1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2332-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/4-son qarori (roʻyxat raqami 2332, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-may,
13/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-son qaroriga ILOVA
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 9-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. 11-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Kredit axboroti, KADRga va kredit byurolariga kreditlash jarayoniga mos ketma-ketlikda yuborilishi shart.”.
3. Quyidagi mazmundagi 121 va 122-bandlar bilan toʻldirilsin:
“121. KADR axborotlarning toʻgʻri yuborilishi boʻyicha kunlik nazoratni olib boradi. Mazkur Nizomning 8, 11 va 12-bandlari talablarining bajarilishini nazorat qilish avtomatik tarzda olib boriladi.
122. KADRning amaliyot kuni banklararo elektron toʻlov hujjatlarini oʻtkazish vaqtiga mos boʻlishi lozim.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 277-modda)