OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan oʻzaro aloqani taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2568]
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan oʻzaro aloqani taʼminlash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-fevral,
76-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 20-fevraldagi 76-mh-son qaroriga ILOVA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan oʻzaro aloqani taʼminlash toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (bundan buyon matnda Milliy kutubxona deb yuritiladi) tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan oʻzaro aloqani taʼminlash tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish]
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
tashkiliy-metodik faoliyat — axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlari asosida axborot-kutubxona xizmatini tashkiliy va metodik jihatdan taʼminlash;
Respublika metodik kengashi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Milliy kutubxona huzurida tashkil etilgan, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiquvchi idoralararo kollegial organ;
axborot-kutubxona markazlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalari;
axborot-resurs markazlari — davlat taʼlim muassasalari huzurida tashkil etilgan, oʻquvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalari;
yigʻma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, Milliy kutubxona kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi, yigʻma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi, shuningdek axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Respublika metodik kengashi axborot-kutubxona muassasalariga idoralararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, ular faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradi hamda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
4. Respublika metodik kengashi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim masalalarini oʻrganish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash uchun axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etishga haqli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
5. Oʻzbekiston Respublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, axborot-kutubxona markazlari tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-metodik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
6. Axborot-resurs markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari va boshqa kutubxonalar axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi va boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
II bob. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy- metodik faoliyatini muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
7. Tashkiliy-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish axborot-kutubxona muassasalarining oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ularga metodik yordam koʻrsatish va ularning yagona tashkiliy-metodik taʼminlanishiga erishish maqsadida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish]
8. Tashkiliy-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
axborot-kutubxona markazlari va Milliy kutubxona tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish boʻyicha yillik va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
axborot-kutubxona muassasalarining maqsadlari va vazifalariga muvofiq axborot-kutubxona resurslarini jamlash, hisobga olish, ishlovdan oʻtkazish, joylashtirish va saqlash boʻyicha yagona metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari, axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishning yangi shakllarini joriy etish, axborot-kutubxona resurslarini (matn, ovozli yozuv yoki tasvir shaklida) toʻplash, hisobga olish va qidirish boʻyicha ishlarni tashkil etishda oʻzaro muvofiqlikni taʼminlash;
Milliy kutubxona tomonidan axborot-kutubxona markazlarining tashkiliy-metodik faoliyati monitoringini olib borish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini dasturiy taʼminlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga doir statistik va analitik tahlillarni amalga oshirish va ular asosida axborot-kutubxona faoliyati va uni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish.
III bob. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona muassasalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
9. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona muassasalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlashning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga Milliy kutubxona va boshqa axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali ularning intellektual, madaniy va bilim olishga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
10. Oʻzaro aloqani taʼminlash quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarining ulanishini nazarda tutgan holda mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish uchun Milliy kutubxona bazasida yigʻma elektron katalogni shakllantirish va yuritish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
axborot-kutubxona muassasalarining elektron katalogini shakllantirish va ular oʻrtasida elektron bibliografik yozuvlarni oʻzaro almashish imkoniyatini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
axborot-kutubxona muassasalarining yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish jarayonidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan axborot-kutubxona resurslarining elektron shaklini yaratishda oʻzaro takrorlanishlarning oldini olish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
axborot-kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish;
axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirishning yagona qoidalarini tatbiq etish orqali axborot-kutubxona muassasalarining mazkur yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.04 Hujjatlarning majburiy nusxasi]
axborot-kutubxona markazlari tomonidan tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasi asosida ularning hududiy bibliografik hisobini yuritish va har chorakda mazkur nashrlar haqidagi bibliografik maʼlumotlarni Milliy kutubxonaga taqdim etilishini taʼminlash orqali Oʻzbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik]
axborot-kutubxona muassasalarining xorijiy axborot-kutubxona muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish, shu jumladan xorijiy axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va rivojlangan mamlakatlarning axborot-kutubxona faoliyatidagi ilgʻor tajribalarini oʻrganish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
11. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona muassasalari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslariga barcha axborot-kutubxona muassasalarining ulanish imkoniyatini yaratgan holda mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirishga xizmat qiladi.
IV bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Mazkur Nizom talablari bajarilishini nazorat qilish Respublika metodik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Mazkur Nizom Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2014-yil 20-fevral
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 20-fevral
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
2014-yil 20-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 20-fevral
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 20-fevral
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. XODJAYEV
2014-yil 20-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 128-modda)