1998-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishni ragʻbatlantirish va uni uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1998-yil paxta hosili oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishini taʼminlash, paxta mahsuloti hajmlarini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xoʻjaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga doir masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” kompaniyasi xoʻjaliklarning yigʻim-terimga tayyorligini puxta oʻrganib chiqsinlar va moddiy-texnika bazaning yigʻim-terimga va paxta tayyorlashga 1-sentabrgacha tayyorlab qoʻyilishini va yigʻim-terim mavsumi qisqa muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlovchi qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Paxta yetishtirish va 1998-yil hosilidan paxta tolasi davlat xaridi hajmi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda yetishtiriladigan paxta xom ashyosi uchun avans berish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. 1998-yil hosili paxta xom ashyosiga oʻrtacha xarid narxlari xarid bozorida paxta tolasiga narx konyunkturasidan kelib chiqib paxtani qayta ishlash va tolani transportda tashish xarajatlarini hisobga olib 1 tonnasi uchun 24 300 soʻm miqdorida belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yil hosili paxta xom ashyosining yalpi xarid narxlari preyskurantini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi topshirilgan paxta xom ashyosi uchun xoʻjaliklar bilan uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib hisob-kitob qilsin, uzil-kesil hisob-kitoblar qayta ishlash yakunlari boʻyicha qilinadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
5. Hosilni yigʻishtirib olishda moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida xoʻjaliklarga paxta terganlik uchun quyidagi chegaralangan miqdorlarda haq toʻlash tavsiya etilsin:
ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan konditsion ogʻirligi 1 tonna boʻlgan paxta uchun — kamida 135 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilganda — 85 soʻm, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilganda — kamida 45 soʻm;
qoʻlda terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali paxta uchun — kamida 5 soʻm, ingichka tolali paxta uchun kamida 6,5 soʻm.
Yigʻim-terim ishlarida band boʻlganlar bilan paxta tayyorlash toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlariga muvofiq har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Xoʻjaliklar rahbarlarining eʼtibori yuqori navli paxta terib olinishi uchun terimchilarni ragʻbatlantirishni nazarda tutgan holda yigʻim-terim mavsumining dastlabki kunlaridan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi zarurligiga qaratilsin.
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Mullajonov) agrosanoat kompleksida mehnatga haq toʻlashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish va joylashtirish hamda ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va tuzatish bilan band boʻlgan xodimlar bilan mehnatga haq toʻlashning idora ichki normativlari boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni, mashina-traktor parklarini va tayyorlov punktlarini, paxta tozalash zavodlarini naqd pul bilan taʼminlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari gʻoʻza bargini toʻkish 2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksiyadorlik birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
shu yil 10-sentabrgacha mashinalarni traktorlarga tirkagan holda, paxta terish texnikasini, yuklash-transportda tashish vositalarini toʻliq tayyor holga keltirsinlar, terish-transport otryadlarini mexanizatorlar bilan butlasinlar. Dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Paxtani mashinada terishni tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilsin;
paxta terish mashinalarini paxta yigʻim-terimiga 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda chiqarsinlar;
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar 500 ta vertikal shpindelli, 141 ta gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, shuningdek “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq traktorlar, pritseplar, koʻrak terish mashinalari, koʻsak chuviydigan mashinalar va ehtiyot qismlar yetkazib berilishini taʼminlasin.
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Keys-2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari qiymatini “Oʻz Keysmash” qoʻshma korxonasiga toʻlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Fargʻona vodiysi viloyatlaridan hosilni yigʻib-terib olishga paxta terish texnikasi va mehnat resurslarini safarbar qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etsinlar.
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xoʻjaliklarga va mashina-traktor parklariga texnikaviy yordam koʻrsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga 4-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilgʻi-moylash materiallari, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov) esa defoliantlar 1998-yil sentabr — noyabr oylarida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash korxonalariga yigʻim-terim ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni, kuzga shudgorlashni va boshoqli don ekishni uzluksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xom ashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini taʼminlasin.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov) neft, gaz kondensati va neft mahsulotlari ular qiymatining 15 foizi oldindan undirilmagan holda yetkazib berilishini taʼminlasin hamda 1998-yil sentabr — dekabr oylari davrida “Oʻzbekneftgaz” milliy koporatsiyasi korxonalariga penya hisoblamasin.
14. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar, joylarda koʻchma savdo tashkil etsinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yigʻishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat va adabiyot ustalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 21-avgust,
360-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 1-ILOVA
1998-yil paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha Respublika komissiyasi
TARKIBI
Joʻrabekov I.H.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi
Alimov T.A.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)
Barnoyev G.L.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)
Bobojonov I.O.
—
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
Gʻaniyev E.M.
—
Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri
Olimjonov B.M.
—
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi
Zikriyoyev E.
—
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi
Mahmudxoʻjayev N.
—
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori
Matchonov R.D.
—
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi raisi
Yusupbekov N.R.
—
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi
Toshmatov.
—
“Paxta-bank” boshqaruvi raisi
Jumageldiyev M.R.
—
Markaziy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Roʻzmetov A.Gʻ.
—
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bosh direktori
Zinin V.I.
—
Moliya vazirining oʻrinbosari
Muhamadaliyev Sh.
—
Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi direktori
Tojiyev E.
—
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bosh direktori
Xoliyorov Y.
—
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori
Ermetov N.E.
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 2-ILOVA
1998-yilda gʻoʻza bargini toʻkishning hisoblab chiqilgan
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 3-ILOVA
1990-yil paxta hosilini yigʻib-terib olishga paxta terimi mashinalarini chiqarish boʻyicha
TOPSHIRIQ
Respublika va viloyatlar
Paxta terimida qatnashadigan paxta terish mashinalari, dona
Mashinalar bilan paxta terishning hisoblab chiqilgan hajmi, ming tonna
hammasi
sh.j. gorizontal shpindelli mashinalar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1016
4
79
viloyatlar:
Andijon
243
4
26
Buxoro
282
9
35
Jizzax
1516
42
114
Qashqadaryo
1737
13
140
Navoiy
220
8
25
Namangan
414
4
41
Samarqand
405
6
39
Surxondaryo
567
7
61
Sirdaryo
1770
45
131
Toshkent
1051
41
91
Fargʻona
202
4
23
Xorazm
448
4
48
Jami:
9871
191
853
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-avgustdagi 360-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
BIRIKTIRILISHI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi
Nukus “Dauit” aksiyadorlik jamiyati
Jizzax viloyati
Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi
Asaka taʼmirlash zavodi
Toshkent agregat zavodi
Oʻrtaovul “Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati
Oʻzbekiston stanoksozlik zavodi
Qashqadaryo viloyati
Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent kimyo-qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi
Qarshi taʼmirlash zavodi
Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi
Sirdaryo viloyati
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi