Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishini barqarorlashtirish, obyektlarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiyalash, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-1996-yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiyalash va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, uy-joy va madaniy-maishiy maqsadlardagi obyektlar qurilishi boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga
* muvofiq maʼqullansin.
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish”, “Oʻzolmosoltin” uyushmalari va Olmalik kon-metallurgiya kombinati shartnoma asosida koʻrsatib oʻtilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Olmalik kon-metallurgiya kombinatiga:
2-ilovaga
* muvofiq materiallar va asbob-uskunalar sotib olish uchun Respublika valyuta fondidan 1995-yil iyun oyida shu yilning oxirigacha qaytarish sharti bilan 20 mln AQSh dollari va 1996-yil yanvar oyida 1996-yil dekabr oyida qaytarish sharti bilan 20,3 mln AQSh dollari miqdorida kredit;
bir yil muddatda qaytarish sharti bilan oborot mablagʻlarini toʻldirish uchun 400 mln soʻm ajratsin.
3. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati har chorakda ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Y. Paygin va B. Hamidov zimmasiga yuklansin.