1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarori)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror 2014-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 30-aprel,
108-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-apreldagi 108-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestri — qurilish-pudrat tashkilotlarining ixtisoslashuvga, tashkiliy tuzilmaga va bajariladigan qurilish-montaj ishlari xususiyatiga muvofiq doimiy ishlaydigan qurilish-ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanganligi, ularda ishlab chiqarish fondlari (oʻz ishlab chiqarish bazasi, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, shuningdek kichik mexanizatsiya vositalari) mavjudligi hisobga olingan holda ular toʻgʻrisidagi har yili yangilanadigan yagona elektron maʼlumotlar bazasi”;
taʼsis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan qurilish tashkilotlarining;
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilmagan qurilish tashkilotlarining tanlov savdolarida qatnashishi taqiqlanadi”;
v) 106-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilmagan qurilish tashkilotlarining”;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 201-modda; 2017-y., 31-son, 781-modda)