1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ERKIN NARX BELGILASh MUNOSABATI BILAN AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILIShGA DOIR TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Narx-navo hamon oshib borayotganini va shu munosabat bilan aholi manfaatlarini hamda turmush darajasini himoya qilish zarurligini eʼtiborga olib:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
1. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan, davlat muassasalari va uy-joy-kommunal tarmoq xodimlarining ish haqi 1991-yildagiga nisbatan 2 baravar va asos qilib olingan (1990) yilga nisbatan 4,5 baravar oshirilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
2. Oliy oʻquv yurtlari studentlarining, texnikumlar hamda respublika hukumatining qarorlariga binoan kiyim-kechak va ovqat bilan taʼminlanmayotgan hunar-texnika bilim yurtlari talabalarining stipendiyalari 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab oʻrta hisobda 2,2 baravar oshirilib, imtiyozli ovqatlanishga qoʻshimcha haq avvalgi miqdorda saqlab qolinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng kam miqdori (kompensatsiyani hisobga olib) oyiga 350 soʻm belgilansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
4. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng kam miqdori oyiga 350 soʻm hajmida belgilansin.
5. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va xoʻjaliklar ushbu Farmonda belgilangan eng kam ish haqi va mehnat nafaqasini hisobga olib, erkin va shartnomaviy narxlardan keng foydalanilayotganligini nazarda tutib, 1992-yilda ishlovchilarning ish haqi yanada oshirilishini taʼminlovchi tadbirlarni roʻyobga chiqarishni, isteʼmol fondi boʻyicha ilgari belgilangan har qanday cheklashlarni bekor qilishni, ishlab chiqarishni oʻstirishning mavjud zaxiralarini jalb etishni koʻzda tutsinlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.96.00 (Кучини йукотган) Taʼlim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilari, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf oʻqituvchilarining ish haqini oshirish haqida”gi 1990-yil 13-noyabr Farmoni 1992-yil 1-yanvaridan boshlab respublika maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilariga, oʻqituvchilariga, hunar-texnika taʼlimi sistemasi muallimlari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ham joriy etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlasin va koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikni mazkur Farmonga muvofiqlashtirish haqida takliflar tayyorlasin.
9. “Respublikaning davlat taʼminotidagi aholisi turmush darajasiga madad berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 16-noyabr 291-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-dekabr,
PF-306-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-con, 91-modda)