toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining moliya, bank va soliq tizimlari hamda iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoq va korxonalarida investitsiya faoliyati uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul kvotalari mutaxassisliklar kesimida 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalari iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoq va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi Qabul komissiyasiga Akademiyaga oʻqishga kirish jarayonida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda Akademiyaning qabul koʻrsatkichlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-iyun,
167-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyundagi 167-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2014/2015 oʻquv yili uchun qabul kvotalari

T/r

Mutaxassislik

shifri

Mutaxassislik nomi

Jami

shu jumladan

davlat granti

toʻlov-kontrakt

1.

5A 230701

Bank ishi (faoliyat turlari boʻyicha)

55

18

37

2.

5A 230702

Bank hisobi va audit

12

5

7

3.

5A 230603

Investitsiyalarni boshqarish

(real sektor uchun)

20

5

15

4.

5A 230603

Investitsiyalarni boshqarish (bank sektori uchun)

25

7

18

5.

5A 230601

Davlat moliyasini boshqarish

31

15

16

6.

5A 231301

Pensiya ishi

15

10

5

7.

5A 231201

Sugʻurta ishi

10

-

10

8.

5A 230602

Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar bozori

7

2

5

9.

5A 230902

Audit (moliya sohasida)

5

3

2

10.

5A 230801

Soliqlar va soliqqa tortish

20

10

10

JAMI

200

75

125

Izoh: “Davlat moliyasini boshqarish” mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosida 2 (ikki) ta oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun maqsadli ravishda ajratilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyundagi 167-son qaroriga
2-ILOVA
“Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)” mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotasining iqtisodiyotning real sektori ayrim tarmoq va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi

T/r

Vazirlik, idora va korxonalarning nomlari

Jami

Shu jumladan

davlat granti

toʻlov-kontrakt

1.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

1

1

-

2.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

2

2

-

3.

“Oʻzbekenergo” DAK

1

-

1

4.

“Oʻzkimyosanoat” DAK

3

-

3

5.

“Oʻzavtosanoat” AK

1

-

1

6.

“Oʻzbekneftgaz” MXK

3

-

3

7.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK

2

-

2

8.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK

1

-

1

9.

“Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati” OAJ

1

-

1

10.

“Oʻzmetkombinat” OAJ

2

-

2

11.

“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti

3

2

1

JAMI

20

5

15

Izoh: Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” OAJdan nomzodlarga boshqa mutaxassisliklar boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 314-modda)