toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
buyrugʻi
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2550]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 13-noyabrdagi 16-mh-sonli “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2550-2, 06.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda) va 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 331-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 25-dekabr,
1323-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 25-dekabrdagi 1323-son buyrugʻiga
ILOVA
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenyerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
trener-oʻqituvchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida muayyan sport turi boʻyicha taʼlim dasturi asosida bevosita taʼlim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
yoʻriqchi-uslubchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
II bob. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga beriladigan malaka toifalari
3. Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali trener;
birinchi toifali trener;
oliy toifali trener.
4. Yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi.
5. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi.
6. “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi.
7. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan, “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.
8. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq toʻlash uchun asos boʻladi.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
III bob. Malaka toifalarini berish boʻyicha talablar
9. Malaka toifalarini olishga daʼvogarlarning hujjatlari tegishli malaka komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
10. Malaka toifalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ish joyidan tavsifnoma;
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma nusxasi (faqat trener-oʻqituvchi tomonidan taqdim etiladi);
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi (mavjud boʻlganda) (faqat yoʻriqchi-uslubchi tomonidan taqdim etiladi).
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
11. Malaka toifalari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
12. Ikkinchi va birinchi toifali malaka toifalarini olish uchun daʼvogar bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari huzurida tashkil etilgan, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga murojaat qiladi.
Oliy toifali malaka toifasini olish uchun daʼvogar mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalariga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etadi. Ular oʻz navbatida ushbu hujjatlarni tasdiqlab, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashiga taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
13. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun daʼvogar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari javobgar hisoblanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
14. Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat oʻtgandan soʻng, trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilar oʻz malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
Malaka toifalari qaytadan tasdiqlangunga qadar, trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga ish haqi mutaxassis lavozimi boʻyicha toʻlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
15. Malaka toifalarining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar belgilangan tartibda tegishli malaka komissiyalariga taqdim etiladi.
16. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga ega boʻlgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
17. Trener-oʻqituvchilarga malaka toifalari Olimpiya, noolimpiya oʻyinlari yoki Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha natija koʻrsatgan sportchi bilan kamida ikki yil uzluksiz shugʻullangandan soʻng beriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
18. Sportchilarni keyingi sport mahoratini oshirish guruhlariga bergan trener-oʻqituvchilar ushbu sportchilarning natijalari boʻyicha tegishli malaka toifalarini olishga haqli. Bunda ushbu trener-oʻqituvchi daʼvogarlik qilayotgan malaka toifasidan oldingi malaka toifasi mezonlariga toʻgʻri keladigan natijalarga erishgan sportchilarga ega boʻlishi shart. Bu sportchilar erishgan natijalar boʻyicha trener-oʻqituvchi faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin.
19. Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
IV bob. Malaka toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyalari
20. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga malaka toifalarini berish boʻyicha tegishli tashkilotlar huzurida malaka komissiyalari tashkil etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
21. Malaka komissiyasi aʼzolari bir yil muddatga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining sport ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarma boshliqlarining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va uning hududiy boshqarmalarining tegishli boʻlinmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga aʼzo sifatida kiritiladi.
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
23. Malaka komissiyasi aʼzolaridan biri komissiya kotibi etib tayinlanadi. Kotib hujjatlarni qabul qiladi, komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, rasmiylashtiradi va ularni saqlaydi.
24. Malaka komissiyasi raisi va aʼzolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
oʻz arizasiga koʻra;
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
vafot etgan taqdirda.
25. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
26. Malaka komissiyasining yigʻilishlari har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari yigʻilishlari zarurat boʻlgan taqdirda, rais tomonidan chaqiriladi.
27. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi. Komissiyaning qarori ijobiy boʻlganda, u mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashiga guvohnoma berish uchun taqdim etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
28. Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi tegishli malaka komissiyasining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashi tomonidan buyruq chiqariladi hamda mazkur buyruqqa asosan daʼvogarga guvohnoma rasmiylashtiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
29. Malaka komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan shaxslar qaror qabul qilingandan soʻng, bir oy ichida respublika malaka komissiyasi yoki sudga murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda, respublika malaka komissiyasi tegishli hududiy malaka komissiyalaridan hujjatlar nusxalarini oʻrganib chiqish uchun soʻrab olishga haqli.
30. Respublika malaka komissiyasining xulosasi uch nusxada bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomaning bir nusxasi arizachiga, ikkinchi nusxasi hududiy komissiyasiga yuboriladi.
V bob. Malaka toifasi berilgan shaxslarning hisobini yuritish
31. Berilgan malaka toifalari hisobi malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi buyruqlarga asosan yuritiladi.
32. Malaka toifasini berish boʻyicha barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashida ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
33. Trener-oʻqituvchi va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan guvohnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot “Guvohnomalarni roʻyxatga olish daftari”ga navbatma-navbat qayd etib boriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
34. “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini olgan trener-oʻqituvchilarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan yuritiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
VI bob. Yakuniy qoidalar
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2013-yil 23-dekabr
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2013-yil 23-dekabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 23-dekabr
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 23-dekabr
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI

Trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning
sport musobaqalarida erishgan natijasi boʻyicha:

Sport musobaqasining nomi

Sportchisoni*

(kamida)

Sportchi tomonidan sport musobaqasida egallangan oʻrin (erishilgan natijasi)**

oliy toifa berish uchun

birinchi toifa berish uchun

ikkinchi toifa berish uchun

Olimpiya oʻyinlari

1

1 — 10

11 — 20

ishtirok
etgan boʻlishi kifoya

Jahon chempionati va kubogi

1

1 — 6

7 — 10

11 — 20

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati va (yoki) kubogi

1

1 — 3

4 — 6

7 — 10

Osiyo oʻyinlari

1

1 — 6

7 — 10

10 — 14

Osiyo chempionati va kubogi

1

1 — 3

4 — 6

7 — 10

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati
va (yoki) kubogi

1

1-2

3 — 5

6 — 8

Xalqaro sport musobaqalari

2

1

2-3

4 — 6

Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi

2

1 — 3

4 — 6

Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi

2

1

2-3

Izoh: trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomondan sport musobaqasida qatnashish uchun tayyorlanishi lozim boʻlgan sportchi soni* va sportchining sport musobaqasida egallashi lozim boʻlgan oʻrni (erishilgan natijasi)**.
“Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi hamda Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligida egallagan oʻrni koʻrsatkich sifatida inobatga olinmaydi.
Mazkur jadvalda koʻrsatilgan sport musobaqalarining nufuzi Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.

Trener-oʻqituvchining Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish
hamda
sport zaxirasini tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha:

Terma jamoalar va sport zaxirasi

Tayyorlangan sportchi soni*

birinchi toifa berish uchun

ikkinchi toifa berish uchun

Sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (asosiy)

2

1

Sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi nomzodligiga tayyorlash (zaxira)

3

2

Sportchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (asosiy)

3

2

Sportchilarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport terma jamoalari nomzodligiga tayyorlash (zaxira)

4

3

Sportchilarni oliy mahorat sport maktabiga kirishi uchun tayyorlash

3

1

Sportchilarni olimpiya zaxirasi kollejiga kirishi uchun tayyorlash

4

2

Sportchilarni oliy sport mahorati bosqichigacha tayyorlash

4

2

Sportchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha tayyorlash

2

1

Sportchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga tayyorlash

2

Izoh: * trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomondan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini yaratish uchun tayyorlashi lozim boʻlgan sportchilar soni. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda mazkur koʻrsatkichlar inobatga olinmaydi.
“Birinchi toifali trener” malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchining boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga sportchilarni tayyorlashdagi koʻrsatkichi inobatga olinmaydi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yoʻriqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash
MEZONLARI

Tashkilotlar, ish xususiyatlari

Ish staji (yil)*

oliy toifa berish uchun

birinchi toifa berish uchun

ikkinchi toifa berish uchun

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi rahbarlik lavozimidagi

hamda tashkiliy-uslubiy ishlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida

5

3

2

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida

5

3

2

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarida

7

4

3

Tuman (shahar) madaniyat va sport ishlari hamda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlarida

10

6

4

Respublika darajasidagi sport federatsiyalari (uyushmalari)da

5

3

2

Hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari)da

7

5

3

Respublika darajasidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida

7

4

3

Hududiy jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida

10

6

4

Bevosita rahbarlik lavozimidagi ishlari:

Oliy sport mahorat maktabi, oliy mahorat sport maktabi, olimpiya zaxirasi kolleji, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida

6

5

4

Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida

7

5

3

Ilmiy tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyati:

Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan holda

7

4

2

Ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlmagan holda

10

7

4

Izoh: ish stajini hisoblashda tegishli ishda (lavozimda) toʻliq ishlangan yillar hisobga olinadi.
Yoʻriqchi-uslubchining ish natijalarini baholashda uning ish stajidan qatʼi nazar, Ixtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan ruxsat berilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yakka mualliflikda chop etgan uslubiy qoʻllanmalari hisobga olinadi. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini olish uchun kamida 2 ta, “Birinchi toifali trener” malaka toifasini olish uchun esa, kamida 1ta uslubiy qoʻllanma chop etilgan boʻlishi lozim.”.
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Malaka toifalarini olishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari
Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi kiradi. Bunda:
1. Olimpiya oʻyinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
2. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
3. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari boʻyicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari boʻyicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan roʻyxatga olingan xalqaro sport musobaqalari boʻyicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan boʻlishi kerak.
5. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 29-fevraldagi 29-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2550-1, 17.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 107-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 26-modda; 2016-y., 11-son, 107-modda)