Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jahon tarixidagi buyuk siymolardan biri, Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludiga 660 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻrsatilgan qutlugʻ sana 1996-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda keng nishonlansin.
2. Amir Temur tavalludining 660 yilligini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda ushbu sanaga tayyorgarlik koʻrish tadbirlarini ishlab chiqsin va ularning ijro etilishini tashkil etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi tegishli vazirliklar, idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1996-yilda “Amir Temur va uning dunyo tarixida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro anjuman oʻtkazsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi va Moliya vazirligi bir oy muddatda Fanlar akademiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Amir Temur nomi bilan bogʻliq obidalar va qadamjolarni taʼmirlash, konservatsiyalash va obodonlashtirish, “Temuriylar davri madaniyati va sanʼati” mavzusida maxsus xalqaro turistik marshrutlar ochish yuzasidan 1995 — 2000-yillarda amalga oshiriladigan konsepsiya dasturini 4-ilovaga muvofiq ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga kiritsinlar. Shu jumladan, 1995-1996-yillarda bajarilayotgan ishlar alohida belgilab qoʻyilsin va tegishli mablagʻ ajratilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ochiq tanlov asosida 1996-yilda Amir Temur sharafiga Samarqand va Shahrisabz shaharlarida yodgorlik majmui barpo etish masalasini hal etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Amir Temur va uning davri fani, madaniyati va sanʼatiga oid yangi asarlarni, shu jumladan, chet ellarda nashr etilgan adabiyotlardan namunalarni nashr etishni oʻz rejasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston davlat teleradioeshittirish kompaniyasi Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi turkum koʻrsatuvlar dasturini tayyorlasin va amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston davlat kinokompaniyasi Amir Temurning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida 1995-1996-yillarda badiiy film yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin.
10. Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Amir Temur xiyobonida temuriylar davri tarixi muzeyini qurish va uni zarur eksponatlar bilan jihozlash yuzasidan tadbirlar belgilasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bir oy muddat ichida Amir Temurning jahon tarixida, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari taqdirida tutgan oʻrnini xolis oʻrganish, tadqiq va targʻib etish boʻyicha oʻz dasturlarini ishlab chiqsinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi 1995-1996-yillarga moʻljallangan istiqbol ishlarini belgilashda Tashkiliy qoʻmita tasdiqlagan tadbirlarga kirgan obyektlar qurilishi, tarixiy obidalarni taʼmirlash, obodonlashtirish uchun belgilangan tartibda markazlashgan sarmoya va respublika budjetidan tegishli mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
13. Vazirliklar, hokimliklar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek jamgʻarmalar va fuqarolarning belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda oʻz moddiy-moliyaviy ulushlari bilan ishtirok etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-dekabr,
630-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli qaroriga 1-ILOVA
Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi
X. Joʻrayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)
S. Saidqosimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
R. Yunusov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
B. Hamidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
K. Bakirxonov
—
Vazirlar Mahkamasi boʻlimi mudiri, tashkiliy qoʻmitaning masʼul kotibi
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari:
K. Toʻlaganov
—
Toshkent shahar hokimi
A. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasi raisi
J. Abdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidentining vazifasini bajaruvchi
P. Abdurahmonov
—
Samarqand viloyati hokimi
B. Ahmedov
—
Oʻzbekiston fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi
R. Ahmedov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
L. Axmetov
—
“Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi
S. Ahrorov
—
“Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari
F. Ashrafiy
—
Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi
A. Zaynitdinov
—
Shahrisabz shahri hokimi
B. Xusanboyev
—
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi
V. Mixaylov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
L. Muhammadjonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi
A. Oripov
—
Oʻzbekiston xalq shoiri
B. Rahimov
—
Oʻzbekiston faxriylar kengashi raisi
K. Rahimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vaziri
Gʻ. Rafiqov
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi Bosh direktori
A. Shayxov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari
A. Komilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
O.Salimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
E. Hayitboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri
T. Xidirov
—
Qashqadaryo viloyati hokimi
R. Shogʻulomov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi
T.Shirinov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori
J.Yoʻldoshev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
Sh.Yahyoyev
—
“Oʻzteleradiokompaniya” raisi
M.Hazratqulov
—
OʻzA bosh direktori
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiyaning
ShTATLAR JADVALI
№
Lavozimlar
Xodimlar soni
1.
Direktor
1
2.
Katta inspektor
1
3.
Buxgalter
1
Jami:
3
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli qaroriga 3-ILOVA
Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya haqida
NIZOM
1 Mamlakat miqyosida oʻtadigan bayram va yubiley tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgilangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha mahalliy hokimiyat idoralari, vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlarning ijrosini muvofiqlashtirish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
2. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining tugallangan balansiga, bank muassasalarida joriy hisob-kitob hamda valyuta schyotlariga ega boʻladi.
U belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritadi va hisobotlar tuzadi.
Oʻz nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan dumaloq muhrga va blanklarga ega boʻladi.
Direksiyaning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5.
3. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi va unga muntazam hisob berib boradi.
4. Direksiya xodimlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.
5. Direksiya rahbari mehnatga haq toʻlash, moddiy-tibbiy taʼminot shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi boʻlimining shuʼba mudiriga tenglashtiriladi.
6. Direksiya xodimlari ish haqi, moddiy-tibbiy taʼminot sharoitlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi boʻlimining katta eksperti va ekspertiga tenglashtiriladi.
7. Direksiya oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqadi, uning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi hamda nazoratni tashkil etadi;
tegishli vazirliklar, idoralar bilan birgalikda yubiley tadbirlarini tayyorlash va ularni oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar smetalarini tuzadi hamda uning maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qiladi;
xalqaro tashkilotlar va chet ellik ishtirokchilar bilan yubiley tadbirlariga aloqador munosabatlarni tezkorlik bilan hal etib boradi;
yubiley tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha muntazam ravishda tashkiliy qoʻmitaga hisobot berib boradi;
budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish;
yubiley ramzlarini, esdaliklari va buyumlarini tanlash, loyihalash, tayyorlash va taqsimlash ishlarini tashkil etadi;
oʻz huzurida mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Badiiy kengash tuzadi;
oʻzaro shartnomalar asosida qoʻshimcha ijodiy kuchlarni jalb etadi va belgilangan tadbir uchun ajratilgan mablagʻ hisobidan ularga haq toʻlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 630-sonli qaroriga 4-ILOVA
Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan viloyatlarda 1995 — 2000-yillarda taʼmirlanadigan, obodonlashtiriladigan yodgorliklar va qurilishi rejalashtirilgan obyektlar
ROʻYXATI
Samarqand viloyati:
Bibixonim masjidi
Goʻri Amir maqbarasi
Sherdor madrasasi
Shohi Zinda majmuasi
Bibixonim maqbarasi
Samarqand atrofidagi bogʻlarni tiklash
Amir Temurga haykal oʻrnatish
Ishratxona binosi
Registon maydoni va unga tutash hududlarni taʼmirlash
Qashqadaryo viloyati:
Koʻk Gumbaz masjidi
16-asr koʻprigi
Qarshi shahrining tarixiy-tayanch rejasi
Shahrisabz shahri:
Oq Saroy arkini taʼmirlash-konservatsiyalash va muzeylashtirish ishlari
Shahar darvozalari va devorlarini taʼmirlash-konservatsiyalash
Shahrisabz muzey-qoʻriqxonasini tashkil etish va yodgorliklarni taʼmirlash
Amir Temurga haykal oʻrnatish
Dorus Saodat ansambli boʻyicha taʼmirlash-konservatsiya ishlari
— 1 navbati
— 2 navbati
Dorus Tilovat meʼmoriy majmuida taʼmirlash ishlarini davom ettirish