1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2420-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15 noyabrdagi 19-mh-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-iyun,
158-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy-hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
“201. Loyihada uning rasman eʼlon qilingandan soʻng yoxud boshqa kechroq muddatda kuchga kirishi toʻgʻrisida band kiritilishi lozim.
Bunda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjud boʻlgan loyihalarga, rasman eʼlon qilingandan uch oy oʻtgach kuchga kiritilishi toʻgʻrisida band kiritiladi.”.
2. 69-banddagi “oʻn kun” degan soʻzlar “uch kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 72-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining loyihalari 2 ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 741 band bilan toʻldirilsin:
“741. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli loyiha unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.”.
5. 84-bandning ikkinchi xatboshisidagi “4 va 5-ilovalarida” degan soʻzlar “4, 41 va 5-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Yoʻriqnomaga 4-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qogʻoz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi maʼlumot tariqasida maʼlum qilinadi.”.
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq mazmundagi 41-ilova bilan toʻldirilsin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 41-ILOVA
Namuna
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI
MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION
120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 225-09-69. Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz
24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 225-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Tuman aholisining bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Sirdaryo tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasini qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligini bildiradi.
Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha xulosada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim.
Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qogʻoz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi maʼlumot tariqasida maʼlum qilinadi.
Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha xulosa ___ varaqda.
Boshqarma boshligʻi
A. TOShQULOV”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 297-modda)