1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
6.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
7.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar;
8.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
9.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
10.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
11.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar;
12.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
13.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
14.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
15.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang);
16.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish;
17.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.01.00 Boj toʻlovlarining umumiy qoidalari;
18.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar;
19.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari;
20.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
21.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
22.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;
23.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.13.00 Sudyalar oliy kengashi;
24.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;
5.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
6.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
7.Tabiiy resurslar / Er;
8.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
9.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
10.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari;
11.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama;
12.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;
13.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
14.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
15.Moliya / Investitsiyalar;
16.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
17.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar;
18.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
19.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
20.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 4-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 425-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-modda 2-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) I boʻlimi quyidagi mazmundagi 91-modda bilan toʻldirilsin:
“91-modda. Sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qoʻshimcha kafolatlar
Sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Oʻttiz yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudi sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida oʻn yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi sudyasi boʻlishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda oʻqishi va stajirovkani oʻtashi shart. Oʻquv va stajirovkani oʻtash davrida ular asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda oʻz mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi”;
birinchi qismidagi “Yigirma besh” degan soʻzlar “Oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “oʻn sakkiz” va “bir yarim” degan soʻzlar tegishincha “oʻttiz” va “ikki yarim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 66-moddaning ikkinchi qismi “sudyalik shaʼnini” degan soʻzlardan keyin “sudyalar odob-axloqi qoidalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 71-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yoki sud qarori bilan uning muomala layoqati cheklangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 72-modda birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda”;
6) 73-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda sudning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;
sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hayʼatining qaroriga koʻra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin”;
“Sudyalarning malaka hayʼatlari quyidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi:
sudyaning intizomiy javobgarligi;
sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;
sudyaning daxlsizligini taʼminlash;
sudyaga malaka darajasini berish;
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda koʻmaklashadi.
Umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining oliy malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati esa, Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari sudyalarining konferensiyasida besh yil muddatga saylanadi.
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga, harbiy sudlar sudyalarining malaka hayʼatlari esa, harbiy sudlar sudyalarining konferensiyalarida ana shu muddatga saylanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudyalar oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi”;
9) 9-bob quyidagi mazmundagi 761-modda bilan toʻldirilsin:
“761-modda. Sudyalarning vakolatlari tugaganidan keyin ularga beriladigan kafolatlar
Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash uchun hujjatlari koʻrib chiqiladigan davrda yoxud yangi ish joyiga ishga joylashtirilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan 927-XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 164–II-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 134-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Oliy xoʻjalik sudi raisining yordamchilariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining, Oliy xoʻjalik sudi raisining yordamchilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati kotibiyatining boshligʻiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi Rayosati kotibiyatining boshligʻiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi”;
4) 12-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 13-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi mazmundagi 1551 va 1552-moddalar bilan toʻldirilsin:
“1551-modda. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va faktlarni xabar qilmaslik
Ushbu Kodeksning 155, 1552, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan, dastlabki tergov hamda sud muhokamasi materiallari bilan isbotlangan, aniq maʼlum boʻlgan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik xususiyatiga ega jinoyat toʻgʻrisida xabar qilmaslik, –
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Terrorchilik xususiyatiga ega jinoyatlarga nisbatan oʻsha qilmish:
a) odam oʻlishiga;
b) boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
“1552-modda. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtish
Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, –
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155, 158, 159, 161, 242, 245, 254, 2551 va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, bunday oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
“243-modda. Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalarning vakolatlari
Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar oʻzlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni komissiya tarkibi aʼzolarining kamida yarmi mavjud boʻlganda koʻrib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazolarni oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllashga hamda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir”;
4) 2681-moddaning nomidagi, birinchi qismidagi, ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Monopoliyadan chiqarish”, “monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar tegishincha “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish”, “xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 309-moddaning toʻrtinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 242-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi bandlarida” degan soʻzlar “ushbu Kodeks 242-moddasining 1 va 3-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi OʻRQ-431-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 407-modda)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan toʻldirilsin:
“691-modda. Sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni ishga joylashtirishdagi qoʻshimcha kafolatlar
Sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga yoki tayinlanishiga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi”.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 59-modda; 2002-yil, № 4–5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008-yil, № 9, 489-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 49-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 111-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
“14-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi va xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari
Partiya guruhi — siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari Kengashida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan deputatlar birlashmasi.
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan deputat faqat shu partiyaning partiya guruhi aʼzosi boʻlishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi va xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlarning taʼsis yigʻilishlarida tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va taʼsis hujjatlariga asosan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda shaharlar (viloyatlar markazlari) Kengashlaridagi partiya guruhlari ularda tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yoki xalq deputatlari Kengashiga saylangan kamida besh nafar deputat birlashgan taqdirda tuziladi.
Partiya guruhi hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Partiya guruhining faoliyati quyidagi hollarda tugatiladi:
partiya guruhining oʻz tashabbusi bilan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining vakolatlari muddati tugaganda;
partiya guruhi tarkibiga kiruvchi deputatlar soni uni tuzish uchun zarur boʻlgan meʼyordan kamayib ketganda;
tegishli siyosiy partiyaning faoliyati tugatilganda”;
2) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:
“141-modda. Partiya guruhlarining huquqlari
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qoʻmitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais oʻrinbosarligiga va aʼzoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritish;
davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi sessiyasi kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga soʻz berilishini kafolatlash;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisiga va Vazirlar Kengashiga, vazirlariga hamda boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimliklar boʻlimlari va boshqarmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga soʻrov bilan murojaat qilish;
tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotini yoki axborotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari Kengashining sessiyalarida eshitish haqida takliflar kiritish. Bunda qaror deputatlarning yarmidan koʻpi qoʻllab-quvvatlagan taqdirda qabul qilinadi;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari viloyat hamda Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqiga ega.
Partiya guruhlarining tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga va xalq deputatlari Kengashiga kiritiladigan masalalar boʻyicha taklifi albatta koʻrib chiqiladi.
Partiya guruhlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi partiya guruhlari faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish Joʻqorgʻi Kengesning devoni tomonidan, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish esa, hokimliklarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi”.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 82-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar”;
uchinchi qismidagi “posyolka, qishloq, ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlariga” degan soʻzlar “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 85-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “hamda posyolka, qishloq va ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
“Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va oʻz majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga koʻra homiylik belgilanishi mumkin”;
Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning yashash joyi boʻyicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi boʻyicha belgilanadi”;
“175-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish
Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, oʻzlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-598-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 27-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 03/19/598/4221-son)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) 6-moddasining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 824-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 338-modda) 12-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tegishli hudud, suv taʼminoti manbalari, uy-joylar, taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga koʻmaklashadilar”.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda) 26-moddasining uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi 310-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda) 46-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 14-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Raqobat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-319-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 5-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) 9-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.