1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 22-oktabrdagi PQ-2053-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-aprel,
PF-4608
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-apreldagi PF-4608-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 18-bandi oʻn ikkinchi xatboshidagi “radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi” soʻzlari “radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PQ-2058-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasidan “radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi” bloki chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 162-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)