1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKANING DAVLAT TAʼMINOTIDAGI AHOLISI TURMUSh DARAJASIGA MADAD BERISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 12-dekabrdagi PF-306-son “Erkin narx belgilash munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikaning davlat taʼminotidagi aholisi moddiy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
1. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy taʼminot, fan va uy-joy-kommunal tarmoqlar (nomoddiy ishlab chiqarish sohalari) xodimlarining ish haqi oʻrta hisobda 40—50 foiz oshirilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.90.00 (Кучини йукотган) Stipendiyalar]
2. Oliy oʻquv yurtlari studentlarining, texnikumlar hamda respublika hukumatining qarorlariga binoan kiyim-kechak va ovqat bilan taʼminlanmayotgan hunar-texnika bilim yurtlari talabalarining stipendiyalari 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab oʻrta hisobda 30 foiz oshirilib, imtiyozli ovqatlanishga qoʻshimcha haq avvalgi miqdorda saqlab qolinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar]
3. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish haqi va mehnat nafaqasining eng kam miqdori oyiga 200 soʻm hajmida belgilansin. Bunda ishlamaydigan pensionerlarga beriladigan kompensatsiya toʻlovlari avvalgi miqdorda saqlab qolinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
4. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng kam miqdori oyiga 200 soʻm hajmida belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.96.00 (Кучини йукотган) Taʼlim xodimlarini ijtimoiy himoya qilish]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barcha turdagi maktablarning oʻqituvchilari, bolalar uylarining tarbiyachilariga qoʻshimcha imtiyozlar berish, yuqori sinf oʻqituvchilarining ish haqini oshirish haqida”gi 1990-yil 13-noyabr Farmoni 1992-yil 1-yanvaridan boshlab respublika hunar-texnika taʼlimi sistemasi oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ham joriy etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlasin va koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilikni mazkur Farmonga muvofiqlashtirish haqida takliflar kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 16-noyabr,
PF-291-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 6-modda)