Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Ovozi tojik” gazetasining Oʻzbekiston xalqining ijtimoiy, madaniy va maʼnaviy hayotida tutgan oʻrnini, Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari oʻrtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshib kelayotganligini inobatga olib va tashkil etilganligiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Ovozi tojik” gazetasining 70 yillik yubileyi tadbirlarini 1994-yil sentyabr oyining uchinchi oʻn kunligida oʻtkazish maʼqul topilsin.
2. “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaniig tarkibi
1-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita 10 kun muddat ichida gazeta yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar rejasini tuzsin hamda uni amalga oshirishni taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligini nishonlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun
2-ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻ ajratsin.
4. Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Matbuotni qoʻllab-quvvatlovchi jamgʻarmasi, Oliy Kengash Kotibiyati va Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlimlari joylarda mushtariylar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar oʻtkazilishini, “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga bagʻishlab radio va televideniyeda maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etilishini, boshqa ommaviy axborot vositalarida maqolalar berib borilishini taʼminlasinlar.