratish. |
Interaktiv xizmatni modernizatsiya qilish |
2014-yil III chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP |
|
4. |
Tadbirkorlik subyektlarini suv taʼminoti tarmogʻi, kanalizatsiya, elektr, gaz taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha elektron ariza berish. Arizalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil III chorak |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining hududiy foydalanish tashkilotlari |
|
5. |
Tadbirkorlik subyektining uy-joy kommunal xizmatlarni koʻrsatishdagi muammolar boʻyicha elektron shikoyatlar berishi. Shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil II chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining hududiy foydalanish tashkilotlari |
|
6. |
Tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari uchun mahalliy avtotransport vositalarini xarid qilish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil III chorak |
“Oʻzavtosanoat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
7. |
Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi, tugatilishi va boshqa jiddiy tashkiliy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish imkoniyatini yaratish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil III chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
8. |
Elektron boʻlmagan koʻrinishda koʻrsatilayotgan davlat, tarmoq va bank xizmatlari sifatini baholash imkoniyatini yaratish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil III chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP |
|
9. |
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish. Arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil II chorak |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, Davlat soliq qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
Yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek, ruxsat etuvchi hujjatlarning berilishini rasmiylashtirish uchun elektron arizalar berish. Yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek, qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot tizimini joriy etish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil IV chorak |
Davarxitektqurilish, Davergeodezkadastr qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari | |
|
11. |
Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida sertifikatlashdan oʻtkazishga elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2015-yil IV chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, sertifikatlash organlari |
|
12. |
Turli manbalarga hamda oʻzi yopishtiriladigan yozuv va yorliqlardagi shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlash uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil III chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, SSP, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
13. |
Oʻlchov vositalarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil II chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
14. |
Normativ hujjatlarni ekspertiza qilish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014–2015 yy. |
“Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
15. |
Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchash vositalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgan holda standart namunalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2015-yil IV chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
16. |
Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchovlarni bajarish metodikasi davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgan holda oʻlchovlarni bajarish metodikasini attestatsiyadan oʻtkazish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2015-yil IV chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
17. |
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash sohasida yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazishga elektron ariza berish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil III chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
18. |
Sifatni boshqarish tizimini sertifikatsiyalash sohasida yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazishga elektron ariza berish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil III chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
19. |
Tibbiy faoliyat olib borish uchun litsenziya olishga elektron ariza berish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil IV chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
20. |
Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olishga elektron ariza berish. |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil IV chorak |
Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
21. |
Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2014-yil IV chorak |
Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
22. |
Quvvati 10 kVt dan yuqori boʻlgan isteʼmol obyektlarining elektr taʼminoti loyihalarini kelishish uchun elektron ariza berish |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2015-yil IV chorak |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzbekenergo” DAK |
|
23. |
Isteʼmolchilarning yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr uskunalarini ishga tushirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish |
Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish |
2015-yil IV chorak |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzbekenergo” DAK |