Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludiga 660 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻrsatilgan qutlugʻ sana 1996-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda keng nishonlansin.
2. Amir Temur tavalludining 660 yilligini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish tadbirlarini ishlab chiqsin va ularning ijro etilishini tashkil etsin.
3. Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzurida
2-ilovadagi tizimga muvofiq 3 kishidan iborat Direksiya tuzish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarligida ish olib borishi belgilab qoʻyilsin. Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya toʻgʻrisidagi Nizom
3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Direksiya faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uchun 1995-yildan boshlab respublika budjetidan tegishli miqdorda mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Direksiyaga Amir Temur tavalludining 660 yilligini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi belgilagan tadbirlarni amalga oshirish topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi tegishli vazirliklar, idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1996-yilda “Amir Temur va uning dunyo tarixida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro anjuman oʻtkazsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi va Moliya vazirligi bir oy muddatda Fanlar akademiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Amir Temur nomi bilan bogʻliq obidalar va qadamjolarni taʼmirlash, konservatsiyalash va obodonlashtirish, “Temuriylar davri madaniyati va sanʼati” mavzusida maxsus xalqaro turistik marshrutlar ochish yuzasidan 1995 — 2000-yillarda amalga oshiriladigan konsepsiya dasturini
4-ilovaga muvofiq ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga kiritsinlar. Shu jumladan, 1995-1996-yillarda bajarilayotgan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va tegishli mablagʻ ajratilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 1996-yilda Amir Temur sharafiga Samarqand va Shahrisabz shaharlarida yodgorlik majmui barpo etish masalasini hal etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Amir Temur va uning davri fani, madaniyati va sanʼatiga oid yangi asarlarni, shu jumladan, chet ellarda nashr etilgan adabiyotlardan namunalarni nashr etishni oʻz rejasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi turkum koʻrsatuvlar dasturini tayyorlasin va amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston davlat kinokompaniyasi Amir Temurning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida 1995-1996-yillarda badiiy film yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin.
10. Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Amir Temur xiyobonida temuriylar davri tarixi muzeyini qurish va uni zarur eksponatlar bilan jihozlash yuzasidan tadbirlar belgilasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddat ichida Amir Temurning jahon tarixida, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari taqdirida tutgan oʻrnini xolis oʻrganish, tadqiq va targʻib etish boʻyicha oʻz dasturlarini ishlab chiqsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi 1995-1996-yillarga moʻljallangan istiqbol ishlarini belgilashda Tashkiliy qoʻmita tasdiqlagan tadbirlarga kirgan obyektlar qurilishi, tarixiy obidalarni taʼmirlash, obodonlashtirish uchun belgilangan tartibda markazlashgan sarmoya va respublika budjetidan tegishli mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
13. Vazirliklar, hokimliklar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek jamgʻarmalar va fuqarolarning belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda oʻz moddiy-moliyaviy ulushlari bilan ishtirok etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli
qaroriga 1-ILOVA
Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining
|
I. Joʻrabekov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi |
|
X. Joʻrayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) |
|
S. Saidqosimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
R. Yunusov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
B. Hamidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
|
K. Bakirxonov |
— |
Vazirlar Mahkamasi boʻlimi mudiri, tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi |
|
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari: |
|
K. Toʻlaganov |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
A. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi raisi |
|
J. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining vazifasini bajaruvchi |
|
P. Abdurahmonov |
— |
Samarqand viloyati hokimi |
|
B. Ahmedov |
— |
Oʻzbekiston fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi |
|
R. Ahmedov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri |
|
L. Axmetov |
— |
“Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi |
|
S. Ahrorov |
— |
“Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari |
|
F. Ashrafiy |
— |
Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi |
|
A. Zaynitdinov |
— |
Shahrisabz shahri hokimi |
|
B. Xusanboyev |
— |
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
|
V. Mixaylov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
|
L. Muhammadjonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi |
|
A. Oripov |
— |
Oʻzbekiston xalq shoiri |
|
B. Rahimov |
— |
Oʻzbekiston faxriylar kengashi raisi |
|
K. Rahimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri |
|
Gʻ. Rafiqov |
— |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi Bosh direktori |
|
A. Shayxov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A. Komilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
|
O.Salimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
E. Hayitboyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
|
T. Xidirov |
— |
Qashqadaryo viloyati hokimi |
|
R. Shogʻulomov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
|
T.Shirinov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori |
|
J.Yoʻldoshev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri |
|
Sh.Yahyoyev |
— |
“Oʻzteleradiokompaniya” raisi |
|
M.Hazratqulov |
— |
OʻzA bosh direktori |
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli
qaroriga 2-ILOVA
Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiyaning
|
№ |
Lavozimlar |
Xodimlar soni |
|
1. |
Direktor
|
1 |
|
2. |
Katta inspektor
|
1 |
|
3. |
Buxgalter
|
1 |
|
|
Jami:
|
3 |
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli
qaroriga 3-ILOVA
Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya haqida
1 Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha mahalliy hokimiyat idoralari, vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlarning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
2. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining tugallangan balansiga, bank muassasalarida joriy hisob-kitob hamda valyuta schyotlariga ega boʻladi.
U belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritadi va hisobotlar tuzadi.
Oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga va blanklarga ega boʻladi.
Direksiyaning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5.
3. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi va unga muntazam hisob berib boradi.
4. Direksiya xodimlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
5. Direksiya rahbari mehnatga haq toʻlash, moddiy-tibbiy taʼminot shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi boʻlimining shuʼba mudiriga tenglashtiriladi.
6. Direksiya xodimlari ish haqi, moddiy-tibbiy taʼminot sharoitlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi boʻlimining katta eksperti va ekspertiga tenglashtiriladi.
7. Direksiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqadi, uning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi hamda nazoratni tashkil etadi;
tegishli vazirliklar, idoralar bilan birgalikda yubiley tadbirlarini tayyorlash va ularni oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar smetalarini tuzadi hamda uning maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qiladi;
xalqaro tashkilotlar va chet ellik ishtirokchilar bilan yubiley tadbirlariga aloqador munosabatlarni tezkorlik bilan hal etib boradi;
yubiley tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha muntazam ravishda tashkiliy qoʻmitaga hisobot berib boradi;
budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish;
yubiley ramzlarini, esdaliklari va buyumlarini tanlash, loyihalash, tayyorlash va taqsimlash ishlarini tashkil etadi;
oʻz huzurida mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Badiiy kengash tuzadi;
oʻzaro shartnomalar asosida qoʻshimcha ijodiy kuchlarni jalb etadi va belgilangan tadbir uchun ajratilgan mablagʻ hisobidan ularga haq toʻlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli
qaroriga 4-ILOVA
Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan viloyatlarda 1995 — 2000-yillarda taʼmirlanadigan, obodonlashtiriladigan yodgorliklar va qurilishi rejalashtirilgan obyektlar
|
Samarqand viloyati: |
| Bibixonim masjidi |
|
| Goʻri Amir maqbarasi |
|
| Sherdor madrasasi |
|
| Shohi Zinda majmuasi |
|
| Bibixonim maqbarasi |
|
| Samarqand atrofidagi bogʻlarni tiklash |
|
| Amir Temurga haykal oʻrnatish |
|
| Ishratxona binosi |
|
| Registon maydoni va unga tutash hududlarni taʼmirlash |
|
|
Qashqadaryo viloyati: |
| Koʻk Gumbaz masjidi |
|
| 16-asr koʻprigi |
|
| Qarshi shahrining tarixiy-tayanch rejasi |
|
|
Shahrisabz shahri: |
| Oq Saroy arkini taʼmirlash-konservatsiyalash va muzeylashtirish ishlari |
| Shahar darvozalari va devorlarini taʼmirlash-konservatsiyalash |
| Shahrisabz muzey-qoʻriqxonasini tashkil etish va yodgorliklarni taʼmirlash |
| Amir Temurga haykal oʻrnatish |
| Dorus Saodat ansambli boʻyicha taʼmirlash-konservatsiya ishlari |
— 1 navbati |
| |
— 2 navbati |
| Dorus Tilovat meʼmoriy majmuida taʼmirlash ishlarini davom ettirish |
— 2 navbati |
|
Toshkent shahrida: |
| Amir Temur nomli xiyobonda muzey barpo etish |
|
|
Surxondaryo viloyati: |
| Sulton-Saodat maʼmoriy majmuasi |
|