1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish;
6.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang);
7.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari;
3.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 31-yanvar,
53-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 53-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshi “15 foizdan tashqari” soʻzlaridan keyin “hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan jarimalarning 42,5 foizidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
7-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun jamoatchilikni jalb etish;
8-band quyidagi tahrirdagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablarini tekshirish ishlariga isteʼmolchilar jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etadi;
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra oʻziga qarashli laboratoriyalarda tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) xavfsizlik talablariga muvofiqligini shartnoma asosida sinovdan oʻtkazadi”.