1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” bolalar raqamli telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 30-maydagi PQ-1976-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-yanvar,
PQ-2112-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-yanvardagi PQ-2112-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
“Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari faoliyatini, shuningdek “Yoshlar” teleradiokanali” YoAJ huzuridagi “Bolajon” telekanali faoliyatini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalash tasdiqlanadigan teleradioeshittirish (koʻrsatuvlar) hajmlari asosida amalga oshiriladi”.
2. 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoshlar” teleradiokanali” YoAJning tashkiliy tuzilmasi”
Umumiy cheklangan soni — 438 nafar, shu jumladan MBX — 7 nafar.
3. 10-ilovaning I boʻlimi:
a) quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“
9.
“Bolajon” telekanali
15,0
—
”;
b) “Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
JAMI
133,7
112,2
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 33-modda)