Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-yil., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 156-son qaroriga 2-ILOVA
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston” soʻzidan oldin “Litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin olinadigan” soʻzlari qoʻshilsin.