1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Boshligʻining
buyrugʻi
Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarining 41-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2073-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 21-dekabrdagi 271-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2073, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Sirka kislotasi ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarining 41-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” DAK bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 9-yanvar,
4-son
Kelishilgan:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 3-yanvar
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 10-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2014-yil 6-yanvar
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 9-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 17-dekabr
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi X. ShERMATOV
2014-yil 8-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 41-modda)