1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING
buyrugʻi
Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxatini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2559]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 331-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-fevral,
91-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 3-fevraldagi 91-son buyrugʻiga ILOVA
Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari
(42—46-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 6-apreldagi 9-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2559-1, 09.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 14-son, 177-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 72-modda; 2015-y., 14-son, 177-modda)