1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.62.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari haqida namunaviy nizomlar]
Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va oliy taʼlim muassasalari jamoatchilik boshqaruvining samarali tizimini yanada rivojlantirish, taʼlim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
1. Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
2. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bir oy muddatda:
tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etilishini va ularning shaxsiy tarkibi tasdiqlanishini;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-may,
129-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-maydagi 129-son qaroriga ILOVA
Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi toʻgʻrisida
Namunaviy nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi faoliyatini tartibga soladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
2. Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
3. Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) “Taʼlim toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi va oliy taʼlim muassasasining jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
4. Kengash Oʻzbekiston Respublikasining har bir oliy taʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi. Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
5. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
6. Taʼlim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash, oliy taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va taʼlim jarayonini takomillashtirish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
7. Kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, homiylar, shuningdek oliy taʼlim muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar kirishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
8. Kengashning tarkibi tasarrufida tegishli oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi, ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Kengash tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari kiritiladigan holatlarda Kengash tarkibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Kengash tarkibiga huquqni muhofaza qilish va sud organlarining, harbiylashtirilgan tuzilmalarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradigan davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari kiritiladigan holatlarda tasarrufida tegishli oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoraning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Nodavlat oliy taʼlim muassasasining Kengashi tarkibi uning muassislari tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
9. Kengash toʻgʻrisidagi nizom ushbu Namunaviy nizom talablarini hisobga olgan holda Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
II. Kengashning vazifalari va vakolatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
10. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaxshilash, binolarini muvofiqlashtirish va hududlarini obodonlashtirish;
taʼlim jarayonini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini kelgusida ishlab chiqarish, fan va taʼlimni integratsiyalashni rivojlantirish orqali ishga joylashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini baholash ishlarini tashkil etish;
taʼlim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish, kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnika kadrlarini tayyorlashning istiqboli yoʻnalishlarini aniqlash;
mutaxassislar tayyorlash sifatiga koʻmaklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, fundamental (amaliy) ilmiy-texnika ishlanmalarini amalga oshirish, oʻquv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalash;
talabalarning bevosita ishlab chiqarishdagi amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazishni tashkil etish;
ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi malakali va tajribali mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish;
oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlarini tashkil etish;
oliy taʼlim muassasalari faoliyatining izchil rivojlantirilishini taʼminlash uchun homiylik ehsonlarini, texnikaviy koʻmaklashish (grantlar) mablagʻlarini va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
eng avvalo, yetim bolalar jumlasidan boʻlgan talabalarni ijtimoiy himoyalashni taʼminlash, iqtidorli talabalarga stipendiyalar ajratish, talabalarning yashashi uchun xonadonlarda yashash va foydali hordiq chiqarish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek taʼtillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etish;
oʻqitishning ilgʻor shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, elektron taʼlim resurslarini taʼlim jarayoniga joriy etish, shu jumladan internet tarmogʻidan foydalanilishini taʼminlash, oliy taʼlim muassasasini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, oliy taʼlim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish;
oliy taʼlim muassasasida sogʻlom intellektual va maʼnaviy-psixologik, pedagoglar va talabalar oʻrtasida oʻzaro hamfikrlik muhitini shakllantirishga, ularda kasbiy, maʼnaviy, intellektual va jismoniy takomillashuvga doimiy intilishni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
mualliflik oʻquv dasturlari, metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nashr etish;
iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish boʻyicha takliflarni shakllantirish, ular uchun maxsus stipendiyalar taʼsis etish;
oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, katta ilmiy xodimlari — izlanuvchilari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashuvlarni tashkil etish borasida koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
11. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
oliy taʼlim muassasasidan Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur maʼlumotlar va axborotlarni belgilangan tartibda oladi;
Kengash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
oliy taʼlim muassasasining ish rejalarini, tadbirlar rejalarini, dasturlarini va boshqa hujjatlarini muhokama etishda qatnashadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
oliy taʼlim muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan oliy taʼlim muassasasining rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish yuzasidan davlat organlariga murojaat qiladi;
oliy taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi, shuningdek oliy taʼlim muassasasining rektoriga (direktoriga) oliy taʼlim muassasasining xodimlari va talabalarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida tavsiyanomalar taqdim etadi;
Kengashning mablagʻ tushumlari va mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha moliyaviy rejasini tasdiqlaydi;
Kengash mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Kengash mablagʻlari boʻyicha moliyaviy rejaning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi;
Kengash mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirish uchun nazorat-taftish komissiyasini tayinlaydi.
Kengash amaldagi qonunchilikka, oʻz Nizomiga va oliy taʼlim muassasasining ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Kengash faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
12. Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha aʼzolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Kengash, qoidaga koʻra, Kengash raisi, raisning oʻrinbosari, kotib va aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Kengashning son tarkibi tartibga solinmaydi. Kengashning shaxsiy tarkibi va rahbariyatidagi oʻzgarishlar, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) lavozimiga koʻra Kengash aʼzosi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
13. Kengash raisi va uning oʻrinbosari Kengashning birinchi tashkiliy majlisida saylanadi, majlisda oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) raislik qiladi.
Kengash raisi va uning oʻrinbosari Kengash aʼzolari orasidan saylanadi.
Kengash aʼzolarining faoliyati muddatlari, Kengash raisi va uning oʻrinbosarini qayta saylash Kengash toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Kengash oʻz vakolatlarini oliy taʼlim muassasasining rektoriga (direktoriga) berish huquqiga ega emas.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
14. Kengash raisi:
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi;
Kengashning yillik ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek Kengashning yillik ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Kengashga taqdim etadi;
Kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Kengash nomidan vakillik qiladi;
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
15. Kengash raisi oʻrinbosarining vakolatlari Kengashning qarori bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
16. Kengash aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish;
oliy taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritish;
Kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha xulosa taqdim etish.
Kengash aʼzolari Kengash tarkibida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashishi kerak. Bunday qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda Kengash aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini Kengashga yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
17. Kengash oʻz ishlarini oʻzi tasdiqlagan rejalar asosida amalga oshiradi va oʻz majlislarini zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkazadi. Kengash raisi tomonidan uning aʼzolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Iltimosnomalarda navbatdan tashqari majlisni chaqirishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
18. Kengash majlisini Kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — Kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda Kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
19. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, oliy taʼlim muassasasining xodimlari, ayrim jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
20. Kengash kotibi:
Kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
majlisni oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
kun tartibi masalalari boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, kun tartibi loyihasi, majlisni oʻtkazish vaqti va joyidan xabardor qiladi;
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Kengash kotibi Kengash aʼzosi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
21. Kengash oʻz faoliyatini taʼlim muassasasining rektori (direktori) bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
IV. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
22. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Tushumlar va sarflarning yillik moliyaviy rejasini, shuningdek Kengash mablagʻlaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolari uchdan ikki qismining ovozlari bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
23. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
24. Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari oliy taʼlim muassasasida saqlanadi.
Oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) Kengash hujjatlarining saqlanishi va ularning saqlanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
25. Kengash kotibi Kengash aʼzolarining yordamida Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zaruriyat boʻlganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Kengash qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.
26. Kengashning ish tartibi Kengash tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
27. Kengash mablagʻlari vakillari Kengash aʼzolari hisoblanadigan tashkilotlarning, shuningdek Kengash aʼzolarining xayriya ehsonlari, ixtiyoriy badallari shaklida Kengash tomonidan oliy taʼlim muassasasiga jalb etiladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Kengash mablagʻlari mol-mulk, pul mablagʻlari, boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar shaklida kiritiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
28. Kengash mablagʻlaridan Kengashning maqsadlari, vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
29. Kengash mablagʻlari Oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamida jamlanadi, Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladi va ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Oliy taʼlim muassasasiga beriladigan aktivlardan foydalanish tartibi Kengashning qarori bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
30. Kengashning kelgusi yilgi daromadlari va mablagʻlari sarflarining hajmi Kengash majlisida tasdiqlangan moliyaviy rejaga muvofiq Oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari smetasiga kiritiladi.
Kengash tushumlari va mablagʻlari sarfining moliyaviy rejasiga oliy taʼlim muassasasidagi Kengash faoliyati bilan bogʻliq joriy xarajatlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Kengashning daromadlari va mablagʻlari sarflari smetasi Kengashning qarori asosida oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Zaruriyat boʻlganda Kengashning daromadlari va mablagʻlari sarflari smetasiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
32. Kengash mablagʻlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, mablagʻlar zarur tarzda rasmiylashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish uchun oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) va bosh buxgalteri javob beradi.
Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
33. Kengashning mablagʻlaridan xodimlarning qoʻshimcha soni taʼminoti uchun foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
34. Kengash Kengash mablagʻlaridan toʻgʻri, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Nazoratni amalga oshirish uchun Kengash tomonidan Kengashning nazorat-taftish komissiyasi tayinlanadi.
Kengash nazorat-taftish komissiyasining raisi va aʼzolarini tayinlash tartibi, ularning vakolatlari muddatlari va taftishlarni oʻtkazish davriyligi Kengashning reglamentida belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
35. Kengashning nazorat-taftish komissiyasi:
bir yilda kamida bir marta hisob raqamining toʻgʻriligini tekshiradi, Kengash mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni taftish qiladi, yillik hisobotlar va balans boʻyicha xulosa tayyorlaydi;
Kengashning kelgusi yilgi tushumlari va mablagʻlari sarflarining moliyaviy rejasini uni tuzishning toʻgʻriligi va asoslanganligi yuzasidan koʻrib chiqadi;
Kengash mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilgani yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi.
36. Kengashning kelgusi yilgi tushumlari va mablagʻlari sarflarining moliyaviy rejasi koʻrib chiqilgandan va nazorat-taftish komissiyasi tomonidan maʼqullangandan keyin Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
37. Moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq kelishmovchiliklar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Kengash faoliyatini tugatish
38. Kengashni tarqatib yuborish tasarrufida tegishli oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
39. Kengash tarqatib yuborilgan taqdirda uning Kengash mablagʻlarini boshqarish boʻyicha vakolati vaqtincha oliy taʼlim muassasasining Kengashiga beriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 22-son, 254-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)