1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1863-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-mart,
7/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 14-martdagi 7/1-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“7. Mijozga ochilgan, boshqa bankdan oʻtkazilgan yoki qayta harakatga keltirilgan bank hisobvaraqlari boʻyicha barcha hisob-kitoblar, shuningdek, hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha toʻxtatib turish hamda mijozning hisobvaragʻini yopish shu kunning oʻzidayoq amalga oshiriladi.”.
“7” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar boʻyicha tegishli xoʻjalik sudining qarori mavjud boʻlgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning ikkilamchi hisobvaraqlaridan aktiv operatsiyalarini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish hamda bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvaragʻiga mablagʻ jamlash vaqtida BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;”;
“11” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar boʻyicha tegishli xoʻjalik sudining qarori mavjud boʻlgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvaragʻiga mablagʻ jamlab boʻlingandan soʻng xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlari yopilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;”;
oʻn yettinchi xatboshidagi “Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova) 788-moddasiga binoan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi birinchi qismiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“17” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 788-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar boʻyicha tegishli xoʻjalik sudining qarori mavjud boʻlgan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning bank oldidagi majburiyatlarini qondirish uchun ikkilamchi hisobvaraqlaridan asosiy hisobvaragʻiga mablagʻ jamlash vaqtida aktiv operatsiyalarini vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan ikkilamchi hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilganda BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi;”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 14-son, 159-modda)