Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
2. Oliy sud Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sud tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi
qarori:
a) 14-bandning
birinchi xatboshisidagi “oʻlim” degan soʻzlar “umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oliy sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi
qarori:
a) 2-bandi
birinchi xatboshisi “JPKning 242, 243-moddalariga” degan soʻzlardan keyin “va Oliy sud Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorida koʻrsatilgan tushuntirishlarga”degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Oliy sud Plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqida”gi
qarori:
a)
4-bandidagi “Hukm ijro qilingunga qadar mahkum 60 yoshga toʻlgan boʻlsa, oʻlim jazosi qonunda belgilangan tartibda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga oʻzgartiriladi” degan jumla chiqarilsin;
b) 10-bandning
birinchi xatboshisidagi “182, 184, 188, 189-moddalari” degan soʻzlar “182, 184, 188, 189, 190-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi
qarori:
a)
9-bandi “qonuniy vakiliga” degan soʻzlaridan keyin “JPK 217-moddasining 1-qismida belgilangan tartib va muddatda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) 14-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻlim” degan soʻz “umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 16-bandi
ikkinchi xatboshisi “soʻroq qilinayotganda” degan soʻzlaridan keyin “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash masalasi hal qilinayotgan,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
d) 24-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “oʻlim” degan soʻz “umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oliy sud Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi
qarori:
a) preambulaning
ikkinchi xatboshisidagi “oʻlim” degan soʻz “umrbod ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7. Oliy sud Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi
qarori:
b)
30-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nazorat instansiyasi sudi esa sud raisi yoki prokurorning protesti asosida sud qarorlarining jazo tayinlash qismini bekor qilib, jinoyat ishini yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishi mumkin”.
g) oʻzbek tilidagi matnning 30-bandi
uchinchi xatboshisi “apellatsiya” soʻzidan keyin “kassatsiya, nazorat” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi
qarori:
a)
19-bandidagi “(JKning 167-moddasi)” degan soʻzlar “(JK 233-moddasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Oliy sud Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi
qarori:
a)
9-bandidagi “MJtK 186
1-moddasi va” degan soʻzlar chiqarilsin;
b)
15-bandidagi “(MJtKning 186
1-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) degan soʻzlar chiqarilsin.